Munira xonim: Asosan turk tilidan tarjima qilingan qissalarga qiziqishingiz boisi nima?
Men bu kitoblardan juda ko'p narsa olaman.
"O'gay ona"dan, yetimlarga mehr-muhabbatli bo'lishni...
"Qaynona"dan haqiqiy soliha kelin va qaynona qanday bo'lishi kerakligini...
"Aldangan Ayselning tavbasi"dan, chin dildan va ixlos ila qilingan tavba qanday bo'lishi lozimligini va har qanday sharoitda ham Allohdan noumid bo'lmaslikni...
"Bir vijdon uyg'onur"dan, Alloh rizosi uchun qilingan sabr har nedan ustunligini...
"Peshonamdagi nur"dan esa, ALloh taoloning har qanday ishida hikmat borligiga yana bir bor amin bo'lganman...
Bu ro'yhatni davom ettirish mumkin.
Qisqa qilib aytganda, qalbimdagi zanglarni yuvishda, dini Islomni, hijobni, xolis ibodatni, mehr muhabbat va sabrni asl mohiyatini tushunishimga bu kitoblar juda katta yordam bergan...
Qani edi, o'zbeklar orasida ham shunday kitoblarni yozib yoshlarga taqdim etadigan insonlar bo'lsa edi...