Eshitishimcha Misrda ayollar ham hayit namoziga chiqshar ekan. Tartibsiz bo'lib ketmaydimi? Ayollar qayerda namoz o'qishadi va qanday tarqalishadi?
Uzr bu savol menga berilmagan bo'lsa ham javob bermoqchiman chunki har doim hayit namoziga chiqaman...
Faqat Misrda emas butun arab davlatlarida chiqishadi ayollar..
Aslida har bir
Musulmon davlatida shunday bo'lishi kerak!
Sabab: Payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallam bunga buyurganlar!
Bilishimicha bir vaqtlar bizda ham chiqishgan ekan... Lekin hozir yo'q bolib ketgan... Afsus..
Hech qanday tartibsizlik bo'lmaydi.. Payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallam buyurganlari va ko'rsatganlari kabi namoz o'qiladi va tarqalinadi.
Ya'ni: Payg'ambarimiz hayit namozini katta sahroda o'qigan ekanlar va erkaklar bilan birga ayollarning ham namozga chiqishligini buyurganlar hatto namoz o'qimaydigan ayollar ham jamoa bilan sahroga chiqsinlar namozdan keyingi hutbani eshitsinlar lekin namozgohga yaqinlashmasinlar degan ekanlar..
Shunga binoan katta sahrolar uzoq bo'lgani uchun aynan Qohirada moshina bozoriga hamda bir-ikki katta katta masjidlarga joynamozlar yoziladi. Old tarafda erkaklar hamda orqa tarafda ayollar namoz o'qiladi keyin oddiygina oilasi bilan kelganlar oilasi bilan bir o'zi borganlar bir o'zi qanday borgan bo'lsa shunday qaytaveishadi...
Va boshqa davlatlarda ham shunga o'xshash namoz o'qiladi va tarqalinadi...