Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263894 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 270 B


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:44:19

masturaga:

Siz necha yoshingizdan islomni o'rganishni boshlagansiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:45:17

Shoxjahon12 ga:

Sizni hayotingizda futbol qanday o'rin tutadi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:46:49

Abdulaziz akaga:

Islomdagi dastlabki ta'limni kidan olgansiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:49:42

Mahzunabonu ga:

Do'st tanlashda insonlarning qaysi jihatlariga etibor qaratasiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Yanvar 2008, 13:51:28

Muslima opamga:

Haqiqiy musulmon bo'lish uchun birinchi o'rinda nimalarga etibor berish kerak?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Yanvar 2008, 17:34:42

Shoxjahon12 ga:

Sizni hayotingizda futbol qanday o'rin tutadi?

Savol uchun katta rahmat!

Endi savolga kelsak, futbolga juda qiziqishim bor gap.
Futbolchi bo'lish orzuim amalga oshmay qolgan va bir kichik armon bo'lib qolgan.
Esimda o'shanda 3-sinfda o'qir edim. Maktabimiz futbol jamoasida tuman maktablari o'rtasidagi musobaqada qatnashganmiz. O'shanda jamoamiz 1-o'rinni olgan edi. Men ham hamma o'yinda qatnashganman. Shu musobaqani shahardan kelgan bir futbol murabbiyi tomosha qilgan ekan. Harakatlarim yoqib qolgan shekilli, ertasi kuni u men va ikki o'rtog'imni ko'rik mashg'ulotda qatnashishga Toshkentga taklif qildi. Ammo dadam futbolchilikning qiyin ekanligini, jarohatlar futbolchiga "hamroh" bo'lishi haqida gapirib , menga ruhsat bermaganlar. Shu-shu futbolchi bo'lish orzuim qolib ketdi. Buning uchun dadamdan aslo hafa bo'lgan emasman. Mana, ularning nasihatlari orqasidan kam bo'layotganim yo'q. Bo'sh vaqtlarimda o'rtoqlarim bilan to'p tepib turamiz. Futbol - bu millionlar o'yini. Futbol tomosha qilsam, o'zimni yengil his qilaman.Ayniqsa, kuchli jamoalar o'rtasidagi murosasiz o'yinlar odamga zavq beradi. TV orqali beriladigan birorta futbol matchini qoldirmaslikka harakat qilaman.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Yanvar 2008, 19:07:08

masturaga:

Siz necha yoshingizdan islomni o'rganishni boshlagansiz?
Assalomu alaykum.
Avvalo savol uchun raxmat!
Allohga hamdlar bo'lsin Islomni yaxshi biladigan oilada tug'ilganman.. Kichkinaligimdan namoz ro'za kabi islom ahkomlariga amal qilganman va har-hil islomiy kioblar o'qib yurganman... Lekin menimcha uni to'liq o'rganishlikni Misrga kelib boshlaganman. Chunki bu yerda qilayotgan har bir amalimni haqiqatini o'rgana boshlaganman...

Qayd etilgan


Imron  18 Yanvar 2008, 22:25:06

Birodar:
Mana, forumda oxirgi oylarda juda faol bo'ldingiz. U haqda ozgina tasavvurga ega bo'ldingiz. Aytingchi, bu forumning afzal jihatlari qayerda ekan?

Афзал жиҳати шундаки, бу форумда иштирокчилар бир-бири билан уришмас скан. Юзерлар мунозара одобларига имконлари қадар амал қилишга уринар сканлар. Самимийлик бор. Мана шу жиҳатлари жуда маъқул. Аммо камчиликлар ҳақида сукут сақлайман. (Абдулазизнинг сзига айтаман).

Qayd etilgan


Muslimа  27 Yanvar 2008, 10:22:52

Muslima opamga
siz qanday insonni kuchli inson deb bilasiz?

Assalomu alaykum!
Rasululloh sallalohu alayhi vassallam: "G'azabi kelganida o'zini bosa olgan kishi kuchlidir" deb marhamat qilganlar. Man ham albatta shunaqa insonni kuchli dib hisobliman.
Yana Allohdan kelgan musibatga go'zal sabr qilgan va biror insondan rosa aziyat ko'rgan bo'lsada uni duoibad qilmay unga Allohdan ofiyat so'ragan insonni ham kuchli inson dib hisobliman!

P.S. Savol uchun tashakkur!

Qayd etilgan


Muslimа  27 Yanvar 2008, 10:25:49

Muslimaxon siz duoda mani unutmaysizmi?  :)

Assalomu alaykum!
Fazilatbonu, shu yerda ham unutmabsizda a? :)
Albatta, asalim siz uchun doim duodaman, siz ham duoda unutmang, habariz bor duoga hozir juda muhtojman...

Qayd etilgan