Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263885 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 270 B


shoir  14 Yanvar 2008, 19:49:51

Birodar:
Mana, forumda oxirgi oylarda juda faol bo'ldingiz. U haqda ozgina tasavvurga ega bo'ldingiz. Aytingchi, bu forumning afzal jihatlari qayerda ekan?

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2008, 19:50:45

Rukhiya:
Forumda tez muddatda o'z so'zingizni ayta oldingiz. Sizningcha, Ziyouz forumining o'ziga tortadigan tomoni qaysi?

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2008, 19:50:55

Robiya:
Har doim abiturientlarga yordam sifatida ona tili, adabiyot, ingliz tilidan ma'lumotlar qo'yib borasiz. Bu ma'lumotlarni qayerdan olasiz?

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2008, 19:51:01

Ikbaljohn:
Forumda kimlarning (administrator, moderatorlar, userlar) faoliyatini salbiy baholaysiz? Nima uchun?

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2008, 19:53:16

Gayrat17:
ZiyoUzdan nechog'lik ilhom olgansiz, ibrat olgansiz, o'rgangansiz?

Qayd etilgan


Rukhiya  14 Yanvar 2008, 21:50:46

Rukhiya:
Forumda tez muddatda o'z so'zingizni ayta oldingiz. Sizningcha, Ziyouz forumining o'ziga tortadigan tomoni qaysi?

Savol uchun rahmat.
Forumda avvalo birdamlik bor,barcha forumdoshlar talabchan.Bir birini hurmat qilishadi,Undan tashqari islomdan ilm olish uchun juda ham qulay,etarli ma'lumotlar to'plangan.Bunda ham forumdoshlarning talabchanligi,ilmga chanqoqliglaridan  bo'lsa kerak.
AbdulAzizga alohida minnaddorchilik bildiraman.
Shu tamonlari albatta har bir insonni forumga etaklab kelsa kerak.

Qayd etilgan


Shukurulloh  15 Yanvar 2008, 16:05:40

Shukurulloh:
Nima uchun imzo qo'ymagansiz?
Assalomu alaykum.Imzo ham qo'yib qolarman o'zimga maqul keladigan yoki  bilmadim Xudo hohlasa qo'yib qolarman.

Qayd etilgan


Robiya  15 Yanvar 2008, 16:53:20

Robiya:
Har doim abiturientlarga yordam sifatida ona tili, adabiyot, ingliz tilidan ma'lumotlar qo'yib borasiz. Bu ma'lumotlarni qayerdan olasiz?

  Ona tili va adabiyotdan manbalar o'zimda bor. Ingliz tilidan esa AbdulAziz yuborgan kitobdan foydalanyapman. Buning uchun ularga rahmat.

Qayd etilgan


ikbaljohn  15 Yanvar 2008, 17:28:31

Ikbaljohn:
Forumda kimlarning (administrator, moderatorlar, userlar) faoliyatini salbiy baholaysiz? Nima uchun?
Avvalambor,savol uchun raxmat.
Ba'zi bir userlarni ko'nglini og'ritib qo'yishdan saqlanmoqlik uchun,bu savolingizga javob berishdan bosh tortaman.:)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:43:20

Munira opaga: Siz haqiqiy musulmon deganda qanday insonlarni tushinasiz?

Qayd etilgan