AbdulAziz: Deylik, siz kochada ketyapsiz. Ko’z oldingizda ikki-uchta yigit (agar ularni yigit deb atash mumkin bo’lsa!!!) bir muslima, hijobli qizga shilqimlik qilib, gap otib, yo’l berishmayapti. Nima qilasiz? Qizni himoya qilasmi? Yoki"¦
Avvalo yaxshi gaplar bilan tushuntiraman. Yaxshilik bilan hal qilishga urinaman. Agar ular tushunmaydigan ahvolda bo'lishsa, bor kuchimni to'plab, ular bilan mushtlashib bo'lsa-da singlimizni himoya qilaman. Chunki musulmonlar aka-ukalardekmiz. Bir muslima singlimizni ko'z o'ngimda xo'rlashlariga chidab turolmayman.
PS. Yuqoridagi savollarga men ham o'z munosabatimni bildirsam qarshi bo'lmaysizlar degan umiddaman. Hijobli ayollarning 90% zi yaxshi ayollar emasligi haqida gap borligini sizdan eshitib turibman. Agar kimdir shunaqa degan bo'lsa, demak, judayam oshirib yuboribdi. Shaxsan mani Alloh buyurgan holda kiyingan musulmonlarga hurmatim baland. Lekin to'g'ri, ba'zilari buni moda yoki boshqa maqsadlarda o'zlariga qabul qilishyapti. Lekin shunisigayam shukr. Allohdan duo qilamizki, o'sha boshqa maqsadlarga ayollik libosini kiygan opa-singillarimiz ham shoyadki, bu muqaddas kiyimning asl mohiyatini anglashsa... Lekin hamma narsa niyatga bog'liq. Har birlarining niyatlari Alloh rizoligi bo'lmog'iga tilakdoshman. Ayollik libosiga kirgan birodarlarimiz boshqalarning o'zlari fikri yuzasidan qayg'urmasalar yaxshi bo'ladi. Vaqti kelib noto'g'ri anglaganlari ham haqiqatni tushunishadi. Yonlariga kelib, men ham shu libosni hohlayman, deyishlarini nasib qilsin.