Assalomu alaykum birodar!
Yuqoridagi mulohazalardan o'zingizga noto'g'ri xulosa chiqarmang.
Inson musulmon bo'lsa, xato qilish bilan, gunoh qilish bilan (agar uni katta gunohligini bilib turib, o'ziga halol deb qilmasa) kofir bo'lib qolmaydi. Agar, Alloh saqlasin, Yangi yilda Iyso alayhissalom tug'ilgan ekan, nasorolar shuni bayram qilarkan, nima bo'pti biz ham buni bayram qilsak, buni bayram qilish musulmonlarga halol desa, unda kufrga ketib qolishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo'lishlikka chaqirilmoqda.
Endi o'ylab ko'ring, ruslar bosqiniga qadar yurtimiz musulmonobod bo'lgan. Shu davrda kim Yangi yilni nishonlagan? Ayting-chi? Hech kim! Bu xurofotni kufr ahli xalqimiz orasida yoygan va bu o'z-o'zidan odat o'laroq hayotimizga kirib qolgan.
Biz Yangi Yil deb nomlagan bayramimiz g'arbda nima deb nomlanadi? Happy Chrismath! Ma'nosini tushunsangiz kerak. Endi musulmon bo'laturib xristianlarning eng buyuk bayramini nishonlash, shu bilan bir-birimizni tabriklash qanday bo'larkin?
Xuddi shu kungi bayram, ziyofatlarni ikki buyuk bayramimizda uyushtirsa ham bo'ladi-ku...