Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263406 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 270 B


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:44:06

Foniyga:

Assalomu alaykum!
Ayollarni yomon yo'llar bilan pul topishlariga, hayotlaridagi shunaqa faxsh ishlarda faqat ayollarning aybi bor, degan fikrni qanchalik qo'llab quvvatlaysiz?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:46:37

Ali rizo Bekga:

Assalomu alaykum!
Bekor ketayotgan vaqtingizga qanchalik achinasiz? Vaqt qadri degan tushuncha siz uchun nima?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:50:14

Mahzunabonuga:

Assalomu alaykum!
Forumdagi faoliyatingiz haqida sizga salbiy munosabat bildirishsa bu tanqidni to'g'ri qabul qila olasizmi? O'sha tanqid qilgan insonga munosabatingiz? Tanqidni eshitgandan keyin hatolarni to'g'irlashga urinasizmi yoki o'zingizni bilganingizni qilasizmi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 10:53:08

Shukurullohga:

Forum sizni hayotingizda qanaqa o'rin egallaydi? Forumga ancha qadrdon bo'lib qoldiz, forumga kirmasdan oldingi payt bilan hozirgi paytingiz orasida qanday o'zgarish bor? Umuman forumdan foydali narsa topa oldizmi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Dekabr 2007, 11:44:03

Shoxjahon12ga

Assalomu alaykum!
1. Nima sababdan oldingi nickizga 12 raqamini qo'shib oldingiz? Buni sababi bormi?

2. Siz forumni "veteranisiz :) ". Oldingi forum bilan hozirgi kundagi forumning farqi nimada? + va - tomonlari nimada?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Dekabr 2007, 12:30:09

Shoxjahon12ga

Assalomu alaykum!
1. Nima sababdan oldingi nickizga 12 raqamini qo'shib oldingiz? Buni sababi bormi?

2. Siz forumni "veteranisiz :) ". Oldingi forum bilan hozirgi kundagi forumning farqi nimada? + va - tomonlari nimada?


Avvalo savol uchun katta rahmat!

1) Negadir 12 raqami manga juda yoqadi.  Va shu bilan birga manga omadli ham. Masalan, 2001 yil 12 (!) avgust kuni Universitetga kirganligimni bilganman. Bir yil 12 oydan iborat. Sevimli futbolchim Franchesko Toldo ham 12 raqam ostida harakat  qiladi. Onamlarning tug'ilgan kunlari 12 iyun. Rafiqamning tug'ilgan kuni 12 oktyabr. 2005 yil 12(!) sentyabr kuni Koreya Respublikasidan Vatanimga qaytib kelganman. Qo'l telefonimni oxirgi raqami ham 12. Xullas, aytaman desam 12 raqami bilan bog'liq omadli jihatlar ko'p. Shuni uchun ham 12 raqamini  yoqtiraman... :)


2) Ha, rost aytdingiz, nokamtarligim uchun uzr,AbdulAziz,men, Bonu degan userka bo'lardi, Namangandan Nargiza85 degan userka bo'lardi, Noza  forumga birinchi tamal toshini qo'yganlardan edik. U paytlarda men Koreyada edim va Vatan sog'inchi meni internetdan hamyurt dos'tlarni izlashni talab etdi. Va ziyouz.com saytini topib olganman. Dastlab saytga maqolalar yozib turdim.Keyinroq forum ochildi. 

3 yil oldingi forumni + tomonlari:

+ Userlar bir-birlarni juda hurmat qilar va qo'pol so'zlardan o'zlarini tiyar edilar;(Hozirgilar ochiqdan ochiq bir-birlariga "tosh otadilar").
+ Userlar juda izlanuvchan va ijodkor edilar;
( Hozirgilar,kechirasizlaru, boshqa saytlardan manbani ko'rsatmay ko'chiradilar).
+ Xorijdagi userlar albatta o'sha mamlakat haqida "reportaj"lar yozib, rasmlar kiritib turar edilar; (Hozir "Xorijiy bo'lim xuvillab qolgan).
+ Forum tarixida ilk marta xorijlik userlar ham paydo bo'lgan edi;( Hozir manimcha xorijlik user qolmadi , hisobi).


Hozirgi forumni + tomonlari:

+ Userlar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Demakki, forumga qiziqish kuchaymoqda. (Avvallari, userlar barmoq bilan sanarli edi).
+Mavzular xilma-xil;
+ Baxs-munozara bor;
+ Va eng muhimi: FORUM HAMMAMIZNING BILIM MANBAYIMIZGA AYLANIB BORMOQDA!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Dekabr 2007, 18:17:16

Javob berishni istagan barcha yuzerlarga:

Hozir men ba'zi jihatlarni keltiraman. Shu jihatlar bo'yicha sizga qaysi user yoqishini belgilaysiz?

Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Assalomu alaykum!

1. Munira opajon, Muslima opajon
2. Abdulaziz, Munira opajon, Muslima opajon
3. Shoir, milanelly
4. Muslima opajon, mastura
5. Abdulaziz, Munira opajon
6. Muslima opajon, Shoxjahon12
7. Munira opa  Abdulaziz, Shoir 

Qayd etilgan


Mahzunabonu  26 Dekabr 2007, 02:03:55

Mahzunabonuga:

Assalomu alaykum!
Forumdagi faoliyatingiz haqida sizga salbiy munosabat bildirishsa bu tanqidni to'g'ri qabul qila olasizmi?
 O'sha tanqid qilgan insonga munosabatingiz?
Tanqidni eshitgandan keyin hatolarni to'g'irlashga urinasizmi yoki o'zingizni bilganingizni qilasizmi?


Vaaleykumsalom
Tanqid o'rinli bo'lsa to'gri qabul qilamiz
Munosabatimiz  o'zgarmidi
Agar xatoimiz bo'lsa tuzatamiz, aksincha bo'lsa biz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi, unaqa har narsaga e'tibor beraversak asablarimiz  dosh berolmiy qolishi mumkin, biz uchun sog'liq muhimroq

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Dekabr 2007, 07:46:41

AbdulAzizga:

Assalamu alaykum!
Ayol kishi tabiatidagi qaysi hislat sizni nafratizga sabab bo'la oladi?

Va alaykum assalom!
Go'zal savollar uchun tashakkur!

Ayol kishi tabiatidagi Alloh va Rasuli qaytargan har qanday yomonlikdan hazar qilaman. Ayniqsa, yolg'onchilik, firibgarlik, birovlarning ishonchini suiste'mol qilish, xiyonat, behayolik, o'zini ko'z-ko'z qilish kabi marazliklardan nafratlanaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Dekabr 2007, 21:57:04

Munira opajon:

Assalomu alaykum!
Yaqin birodaringizni nohaq ayiblashdi, siz unga ishongansiz, lekin barcha dalil va holatlar shu insonga qarshi. Nima qilardiz, ayblovlarga qo'shila olasizmi yoki o'sha insonni tarafida turasizmi?


Va alaykum assalam.
Agar uni nohaq ayblashsa albatta uni yonida oxirigacha turardim. Chunki haqiqat ertami kechmi ro'yobga chiqishiga ishonaman.

PS: Savolingizga kechkib javob berganim uchun uzr....Ajoyib savollaringiz uchun tashakkur. ALloh sizdan rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan