Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263664 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 270 B


Muslimа  18 Dekabr 2007, 08:18:01

Muslima:
Hayit kunidagi qaysi odat sizga eng yoqadi?

Assalomu alaykum! Yaqinlashib kelayotgan ayyom muborak!
Hayit kunidagi bitta alohida odatni ajratib ko'rsatish qiyin! Hammasi ham yaxshi odatlar!
Eng yaxshi ko'rganim, musulmonlarni masjidlarni to'ldirib jamoat bo'lib hayit namozini o'qishlari.
Hamma bir-birini ayyom bilan qutlashi, yoqadi.
Yana hayitlik berishni yaxshi ko'raman. Hayitlik olishni ham albatta  :)

Qayd etilgan


Murod_bek  18 Dekabr 2007, 22:19:19

Murodbek: Marosimlarda o'zlarini majburlab "yig'laydigan" ayollarga munosabatingiz?

PS. Bugungi savollar ancha qo'rqinchli :) ko'rinsa-da, lekin aynan shu narsalar inson irodasining qandayligini ko'rsatadi.

Assalomu Alaykum!
Ming ba'd uzr!Shoir aka postizga kechroq javob yozayapman...
UNday toifaladi ayollarga munosabatim salbiy!Ochig'i umuman yoqtirmayman...
Assalomu Alaykum!

Qayd etilgan


Murod_bek  18 Dekabr 2007, 22:27:04

Murod_bek: Chet-el adabiyoti namunalarinini qaysi tilda o'qigan ma'qul. Siz qaysi tilda o'qiysiz?
Assalomu Alaykum!
Savollarga ancha kech javob yozayotganim uchun Shoir akamizdan uzr so'rayman...

Fikri ojizimcha bunday tillar rus, arab tillari...Chunki bu tillarda bitta so'z bilan ko'plab ma'nolarni bildirish mumkin.Yana so'z boyligi ham zo'r...
Lekin shunday bo'lsa ham o'zim ko'proq o'zbekcha tarjima qilingan kitoblarni o'qiyman.O'qigan kitobim bo'lsa ham tarjimasi chiqsa albatta olib o'qiyman.
So'nggi yillarda bizda ham tarjimonchilik ancha rivojlanib bormoqda, alahamdulillah...

Assalomu Alaykum!

P.S : Shoir aka savollarni bugun ko'rdim...

Qayd etilgan


Murod_bek  18 Dekabr 2007, 22:32:05

Murod_bek:
Yaqinlaringiz haliyam hayitlik berib turishadimi? (Masalan, menga berishadi :) Tabarruk deb olib qo'yaveraman)
Assalomu Alaykum!
 :) Yaqin ikki yil ichida olmadim.Lekin ukalarimga olib kelishadi... ;D

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:01:06

Javob berishni istagan barcha yuzerlarga:

Hozir men ba'zi jihatlarni keltiraman. Shu jihatlar bo'yicha sizga qaysi user yoqishini belgilaysiz?

Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Assalomu alaykum!

1. Shoir, Diydor opajon.
2. Munira opajon, Diydor opajon.
3. milanelly, Salmoni Forsiy, Shukurulloh.
4. mastura, AbdulAziz.
5. Diydor opajon, Munira opajon.
6. Diydor opajon.
7. AbdulAziz, Munira opajon, Shoir.

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:06:37

Diydor opajonga:

Assalamu alaykum!
Opajon, erkak kishidagi (iymonsizlikdan tashqari yana) qaysi jihat sizni ko'nglingizni qoldirishi, o'sha erkak kishini hurmat qilmasligingizga sabab bo'la oladi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:08:17

Shoirga

Assalamu alaykum!
Ayol kishidagi (iymonsizlikdan tashqari yana) qaysi jihat sizni ko'nglingizni qoldirishi, o'sha ayol kishini hurmat qilmasligingizga sabab bo'la oladi?



Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:28:38

Munira opajon:

Assalomu alaykum!
Yaqin birodaringizni nohaq ayiblashdi, siz unga ishongansiz, lekin barcha dalil va holatlar shu insonga qarshi. Nima qilardiz, ayblovlarga qo'shila olasizmi yoki o'sha insonni tarafida turasizmi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:30:57

AbdulAzizga:

Assalamu alaykum!
Ayol kishi tabiatidagi qaysi hislat sizni nafratizga sabab bo'la oladi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:35:01

Masturaga:

Assalomu alaykum!
Ba'zan yoshi katta insonlarni bachkanaliklarini va yoshiga yarashmagan ishlarini qilishlaridan hafa bo'lganmisiz? Imkon bo'lganida shunday insonlarga nima degan bo'lardingiz?

Qayd etilgan