Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263838 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 270 B


Munira xonim  26 Oktyabr 2007, 12:57:39

Munira xonim: Hayotingizda bo'lgan eng g'ayritabiiy hodisa nima edi?

Assalamu alaykum.
1996yil opamni ko'zi yoridi. Buni xabarini men hufton vaqtida eshitdim. Biz besh yil intizorlik ila kutgan chaqaloq dunyoga keldi. Men darhol hufton namozini o'qishga kirishdim. Oxirida vitrni o'qib, oxirgi qa'dada o'tirib salom berdim va tasbeh aytishni boshlaganimda, nimagadir yuragimni vahima bosdi. Hamma yoq ko'zimga zimistondek tuyuldi, hozir bir dahshatli ish bo'ladigandek qo'rqdim. Men aslida hayotda bu dunyoni tashvishlaridan ham, zimistondan ham, mahluqotlardan ham, hech narsadan qo'rqmayman. Lekin yuragimni chulg'ab olgan bu qo'rquvdan o'zim ham hayron qolgandim. Birdan hayolimga opamni yangi ko'zi yorigani keldi va birdan opam o'lib qolsachi deb o'yladim....
Ertalab bomdodda opamni o'limi haqidagi xabarni eshitdim....
keyin bilsam Opam huddi men vitr namozini o'qib tugatgan vaqtda olamdan o'tgan ekan...

Qayd etilgan


Shukurulloh  26 Oktyabr 2007, 19:54:29

Munira honimga-sizni bu holatingiz albatta hayratlanarli.Bu voqea ha hursandchilik ham qayg'ulik ekan.Faqatgina hursand bo'lgan holatiz bo'lganmi ?

Qayd etilgan


Shukurulloh  26 Oktyabr 2007, 19:59:13

Abdulaziz akaga

Sizni hayotingizda eng esda qolarli hikmat yoki biror odamni so'zi yoki biror bir vasiyat, qaysinisi bo'lgan?

Qayd etilgan


Shukurulloh  26 Oktyabr 2007, 20:04:17

masturaga

sizga biror kishi noo'run qattiq gaplar gapirsa   nima qilasiz  gaiga siz ham shunday javob berasizmi,yig'laysizmi,indamaysizmi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  26 Oktyabr 2007, 20:13:59

shoir
sizni onajoningiz ishga buyurgan holatda shoshilib ketyapsiz.yo'lda bir qayiya sizdan uyiga olib borishni so'aradi siz nima qilasiz?

Qayd etilgan


Robiya  26 Oktyabr 2007, 22:43:17

Milanelly: Esingizda qolgan eng ga'yritabiiy tush qaysi?

Bu tushni Umumiy bo'limda ham aytganman...
  Qarasam meni kravatimni to'rt tomonidan to'rt kishi (ular odamga o'xshamasdi,ko'proq farishtaga o'xshardi.Vallohu a'lam) ko'tarib osmonda uchib ketayotgan ekanmiz.Ulardan qayerga boryapmiz deb so'rabman.Ular esa Muhammad payg'ambarning (s.a.v.) huzurlariga deb javob berishibdi.Aytilgan manzilga yetib boribmiz.Allaqanday boshqacha joy ekan.Zinalardan tepaga chiqilarkan.Eng balandda Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam orqalarini qilib turgan ekanlar.Bilasizmi, u kishidan nur taralib turardi.Men sekin-asta zinalardan chiqib u kishining oldilariga borib salom beribman.U kishi Vaalaykum salom.Umringdan baraka top qizim,sen yaqinda hajga borasan debdilar...
 Esimda qolgani shu
 PS.: bu tushni 8-sinfdaligimda ko'rgandim

Qayd etilgan


Muslimа  27 Oktyabr 2007, 12:05:06

Shoir: Forumdoshlarga o'lim haqida ko'p savol beribsiz. O'zingiz o'limni unutgan vaqtlariz bo'lganmi? Shunaqa payt sizga o'lim haqligini eslatuvchi biror bir voqea yoki so'zmi, yoki umuman shunga o'xshash narsa bormi? Agar sir bo'lmasa nima?

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Oktyabr 2007, 13:00:47

Munira honimga-sizni bu holatingiz albatta hayratlanarli.Bu voqea ha hursandchilik ham qayg'ulik ekan.Faqatgina hursand bo'lgan holatiz bo'lganmi ?

Assalamu alaykum.
Allohga shukr ko'p holatlarda xursand bo'lganman.
Yaqinda meni juda xursand qilgan hodisa, bir birodarim, singlim, dugonam, jondek aziz bir muslima singlimni ayollik libosi hijobga o'rangani...
Bu hodisa meni juda xursand qildi....
Alloh xayrli va davomli qilsin...

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:38:22

shoir
sizni onajoningiz ishga buyurgan holatda shoshilib ketyapsiz.yo'lda bir qayiya sizdan uyiga olib borishni so'aradi siz nima qilasiz?

Onajonga telefon qilaman. Agar hozirgi ishimga rozi bo'lsalar, avvalo qariyani uyiga tashlab so'ng onajonimni oldilariga boraman.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:40:29

Shoir: Forumdoshlarga o'lim haqida ko'p savol beribsiz. O'zingiz o'limni unutgan vaqtlariz bo'lganmi? Shunaqa payt sizga o'lim haqligini eslatuvchi biror bir voqea yoki so'zmi, yoki umuman shunga o'xshash narsa bormi? Agar sir bo'lmasa nima?

O'limni ko'p hollarda unutib qo'yamiz. Masalan, qattiq xursand bo'lganimizda, o'yin-kulgi qilganimizda...
Bunaqa paytda menga o'limni eslatadigan bir so'z bor: Albatta biz Allohnikimiz va albatta unga qaytarmiz.

Qayd etilgan