Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264069 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 270 B


Munira xonim  09 Noyabr 2007, 19:51:05

Munira xonim: Opajonim, oila qurishda erkak va ayolning yoshi orasidagi farq qanchalik ahamiyatga ega? Erkak ayoldan yosh jihatidan juda ham katta bo'lsa va aksincha bo'lsa...

Assalamu alaykum.
Meni fikrimcha, unchalik farqi yo'q. Agarda ular bir-birlarini tushunsa, haqiqiy islomiy oila qurishga ko'zlari yetsa, yosh bu joyda ahamiyatga ega emas. Chunki Rasululloh sav hayotlari bizga o'rnak. Hadicha onamiz va Oisha onamiz r.a.larni yoshlarini hisoblab ko'rilsa bunga boshqa javobni izlashga hojat ham qolmaydi...

Bu meni fikrim va Islom olamidan eng ishonchli dalil...

Qayd etilgan


mutaallimah  09 Noyabr 2007, 23:54:02

Diydor opa:O'zini musulmonman degan bir ayol kelib, sizni yoki ro'mol o'ragan muslimalarni yomon ko'rishini aytsa, unga qanday javob berasiz?

Assalamu alaykum,opajon.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Juda ham go'zal javob beribsiz. Hozirda meni yuzimga "ro'mollanganlarni yomon ko'raman,ularni orasida hali birorta namuna bo'ladiganlarini ko'rmadim", deguvchilar bor. Ular menga sizni yomon ko'raman deyishsa hafa bo'lmasdim,ammo....

Assalomu-alaykum uzr suhbatilaga aralashganim uchun lekin suhbat Mo'mina aylo-qizlarni sha'ni sharafi romol haqida bolgani uchun beodoblik bo'lib korinsa ham ba'zi fikrlarimni aytishga izn so'rayman.Avvalo romol bu bir kiyim,uni har qanday hulqdagi ayol o'raydi huddi masharabozlik uchun ba'zi "erkak"lar ham o'ragandek.SHunday ekan romol o'ragan ayol yoki qizlar farishtaga aylanib qolmaydilar.Ular boshlarida romollari bilan Allohni farz amallaridan biriga itoat qilguvchi bandalar halos.Endi hulq va fe'llarida nuqsonlar bo'lsa bu ularning ojiza va hatokor bandalar ekanligidan.Romol ularga viqor va o'z ustlarida ishlashga ya'niy fe'llaridagi nuqsonlarni tog'rilashlariga sabab bo'ladi inshaAlloh.Barcha boshlarida ro'mol va egnilarida hijob bo'lgan mo'mina muslima ayollarga har turlik fitnalardan omonlik tilayman.Orzusida hijobga o'ranish bo'lgan ayollarga bu saodat tezroq kelsin.Romol o'raguvchilarni yomon ko'rib ulardan nafratlanguvchilarga Alloh hidoyat bersin va hidoyat mazasini shu hayotda his qilib tavbaga ulgursinlar.Agar qalblari islomga va uning hukmlariga rozi bo'lmasa fitna qilib fasod tarqatishdan ofiyat bersin,bunga ham rozi bo'lmasalar ularga Alloh kifoya qilsin.Mo'minlarga har ishlarida Alloh vakil bolsin!!!

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Noyabr 2007, 00:05:34

Milanelliy-- opajon avvalo uzr savolim malol kelsa hafa bo'lmaysiz.Futbol ko'rishga ketadigan vaqtingizni bekorga sarflangan hisoblaysizmi?(garchi futbolni bo'sh vaqtizda korsez ham)

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Noyabr 2007, 00:07:11

Mahzunabonuga-- Bahri bayt bo'limida postlariz anchagina o'ziz ham she'r yozasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 06:12:42

Abdulaziz: Hozirda g'iybatda ayollardan qolishmaydigan erkaklarga munosabatingiz? Ularni bu hollariga nima sabab?

Bir olin aytgan edi: dunyodagi eng sergap, g'iybatchi kimsalar bekorchilardir. G'iybat ko'pincha bekorchilikdan kelib chiqadi. Aslida musulmon odamning bekor vaqti bo'lmaydi. Qilayotgan amallari, ilmi, zikri doimo bekorchilikdan to'sib turadi. Lekin ayrim na ibodati, na ilmi, na zikri qoyilmaqom bo'lmagan erkaklarimizning ham hollariga achinasan. So'mggi paytlarda kuzatganim, odamlarda ko'ngil ochishga bo'lgan talab oshmoqda. Bunga ilm-fan, texnologiyaning rivojlanishi ham sabab bo'lgan. Ba'zi yoshlarning internet kafelardan soatlab, chatda qizlar bilan bema'ni gaplashib o'tirganlarini ko'rib, nahot ozgina hayotning qadriga yetmaydilar, deb o'ylab qolaman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 06:13:55

Munira opa: Ayol kishi (muslima ayol)ning avtomobil haydashiga munosabatingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 06:17:05

Diydor opa: Sizga hech kelgindiga qilingandek munosabat bildirilganmi? Bu paytda nima qilgansiz?

Qayd etilgan


Muslimа  10 Noyabr 2007, 11:56:43

Ali Rizo Bek: Deylik, siz bir inson bilan tanishdiz. Yaqindan suxbatlashdiz, dardlashdiz, iymonlashdiz. U inson siz uchun juda ham yaqin, siz uni eng yaqin birodariz va yaqin insoniz maqomiga ham chiqarish niyatiz bor edi. Lekin kutilmaganda shu inson sizga yolg'on gapirganini, har bir so'zida riyo, yolg'on aralashganini aniq bildiz. Va o'z navbatida u insondan ko'ngliz sovugandek bo'ldi. Vaqt o'tib shu insonni yana sog'inishiz mumkinmi?

Qayd etilgan


Muslimа  10 Noyabr 2007, 12:13:24

Mastura: Islomiy birodarchilikni qanday tushunasiz? Oddiy do'stlikdan Alloh yo'lidagi do'stlikni qanday farqi bor sizningcha?

Qayd etilgan


Muslimа  10 Noyabr 2007, 12:23:51

Diydor opa: Islomiy tarbiya olib ulg'aymagan, islomdan habari bo'lmagan insonni qilgan kamchiligidan ranjish, uni tanqid qilinishiga munosabatiz?

Qayd etilgan