Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264542 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 270 B


shoir  10 Noyabr 2007, 14:59:21

AbdulAziz: "O'tkan kunlar"dagi qaysi personajning qaysi gapini yaxshi ko'rasiz?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:00:33

Munira xonim: Asosan turk tilidan tarjima qilingan qissalarga qiziqishingiz boisi nima?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:00:49

Mastura va Diydor: Vatanni sevish deganda nimani tushunasizlar?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:01:10

Muslima: Sizning fikrlaringizni tubdan o'zgartirgan, sizni umuman boshqa olamga yetaklagan hikoya, qissa yoxud maqola qaysi?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:02:11

Murod_bek: Chet-el adabiyoti namunalarinini qaysi tilda o'qigan ma'qul. Siz qaysi tilda o'qiysiz?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:02:33

Mahzunabonu: Siz sevib o'qigan o'zbekcha bo'lmagan kitob qaysi?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:02:50

Yana AbdulAzizga: Zararli adabiyot ham bo'ladimi? Misol keltira olasizmi?

Qayd etilgan


shoir  10 Noyabr 2007, 15:03:10

Yana Munira xonimga: Farzandlaringizni ommaviy axborot vositalari (TV, radio, komputer) zararidan muhofaza qila olganmisiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Noyabr 2007, 19:28:37

Munira opa: Ayol kishi (muslima ayol)ning avtomobil haydashiga munosabatingiz?

Bunga ikki xil munosabatdaman:
Birinchisi: Agar ayol kishi o'qish yo ish uchun har kuni ko'chaga chiqishiga to'g'ri kelsa, har xil transportlarda erkaklarni orasida yurganidan o'z avtomabilida yurgan afzal.
Ikkinchisi: Ayollar iloji boricha ko'chga kamroq chiqqanlari va mashina haydamaganlar ma'qulroq...

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Noyabr 2007, 19:36:19

Munira xonim: Asosan turk tilidan tarjima qilingan qissalarga qiziqishingiz boisi nima?

Men bu kitoblardan juda ko'p narsa olaman.
"O'gay ona"dan, yetimlarga mehr-muhabbatli bo'lishni...
"Qaynona"dan haqiqiy soliha kelin va qaynona qanday bo'lishi kerakligini...
"Aldangan Ayselning tavbasi"dan, chin dildan va ixlos ila qilingan tavba qanday bo'lishi lozimligini va har qanday sharoitda ham Allohdan noumid bo'lmaslikni...
"Bir vijdon uyg'onur"dan, Alloh rizosi uchun qilingan sabr har nedan ustunligini...
"Peshonamdagi nur"dan esa, ALloh taoloning har qanday ishida hikmat borligiga yana bir bor amin bo'lganman...
Bu ro'yhatni davom ettirish mumkin.
Qisqa qilib aytganda, qalbimdagi zanglarni yuvishda, dini Islomni, hijobni, xolis ibodatni, mehr muhabbat va sabrni asl mohiyatini tushunishimga bu kitoblar juda katta yordam bergan...
Qani edi, o'zbeklar orasida ham shunday kitoblarni yozib yoshlarga taqdim etadigan insonlar bo'lsa edi...

Qayd etilgan