Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263805 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 270 B


Muslimа  05 Noyabr 2007, 16:39:24

Muslima: Bizga ma'lumki, Islomda oilaning moddiy ta'mini erkak kishining zimmasida. Siz turmushga chiqqaningizda bu tomondan turmush o'rtog'ingizga yordam bergan bo'larmidingiz? Yoki uni topganiga sabr va qanoat qilarmidingiz?

Assalomu alaykum opajonim!
Manimcha oilani ustuni, moliyaviy manbai erkak kishini bo’ynida bo’lishi shart!
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "œAlloh taolo farz qilgan amallarni bajargan va erini rozi qilgan ayol Jannatning istagan eshigidan kiradi" deb marhamat qilganlar. Agar turmush o’rtog’imni roziligiga erishishimda sabr zarur bo’lsa albatta sabr qilaman, topganiga qanoat qilaman. Albatta har bir musulmon va muslima kabi mani ham Alloning Jannatidan umidim bor"¦

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:27:15

Shoir: Deylik, siz anchadan beri tanigan muslima qiz Alloh insof berib hijobga kirdi. Odamlar uni bu harakati haqida ijobiy fikirdamaslar. Siz shu odamlarga qarshi gapira olasmi? Yoki"¦

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:28:25

AbdulAziz: Deylik, siz kochada ketyapsiz. Ko’z oldingizda ikki-uchta yigit (agar ularni yigit deb atash mumkin bo’lsa!!!) bir muslima, hijobli qizga shilqimlik qilib, gap otib, yo’l berishmayapti. Nima qilasiz? Qizni himoya qilasmi? Yoki"¦

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:29:18

Shukurulloh: Deylik, sizga ko’chada bir vaqtning o’zida ikki ayol yordam so’rab murojat qildi. Biri yoshroq, lekin hijobda; ikkinchisi yoshi kattaroq lekin ro’molsiz? Siz qaysi biriga yordam berardiz?

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:30:23

Diydor opajon: Opajon, hijobdan Alloh farz qilgan libos sifatida emas, niqob sifatida foydalanayotganlarga munosabatingiz? Shunaqalarni qanchalik zarari bor deb o’ylaysiz?

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:31:41

Laylo: Siz uchun ishonch nima?

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 10:32:43

mastura: Bizda ko’pchilik yigitlarning fikricha hijobli ayollarni 90% zi yaxshi ayollar emas ekan. (Bu fikr muslimalarni ranjitadi!) Sizningcha bitta-ikkita "œniqolilar" ni dib barcha muslimalarga bir hil hukum chiqarish yaxshimi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  06 Noyabr 2007, 17:47:14

Shukurulloh: Deylik, sizga ko’chada bir vaqtning o’zida ikki ayol yordam so’rab murojat qildi. Biri yoshroq, lekin hijobda; ikkinchisi yoshi kattaroq lekin ro’molsiz? Siz qaysi biriga yordam berardiz?
Bu savolingiz bilan mani juda qiynab qo'ydingizku nima deyishni ham bilmay ancha o'ylandim.Man ilojini qilib ikkovlariga ham yordam berardim.Agarda ikkovlaridan birlariga yordam berish kere bo'lsa sharoitga qarab kimga ko'proq yordam kere bo'lsa o'shanga .Agar ikkovlariga ham bir hilda yordam kere bo'lsa OLLOH qalbimga solganiga o'sha vaqtda.Oldindan bir narsa deyishim qiyin.OLLOH o'zi to'g'ri yo'lga boshlaguchidir.Ko'p hollarda gunoh ishga bilmay qadam qo'yishni boshlaganimda OLLOHga hamdalar bo'lsinki bu yo'lda bir sabab qilib  yo'limni to'sib qo'yardi.OLLOH rozi bo'lsin sizdan savol uchun rahmat

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2007, 22:52:10

AbdulAziz: Deylik, siz kochada ketyapsiz. Ko’z oldingizda ikki-uchta yigit (agar ularni yigit deb atash mumkin bo’lsa!!!) bir muslima, hijobli qizga shilqimlik qilib, gap otib, yo’l berishmayapti. Nima qilasiz? Qizni himoya qilasmi? Yoki"¦

Avvalo yaxshi gaplar bilan tushuntiraman. Yaxshilik bilan hal qilishga urinaman. Agar ular tushunmaydigan ahvolda bo'lishsa, bor kuchimni to'plab, ular bilan mushtlashib bo'lsa-da singlimizni himoya qilaman. Chunki musulmonlar aka-ukalardekmiz. Bir muslima singlimizni ko'z o'ngimda xo'rlashlariga chidab turolmayman.

PS. Yuqoridagi savollarga men ham o'z munosabatimni bildirsam qarshi bo'lmaysizlar degan umiddaman. Hijobli ayollarning  90% zi yaxshi ayollar emasligi haqida gap borligini sizdan eshitib turibman. Agar kimdir shunaqa degan bo'lsa, demak, judayam oshirib yuboribdi. Shaxsan mani Alloh buyurgan holda kiyingan musulmonlarga hurmatim baland. Lekin to'g'ri, ba'zilari buni moda yoki boshqa maqsadlarda o'zlariga qabul qilishyapti. Lekin shunisigayam shukr. Allohdan duo qilamizki, o'sha boshqa maqsadlarga ayollik libosini kiygan opa-singillarimiz ham shoyadki, bu muqaddas kiyimning asl mohiyatini anglashsa... Lekin hamma narsa niyatga bog'liq. Har birlarining niyatlari Alloh rizoligi bo'lmog'iga tilakdoshman. Ayollik libosiga kirgan birodarlarimiz boshqalarning o'zlari fikri yuzasidan qayg'urmasalar yaxshi bo'ladi. Vaqti kelib noto'g'ri anglaganlari ham haqiqatni tushunishadi. Yonlariga kelib, men ham shu libosni hohlayman, deyishlarini nasib qilsin.   

Qayd etilgan


shoir  07 Noyabr 2007, 15:13:52

Shoir: Deylik, siz anchadan beri tanigan muslima qiz Alloh insof berib hijobga kirdi. Odamlar uni bu harakati haqida ijobiy fikirdamaslar. Siz shu odamlarga qarshi gapira olasmi? Yoki"¦

Gapira olaman. Gapirganman ham. Asta-sekin ko'nikib ketishadi.

Qayd etilgan