Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263893 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 270 B


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:20:10

Muslima: Tasavvur qiling, siz bir kishi bilan tortishib qoldingiz. Unga hech yuragingizdagi gaplarni tushuntirib berolmayapsiz va bundan juda qiyin ahvolga tushib qoldingiz. Shunda qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:22:41

Nozli: Sizga ikki imkoniyat berildi: Birinchisi, ilm egallash imkoniyati va ikkinchisi sizni juda sevadigan bir muslim yigit bilan turmush qurish imkoniyati.
Siz faqat birini tanlashingiz lozim. Boshqa bunday imkoniyat berilmaydi. Siz qaysi yo'lni tanlardingiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:25:49

Abdulaziz: Tasavvur qiling, siz turmush qurdingiz. Lekin ayolingiz hech sizni qalbingizni tushunmaydi, onangiz bilan esa yaxshi chiqishadi. Sizni tushunmaganidan qalbingiz og'riydi. Oradan bir necha yil o'tsa ham-ki, u sizni tushunmadi, shunda nima qilasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:28:20

Shoir: Sizningcha, ikki inson, misol uchun bir erkak va bir ayol. Bir-birlarini tushunish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

Qayd etilgan


Laylo  12 Noyabr 2007, 07:00:35

Laylo: Sizningcha, ayol va qizlarni ilm o'rganish uchun mahramsiz boshqa joylarda musofirva yolg'iz bo'lib yurishlar yaxshimi? Garchi bu diniy ilm bo'lsa ham...

Ayol va qizlarni ilm o'rganish uchun mahramsiz boshqa joylarda musofirva yolg'iz bo'lib yurishlari yaxshi emas. Shariatimiz bunga ruxsat bermaydi. Agar biron mahramlari bilan bo'lsa, bemalol.
Buning bir qancha sabablari bor:
1. har xil ta'sirlardan himoyada bo'ladi.
2. qiyinchilik paytida yaqin kishisi yonida bo'ladi...
Menga har doim onam hamrohlik qilganlar. Alloh rozi bo'lsin ulardan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2007, 08:11:27

Abdulaziz: Tasavvur qiling, siz turmush qurdingiz. Lekin ayolingiz hech sizni qalbingizni tushunmaydi, onangiz bilan esa yaxshi chiqishadi. Sizni tushunmaganidan qalbingiz og'riydi. Oradan bir necha yil o'tsa ham-ki, u sizni tushunmadi, shunda nima qilasiz?

Alloh saqlasin bunday bo'lishidan.
Judayam qiyin savol. Agar shunday deb tasavvur qilsak, Allohdan duo qilib so'rardim. Natija bo'lmasa, onam bilan gaplashib ko'rardim. So'ng istixora namozini o'qib qarorni qabul qilardim (Alloh saqlasin...)

Qayd etilgan


Muslimа  12 Noyabr 2007, 11:40:03

Muslima: Sizning fikrlaringizni tubdan o'zgartirgan, sizni umuman boshqa olamga yetaklagan hikoya, qissa yoxud maqola qaysi?

Bitta alohida hikoya, qissa yoxud maqolani ayta olmayman, chuki bunaqa hikoya, qissa yoxud maqolalar ko'p bo'lgan. Asosan "Musulmonlar taqvimi", "Hilol", "Irfon" taqvim kitoblaridagi, "Hidoyat" jurnalidagi va bir paytlar chiqqan "Odamlar orasida" gazetasidagi  hikoya, qissa, maqolalarni o'qiganda shunaqa bo'ladi.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Noyabr 2007, 11:49:42

Muslima: Tasavvur qiling, siz bir kishi bilan tortishib qoldingiz. Unga hech yuragingizdagi gaplarni tushuntirib berolmayapsiz va bundan juda qiyin ahvolga tushib qoldingiz. Shunda qanday yo'l tutasiz?

Assalomu alaykum!
Opajon, shunday holga tushganman. Alloh qodir qilganicha qalbimdagini tushuntirishga harakat qilaman, agar o'sha vaqtda tushunishga ojizlik qilsa bir oz vaqt o'tgach yana harakat qilib ko'raman. Shunda ham tushunmasa Allohni o'zi o'sha insonga tog'ri yo'l ko'rsatishini so'rayman, va u bilan ortiq tortishib o'tirmayman.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Noyabr 2007, 11:55:36

Muslima: Muslima bo'limi faoliyatidan mamnunmisiz?

Assalomu alaykum!
To'grisini aytaman, bo'lim moderatori sifatida hafa bo'lmaysiz degan umiddaman. :)
Oldingi Muslima bo'limi bilan hozirgi Muslima bo'limini farqi bor. Hozir bo'lim ancha zerikarli, sababi ko'pchilik kamnamo. Man uchun Muslima bo'limi qadrdon bo'lib qolgan, bo'limdagi har bir birodarimni yaxshi ko'raman. Bu bo'limni faoliyatini yaxshimasligi mani tashvishga soladi. Agar hozir forumdagi muslimalar yaxshiroq harakat qilsak, Muslima bo'limimizni oldingi go'zal holidanda go'zalroq holatga keltira olamiz, inshaolloh! Bunda albatta sizni hissangiz katta! : )
  Muslimalar bo'limimizni yanada yaxshiroq qilishga harakat qilaylik!

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Noyabr 2007, 11:57:02

Ali Rizo Bek: Deylik, siz bir inson bilan tanishdiz. Yaqindan suxbatlashdiz, dardlashdiz, iymonlashdiz. U inson siz uchun juda ham yaqin, siz uni eng yaqin birodariz va yaqin insoniz maqomiga ham chiqarish niyatiz bor edi. Lekin kutilmaganda shu inson sizga yolg'on gapirganini, har bir so'zida riyo, yolg'on aralashganini aniq bildiz. Va o'z navbatida u insondan ko'ngliz sovugandek bo'ldi. Vaqt o'tib shu insonni yana sog'inishiz mumkinmi?
Assalomu aleykum!
bilmadim, balki sog'inardim. albatta boshimdan o'tmagani uchun bilmiman!
so'ginsam kere!

Qayd etilgan