Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.  ( 72494 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:04:26

MADINADAGI AHVOLLARI

Abu Bakr Siddiq Madinaga ko‘chib borilganidan keyin ham Rasululloh alayhissalomdan ajralmay birgalikda hamkorlikda bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari Abu Bakrni nihoyatda izzat, hurmat etganlaridan qizlari Oyisha onamizga uylandilar Bu xususda Makkadalik vaqtlarida ahd boylangan edi. Madinaga ko‘chib borishganvdan keyin dohil bo‘lganlar. Oyisha ona Rasululloh hazratlarining eng sevikli va qalblariga eng yaqin ayollaridan edilar. Abu Bakr (r. a.) Rasululloh alayhissalom bilan birgalikda hamma g‘azotlarda ishtirok etadilar. Badr jangida Rasululloh hazratlari bilan chodirda hamnishin edilar. Harbiy asirlarni fidya, ya'ni pul barobariga ozod etishlik fikrini ham Abu Bakr taklif etgandilar. Badr g‘azotida Abu Bakr musulmonlarning ehtiyojlariga qarab, o‘rtaga ushbu fikrni tashlagan kimsa edilar. Bergan maslahatlariga binoan asirlar fidya muqobiliga ozod etilgandi. Zero, o‘sha kunlarda musulmonlar moliyaviy holatlarining nochorligidan mablag‘ga nihoyatda ehtiyojli edilar. Buyuk qonunchi sallallohu alayhi vasallam mana shu maslahatga amal qilganlari uchun Olloh taolo tomonidan itob, ya'ni tanqid etilgandilar.
Uxud g‘azotida Abu Bakr Rasululloh hazratlarining himoyachilari ichida sobitqadam turgandilar. Umumlashkar parokandalikka uchrab, holat og‘irlashgan bir paytda sarvari olamni dushmanlar o‘qidan bahodirona himoya etgan shijoatli sahobalar safida Abu Bakr Siddiq (r. a.) ham jonlari ham ko‘zlariga ko‘rinmay, ilohiy nur hidoyatchisining omonligi yo‘lida sabotla mardona turgandilar.
Xudaybiyya sulhida munofiqlarning aldovlariga tushib qolmay, ularga qarshi keskin raddiya bergan sahobalardan birlari Abu Bakr (r. a.) bo‘lgandilar. Tabuk g‘azotida esa eng katta bayroqning bayroqdori vazifasida qatnashgandilar. Hijratning to‘qqizinchi yilida Rasululloh hazratlari Abu Bakrni o‘zlariga noib etib, hajga ketayotgan karvonga xojiboshi qilib tayinlagandilar. Abu Bakr juda ko‘p musulmonlarga boshchilik qilib hajga borib va u yerda kishilarga haj farzlarini o‘rgatgandilar. Abu Bakr Siddiq (r. a.) hech bir fikrda va hech bir maslahatda yo‘lboshchilari bo‘lgan Rasululloh hazratlariga ixtilofda abadiy bo‘lmaganlar. Janob sarvari olam sallallohu alayhi vassallamning ko‘rsatmalaridan bo‘yin tovlamay to‘xtovsiz ravishda bajo keltirganlar. Biror ra'yilariga qarshi o‘laroq fikr ham bildirgan emasdilar. Qanday bir masala ko‘ndalang kelmasun, har qanday hodisa yuz bermasun Rasululloh, hazratlari hamma holda Abu Bakr (r. a.) uchun, o‘z bolalaridan, ahli ayollaridan ko‘ra va moli dunyolaridan ko‘ra ham sevikliroq bo‘lardilar. Janob risolat maob xushliklari boisida Abu Bakr (r. a.) har bir narsa-laridan hech qanday qaroxiyatsiz voz kecha olardilar. Abu Bakr (r. a.) Ollohga bo‘lgan iymonlarining natijasi o‘laroq, uning payg‘ambariga mana shunday jon fidoliklar qilardilar. Rasululloh alayhissalom bir safar Oyisha onamiz bilan o‘z o‘rtalarida yuz bergan bir voqeada hukm chiqarmoq uchun Abu Bakrni chaqirtirib kelganlarida Abu Bakrning tutgan yo‘llari bunga eng yaxshi misol bo‘la oladi. Rasululloh alayhissalom Oyisha onamizga qarab «men gapirib beraymi yoki siz gapirasizmi?» deganlarida, Oyisha onamiz «siz gapiring, ammo faqat haqiqatni ayting, deydilar. Shunda Abu Bakr o‘rnilaridan shartta turib qizlarining yuziga tarsaki tushiradilar. Va «Ey beadab, hali Rasululloh haqiqatdan tashqari gapni gapirarmidilar!» deydilar. Ehtimol mana shu xodisa va bunga o‘xshash yuz bergan hodisalar Abu Bakr (r. a.) ning iymonlari janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam vasf etgan darajaga yetkanligiga dalil, hujjat bo‘lib isbot etsa kerak. Janob sarvari olam «Butun yer yuzi aholisining iymoni Abu Bakr iymoni bilan tarozuda solishtirilganda, albatta, uning iymoni ularning iymonlaridan bosib ketgan bo‘lardi», deb marhamat etgandilar.
Hazrati Sodiqul amin alayhissalom Abu Bakr to‘g‘rilarida «agar men do‘st tutadigan bo‘lsam edi, albatta Abu Bakrni do‘st tutardim. Lekin Islom birodarligi o‘zi kifoya qiladi», deganlarida Abu Bakr sha'nlariga ko‘p gapirilgan bo‘lmaydi. Balki janob risolat maobning u janob haqlarida «Quyosh chiqishi va botishida Abu Bakrdan ko‘ra boshqa yaxshiroq kimsaga duch kelmaydi», demaklariga ajablanmasa bo‘ladi. Abu Bakr raziyallohu anhu zaiflarga g‘oyatda shafqatli, xushxulq, latofatli bo‘lishliklari bilan birgalikda din dushmanlariga benihoya qattikqo‘l edilar Xususan, Madina shahriga to‘lib kettan yahudiylarga nisbatan chek siz nafrat-la shiddatli muomalada bo‘lardilar. Ularning tilyog‘lamaliklariga aldanib, yolg‘on maqtovlariga uchib, bergan ba'zi bir sovg‘alaridan xush bo‘lib o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasdilar Mo‘‘minlar buyoqda qolib, ularni maqtashga o‘tib ketmasdilar.
Rasululloh hazratlarining payg‘ambarliklarshi o‘zi tavrotdan o‘qib bilgani holda inkor etganida Pinxos ismli yahudiyga qattiq tanbeh berganlari va «Olloh kambag‘al, biz boymiz, Olloh bizga muhtoj bo‘ladi», degan vaqtida og‘ziga qarab ayamay urganlari u janobning iymonlari qanchalik quvvatli ekanligiga, ishonchlari mustahkamligiga dalil bo‘lolsa kerak. Xalifalik mansabiga minganlaridan keyin ahli riddalarga qarshi urushmoqlik uchun muzokara ketayotgan vaqtda tutgan o‘rinlari u janobning sobitqadam bir kishi ekanliklarini isbot etsa kerak. Umar (r. a.) «Zakot berishdan bosh tortganlarga qarshi urushmang», deb iltimos qilganlarida Abu Bakr qatiy suratda rad etganlari va bu bilan dinning haybatini va sharafini saklab qolishda o‘zlarini tutishlari u janobni qanchalik sohibi ra'y kishi ekanliklarnni ko‘rsatolsa kerak. Qur'oni karim bir necha mavzularda Abu Bakr Siddiq sha'nlariga ishora qilgandur. Surai Laylda shunday deyiladi: «Bas, kimki bersa va o‘zi taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa, biz uni tezda osonlikka yo‘llaymiz».
Surai Nurda qarindoshlarn bo‘lgan Mistah bo‘hton qiluvchilarga qo‘shilib Oyisha onamizni bo‘hton qilganligi uchun unga berayotgan ehsonlarini bermayman deb qasam ichgan paytlarida u janobga ishoratan shunday deyilgan: «Sizlardan bo‘lgan boylar va ne'mat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va Ollohning yo‘lidagi muxojirlarga ehson qilmoqlikdan qasam ichmasun. Ularni avf etsunlar va kechirsunlar. O'zingiz ham Olloh sizni kechirishini istamaysizmi. Olloh kechiruvchi mehribon zotdur».
Ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyin Abu Bakr eshitgan zahotlariyoq darhol uylariga borib, oziq-ovqat va boshqa narsa-lardan olib, qarindoshlari Mistoxning hovlisiga ko‘tarib jo‘nab qoldilar. Yo‘lda bora-borguncha «Ollohning mag‘firatini istayman, Olloxning mag‘firatini istayman», deb ketdilar.
Rasudulloh sallallohu alayhivasallam, Abu Bakr (r. a.) Najd o‘lkasidagi Bani Qilob jangiga askarboshi qilib yuborganlar. Shu kabi Fazora jangiga ham askarboshi qilib jo‘natganlar. Mazkur janglarda Abu Bakr hazratlari kofirlar ila shiddatli jang qilganlar va zafar qozongan holda qaytib kelganlar.
Xajjatul vado'da janob risolat maob hazratlari arofotda odamlarga xutba o‘qib turgan onlarida Olloh taoloning: «Bugun dinlaringizni mukammal etdim va ne'matlarimni sizlarga to‘la ayladim, hamda sizlarga Islomning din bo‘lishligiga rozilik berdim»- degan oyati nozil bo‘lgan vaqtida Abu Bakr hazratlari yig‘lab «vahiy to‘xtatishga yaqin qolibdi-da», degandilar. Sevikli habiblariga va murshidlariga dorul fanodan dorul baqoga safar etishga izn berilganligini his etgandilar. Bir arab shoirining baytini misolga o‘qigandilar:

Har ish avjiga yetsa,
boshlandi puhsoni,
Quyosh chiqsa qiyomga
boshlangay zavoli.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:05:05

RASULULLOH XASTALIK PAYTLARIDA MUSULMONLARGA IMOMLIK QILGANLARI

Janobi Risolat maob sallallohu alayhi vasallam Madinada o‘n yil yashadilar va u yerda mustahkam yangi Islom hukumatini barpo etdilar. Madina shahrini mustahkam qo‘rg‘onga aylantirdilar. Islomiy da'vatni yon qo‘shni davlatlarga ham tarqatdilar. Olloh subhonahu va taolo u janobga oxirgi sura -«izo joa nasrullohi»ni nozil qildi. Bundan sarvari olam sallallohu alayhi vasallam bu dunyodan ketadigan vaqtlarini yaqinlashganini sezdilar. Shundan keyin Olloh subxonahuga yanada ko‘proq hamdu sano ayta boshladilar. Bir kuni Janob sarvari koinot sahobai kirom raziyallohu anhumga boqib: «Ollohning bandalaridan bir bandasiga Olloh dunyo va oxiratni va o‘zining huzuriga kelishlikni tanlashga ixtiyor berdi, Banda esa Olloh huzurini ixtiyor etdi», dedilar. Janob risolat panoh sallallohu alayhi vasallamning ushbu gaplarini Abu Bakr (r. a.) eshitib ko‘zlaridan jala kabi yoshlar to‘karoq, qalblari ayriliq o‘tidan alanga olaroq janoblariga boqib: «Yo Rasululloh, sizga jonlarimiz va ruhlarimiz fido bo‘lsa bo‘lmaydimi?»- dedilar.
Rasululloh hazratlari xastalanib o‘ringa yotib qoldilar. Kasalliklari qattiqlashib, xastalik og‘ir holatga ko‘chgach, sahobalarga boqib: «Aytinglar, Abu Bakr namozda imom bo‘lib tursinlar» deydilar. Oyisha onamiz shunday deydilar: «Hazrati Bilol namozga azon aytdilar. Shunda janob risolat maob «Abu Bakrga aytinglar, odamlarga imom bo‘lsinlar», dedilar. Men u janobga boqib «Yo Rasululloh, Abu Bakr nimjon kishi, sizning o‘rningizda imom tursalar odamlarga takbirni va qiroatni eshitdirolmaydilar. Hazrati Umarni ta'yinlasangiz yaxshi bo‘lardi»,- dedim. Rasululloh esa bir necha .marta o‘z gaplarini qaytardilar. Men Xafsaga dedim: «Siz Rasulullohga ayting, o‘rinlariga Umarni tayimasunlar. Chunki u kishi ovozlari juda kuchli odam». Xafsa mening gapimga kirib hazrati Rasulullohga mazkur gapni aytdilar. Shunda Rasululloh «Abu Bakrga aytinglar, odamlarga imom bo‘lsin, sizlar Yusufning ham suhbatlarisizlar», dedilar. Bu gapdan keyin Xafsa Oyisha onaga qarab o‘pkaladilar. «Sizni deb shu gapni eshitdim» dedilar. Keyin Abu Bakr odamlarga imom bo‘lib namozni o‘qidilar. Bir kuni Rasululloh Umarni takbir aytayotganlarini eshitib qoldilar. Shunda «Abu Bakr qaerda, Olloh va musulmonlar bunga rozi bo‘lmaydilar», dedilar.
Voqe'a bunday bo‘lgandi:
Rasulullohning buyurganlaridan bexabar bir sahoba Abu Bakrning yo‘qliqlarini ko‘rib, Umarga «siz imom bo‘lib qo‘yaqoling», degandilar. Shu tufayli Umar hazratlari imom turgakdilar. Keyin Abu Bakr qaytib keldilar, namoz Rasululloh buyurganlariga amal qilinib qaytadan o‘qildi.
Ruhi poklari malail a'lo tamon parvoz etgan dushanba kuni Rasululloh hazratlari muborak boshlari bog‘langan holda Oyisha onaning eshiklaridan masjidga chiqdilar. Odamlar janobi risolat maob sallallohu alayhi vasallamning nurona chehralarini ko‘rib behad shodlandilar. Janobi Risolat maob ularga namozlaringizni davom ettiravering degan ishorani qildilar. Abu Bakr, raziyallohu anhu, ham odamlar harakatlarini ko‘rib, namozgohlaridan orqaga chekinmoqchi bo‘ddilar. Lekin Rasululloh alayhissalom «o‘rningizda turib, namozni o‘qib bering» dedilar. Janob rasuli akram Abu Bakrning yonlariga kelib o‘ltirgan holda namozni o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan keyin odamlarga yuzlandilar, ularni atroflariga to‘pladilar. Muborak ovozlari masjidning eshigi yonida ham eshitilib turdi. Hamma jamlanib bo‘lgach, ularga qarab: «Ey, insonlar, do‘zax qizitilgan, fitnaning esa zulmat tuni kabi qorong‘uligi yuzaga chiqqan. Men faqatgina sizlarga Olloh halol qilgan narsani halol qilganman, xarom qilgan narsani men ham xarom qilganman», dedilar.
Rasuli akram so‘zlarini tugatib ichkariga kirib ketadilar. Ali karamallohu vajhahu Rasulullohning oldilaridan tashqariga chiqqanlarida odamlar Rasulullohning ahvollari nechuk dsb so‘radilar. «Ollohga shukrlar bo‘lsin ahvollari ancha yaxshi», deb javob beradilar. Abbos ibni Abdumuttalib hazrati Alining qo‘llaridan ushlab turib: «Ey Ali, Ollohga qasam ichib aytaman-ki, men Rasulullohning muborak yuzlarida Abdumuttalibning so‘nggi soatlarida yuzlarida ko‘rgan holatni ko‘rdim. Shuning uchun bizni Rasululloh huzurlariga boshlab kirsangiz. Agar xalifalik bizning haqqimiz bo‘lsa unda bilib olamiz va gar bizdan boshqalar haqqi bo‘lsa talab qilamiz. Xalifalik bizni haqqimiz ekanligini odamlarga tavsiya etadilar», dedilar.
Hazrati Ali Abbosning gaplariga javoban: «Ollohga qasamki, men hargiz bunday qilmasmen. Agar u janob bizdan xalifalikni ma'n etsalar, xudoga qasamki, hech kim bizga uni qaytarib berolmaydi, dedilar.
Kun choshgohga ko‘tarilgan vaqtida janob risolat maob sallallohu alayhi vasallamning ruhi poklari fano olamidan baqo gulistoniga rabbil izzatning ne'matlaridan faraxbol bo‘lishlik uchun parvoz etdi.
Mash'um xabar bir zumda butun Madinaga yoyildi. Kibor sahobalardan birinchi bo‘lib eshitgan kimsa Umar ibni Hattob bo‘ldilar. Eshitgan zahotlaridayoq shoshilib odamlarning oldilariga keldilar. Ularni to‘plab, ularning o‘rtasida turib: «Munofiqlar Rasululloh vafot etdilar, deya da'vo etmoqdalar. Rasululloh alayhissalom o‘lgan emaslar, lekin Rabbilarining oldiga, Muso alayhissalom ham qavmlarini qoldirib borganlari kabi ketdilar. Muso alayhissalom qirq kundan keyin, hamma Muso o‘ldi, deb gap tarqatib yurganida tirik qaytib kelganlar. Ollohga qasamki, Rasululloh ham Muso alayhissalom qaytib kelganlaridek, albatta qaytib keladilar. Keyin esa Rasululloh o‘ldilar deb gap tarqatgan kishilarning qo‘l-oyoqlarini qirqadilar», dedilar. Xabarni eshitgan onlarida Abu Bakr ham masjidga qarab yugurdilar. Umar odamlar o‘rtalarida turib so‘zlab turardilar. Hech kimga qaramay to‘g‘ri Rasululloh alayhissalom yotgan xonalariga kirdilar. Xonaning bir yonida Janob Rasulullohning jasadi muboraklari oq yamaniy choponlariga o‘rab qo‘yilganini ko‘rdilar. Gulgun chehralarini ochib yuzlaridan o‘pdilar. Faraxbaxsh yuzlariga boqib, «Ey Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Olloh azalda yozgan ajal zavqini tortibdilar-da», dedilar. Keyin gulgun chehralarini avvalgidek urab qo‘ydilar. Tashqariga chiqsalar, Umar hanuz odamlarga so‘zlab turardilar. Oldilariga borib «shoshmang, ey Umar», dedilar. Biroq Umar to‘xtamay gaplarida davom etaverdilar. Shunda Abu Bakr ham odamlarga qarab so‘zlamoqqa kirishdilar. Odamlar Abu Bakrning ovozlarini eshitib yuzlarini o‘sha tomonga karatdilar. Umar yakka qoldilar. Eng avvalo Ollohga hamd, keyin Rasulullohga salovat aytib Abu Bakr shunday deb so‘z boshladilar:
- Muhtaram jamo'at, kimki Muhammadga ibodat qilib yurgan bo‘lsa, u janob vafot topdilar. Va agar kimki yolg‘iz Ollohga ibodat qiladigan bo‘lsa yaxshi bilsunki, Olloh hargiz o‘lmaydi, doimiy tirikdur.
Keyin ushbu muborak oyatni o‘qidilar: «Muhammad ham o‘tmishdagi payg‘ambarlar kabi bir payg‘ambardir. Agar u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, sizlar orqangizga qaytib ketasizlarmi? Kimki dindan orqasiga qaytib ketsa, hargiz Ollohga zarar yetkazaolmaydi, Olloh tezda shokirlarni yaxshi amallariga binoan mukofotlaydi».
Ushbu oyatni eshitganda Umar «Ollohga qasamki, men hali bu oyatni Abu Bakr o‘qimaslaridan burun eshitmagan ekanman», dedilar. Va birdan o‘zlaridan ketib qoldilar. Rasululloh alayhissalom vafot etganlarini jazm bilgan paytlarida hazrati Umar o‘zlarini tutib turolmay qolgandilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:05:41

BANI SOIDANING SAQIFA NOMLI GUZARIDA

Madinada xabar tezda hamma yoqqa tarqaldi. Ansorlar bani Soidaning saqifa nomli guzargohida Sa'd ibni Uboda yonlariga to‘plandilar. Ali ibni Abu Tolib, Talxa ibni Ubaydulloh va Zubayr ibni Avomlar odamlardan ajralib hazrati Fotimaning uylariga alohida yigildilar. Qolgan muhojir sahobalar esa barchalari Abu Bakrning oldilarida jam bo‘ldilar. Bir kishi kelib ansorlar, bani ansorlar bani Soida saqifasida to‘plaiib «Rasulullohga kim xalifa bo‘ladi», degan masalani ko‘rishyapti degan xabarni Abu Bakrga aytdi. Ushbu xabarni eshitgan zahotlariyoq hazrati Umar Abu Bakrga «Bizni o‘sha yoqqa boshlab boring. Gap nimada ketayotganligini birgalashib ko‘raylik», dedilar. Tezdan ikkovlon yo‘lga chiqib jo‘nadilar. Borayotganlarida xalifalikka Ubayda ibni Jarroxni tavsiya etishlikni, zero u Islom millatining ishonchli kimsalaridan, deb maslahatlashdilar. Saqifaga yetib kelishgach, ansorlar Sa'd ibni Ubodani halifalikka nomzod etib ko‘rsatishlik taraddudida turganliklarini ko‘rishdi. «Men Rasululloh hazratlarshshng «halifalik - Quraysh haqqi», deganlarini eshitganman», dedilar.
Abu Bakr bu bilan butun ish muhojirlarning o‘zlariga tegishli ekanini eslatmoqchi bo‘ldilar. Abu Bakr amaliy ishga hozirlik ko‘rishni istab odamlar oldida xutba o‘qishga turdilar. Ollohga hamd va sano aytganlaridan so‘ng Abu Bakr kishilarga qarab so‘z boshladilar:
- Olloh taolo Muhammadni o‘z xalqiga payg‘ambar qilib yubordi. Yakka Ollohga ibodat qilmoqlari uchun va uni shirkdan poklab yagonalamoqlari uchun o‘z millatiga nigohbon etib yubordi. Odamlar turli olihalarga ibodat etardilar. Bular bizni shafoat etadi, bizga foyda yetkazadi, deb gumon qilardilar. Haqiqatda esa ibodat etayotgan narsalari jonsiz toshlardan yo‘nilgan xaykal va yog‘ochlardan yasalgan butlardurlar, Ular o‘zlariga zarar ham, foyda ham yetkaza olmaydigan Ollohdan boshqa narsalarga ibodat etadilar. Bular Olloh oldida bizni shafoat etadilar», deydilar. «Biz bularga bizni Ollohga yaqinlashtirishlari uchungina ibodat etamiz», deyishadi. Biroq, arablarga ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan xurofiy dinlarini tashlamoqlik oson bo‘lmadi. Juda katta ish ko‘rindi. Ularni mana shu xurofiy odatlarini tashla-moqliklari uchun yordamlashishga Olloh taolo muxojirlarning avvallarini xos qildi.
Abu Bakr (r. a.) ushbu yuqoridagi so‘zlarni so‘zlaganlaridan keyin ansor qiromning manoqiblarini, fazllarini va Islom da'vatini xalqlar o‘rtasida yoyishda ko‘rsatgan xizmatlarini bir-bir yodga ola boshladilar. Kishilar shovqin-surondan tinchib qoldilar. Keyin yana so‘zlarida davom etib dedilar:
- Arablar hargaz bu ishni bilaolmagan bo‘lurdilar. Zero ular faqat Qurayshlardan bo‘lgan zotga kelgan vahiy orqali bunday yuksak ilmiy va olamiy fazilat cho‘qqilarini egallash vositasini bilib yetdilar, Quraysh qabilasi esa arablar ichida o‘rnashgan yeri hamda nasabi jihatidan eng o‘rtadagi xalq hisoblanadi. Sizlar Umar yoki Abu Ubaydani o‘zlaringazga Rasulullohdan xalifa etib saylab olsangaz men roziman.
Abu Bakr so‘zlarini tugatib o‘rinlariga o‘ltirgashshrqdan keyin muxojirlardan bittalari o‘rinlaridan turib: «Balki biz Abu Bakrga ba'yt etamiz. Rasululloh diniy ishimizni ishonib u janobga topshirgan ekanlar, nechuk biz dunyoviy ishimizni ishonib topshirmaylik?» dedilar. O'rtada ancha tortishuv bo‘ldi. Har kim o‘z tomonidan ko‘rsatgan nomzodni mansabga ega qilishlik uchun harakat qilib ko‘rdi. Ahvol keskinlashib ketib va ixtilofga aylanib ketishligidan havf etgan Umar o‘rinlaridan turib Abu Bakrga «Qo‘lingizni cho‘zing, men sizga bay'at beraman», dedilar.
Abu Ubayda ham o‘rinlaridan turib, «Men oramizda Rasulullohga g‘orda ikkinchi hamroh bo‘lgan kishi turib ushbu ishga u janobdan ilgari qo‘l urmasmen», dedilar va qo‘llarini Abu Bakrga bay'at berishlik uchun uzatdilar.
O'sha ovda Abu Bakrga bay't berdilar. Muxojir va ansorlar ham birin-ketin Abu Ubaydaga ergashib Abu Bakr raziyallohu anhuga bay'at bera boshladilar. Oxiri xammalari Abu Bakr mu-sulmoilarning halifalari deb tan olib bay'at berib bo‘ldilar. Abu Bakr raziyallohu anhuga bay'at berilib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib so‘zlashga botshtadilar. Avvalo Olloh taologa hamd va sano aytganlaridan keyin o‘zlarini xalifalik mansabiga minganlaridagi birinchi hutbani irshod etdilar. U quyidagi mazmundan iborat edi:
- Ey odamlar, men sizlarga ishboshi bo‘ldim, aslida sizlardan ko‘ra yaxshiroq emasman. Bas, agar ishni to‘g‘ri olib borsam, menga yordam beringlar va agar noto‘g‘ri qadam qo‘ysam, meni to‘g‘rilab qo‘yinglar. Rostlik Olloh tomonidan berilgan omonatdur. Yolg‘onchilik esa xiyonatdur Sizlarning ichlaringizda zaif sanalganlar mening qoshimda quchlidir. Toki haqqini zo'e etmay undirib bergum, inshoolloh, ichlaringizda kuchli deb e'tibor etiladiganlar mening qoshimda zaifdur. Toki birovning haqqini undan oldirib bergum, inshoolloh, qaysi bir qavm Olloh yo‘lida jihod etishlikdan tiyilsa, albatta Olloh ularga xorlik libosini kiyguzur. Qaysi bir qavm ichida yaramas buzuq ishlar avj olsa, barchalarini balo yakson etur.
Sizlar men Ollohga va Rasuliga qanchalik itoat etsam, menga shunchalik itoat etinglar. Agar men ularga itoat etmay, osiylik qilib o‘z xohishim yo‘liga kirib ketsam, u takdirda sizlarga itoat etishlik lozim bo‘lmay qoladi. Namozlaringazga turinglar! Olloh sizlarga rahm etsun!..
Avvalda ba'zi bir bani Hoshim ularning ichlarida Ali ibni Abu Tolib ham Abu Bakrga bay't berishliqdan bosh tortib turdilar. Biroq uzoq vaqt o‘tmay hammalari bay'at etishdi. Zero, Abu Bakr raziyallohu anhuning yurgizgan go‘zal siyosatlari, Qur'on va sunnat talablariga binoan yuritgan ish uslublari Ali ibni Abu Tolib kabi Islom donishmandini ham Abu Bakrga ixtiyoriy ravishda sidqidildan bay't berishlikka undagan edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:06:31

ABU BAKRNING XALIFALIK DAVRLARIDA YURITGAN BIRINCHI AMALLARI

O'n birinchi yil safar oyining oxirlarida Rasululloh hazratlari Usoma ibni Zayd qo‘mondonliklari ostida askar tortib etib, Zayd ibni Xorisa va u janobning safdoshlarini shahid etgan Rumlarga qarshi urushmoq uchun yubormoqchi bo‘lgandilar. Faqat bu davrda Rasululloh xastalanib qolganliklari sababli askarlar sog‘ayishlarini kutib jihodga chiqmay to‘xtab turishgandi. Askarlarning harbiy qarorgohi Madina shimolida joylashgan «Jurf» degan qishloqda edi.
Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar.
Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta'siri ostida Islom davlati ichida paydo bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr (r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat'iy lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini aytdilar.
Abu Bakr (r. a.) qat'iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta'yinlash lozimligini maslahat tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e'tibor bermay Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni e'zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib tayinladilar. O'zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar.
Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,- deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, Islom askariga bo‘lgan tavozu'lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e'tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan norozi holda bo‘lganlar ham Abu Bakrning qilgan ishlarini ko‘rib lom-mim deya olmay qoldilar. Vidolashuv vaqtida askarlarga qarab xutba o‘qidilar:
- Xiyonat qilmangaz, ahdlaringizni buzmangiz, birovni qiynab o‘ldirmangiz, yosh bolalarni, qari kishilarni, ayollarni o‘ldirmangiz, mevali daraxtlarni sug‘urib tashlamangiz, o‘t qo‘yib kuydirmangiz, qo‘y, mol va tuyalarni faqat yeyish uchun so‘yingiz, cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yingiz, ularga tegmangiz. Yelkalariga shayton minib olgan yovuz kishilarni ko‘rsangiz bo‘yinlarini qilich bilan uzib tashlangaz. Olloh nomi bilan madad tilab ish yuritingiz.
Shundan keyin Usomaga qarab Rasululloh amrlarini qattiq tutishlikni ta'kidlab tavsiya etdilar. Askar jo‘nab ketdi, Usoma ham Abu Bakrning tavsiyalarini o‘rniga keltirib Kuzoa va Rum yerlariga hujum qildilar. Usoma ham ushbu safarda ikki oydan ortiqroq yurib, oxiri eson-omon mo‘l-ko‘l g‘animatlar bilan Madinaga qaytib keldilar. Kutib olgan bir necha sahobalar hamrohligida Abu Bakrning o‘zlari ham Madinadan tashqariga chiqdilar, Zafar quchib kelayotgan Islom lashkarining shavkatli jangchilarini takbir va tahlil aytgan hollarida kutib oldilar. Usoma askarlarini yuborishlik Islom ahliga ma'naviy jihatdan juda foydali bo‘ldi. Chunki arab qabilalari buni eshitib, ahli Islomda yetarli kuch borligini bildilar. Agar bularda yetarli kuch bo‘lmasa edi, chet qo‘shinlar bilan urushmoq uchun bunga ko‘p askarni jo‘natolmas edilar, deb o‘yladilar. Shu tufayli ba'zi bir Islom davlatiga qarshi chiqishlikni o‘ylab turgan qabilalar o‘z ra'yilaridan qaytishga majbur bo‘ldilar. Chunki atrof qabilalar Muxammad alayhissalom vafotlaridan so‘ng barpo etilgan davlat parchalanib kstadi, chet qabilalarni o‘z ta'sir doirasida tutib turmoqqa yarolmaydi, deb xom xayol qilgandilar. Biroq o‘z dinini saqlab olamga yetkazishlarini iroda etgan Olloh taolo Abu Bakr kabi to‘g‘ri fikrli, sobit qadam kishini ish boshiga keltirib, ularning xomxayollarini puchga chiqardi. Zero, ular Islom Muhammad alayhissalomning o‘zlari o‘ylab topgan xayollarining samarasi deb gumon etardilar. Islom Olloh taolo yoqqan nurdan bir mash'ala ekanligini, shoxlari yetti qavat osmonda cho‘zilib ketganligini, asllari esa yetti qavat yerning ichiga mahkam o‘rnashganligidan bexabar g‘ofil edilar. Butun xayollari puchga chiqdi, Islomning porloq nurini butun yer yuzi uzra sochmoqqa muvaffaq bo‘ldi. Kelajakda ham shunday bo‘ladi, inshoolloh, Omin!..

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:07:16

ABU BAKRNING XALIFALIK DAVRLARIDA YURITGAN BIRINCHI AMALLARI

O'n birinchi yil safar oyining oxirlarida Rasululloh hazratlari Usoma ibni Zayd qo‘mondonliklari ostida askar tortib etib, Zayd ibni Xorisa va u janobning safdoshlarini shahid etgan Rumlarga qarshi urushmoq uchun yubormoqchi bo‘lgandilar. Faqat bu davrda Rasululloh xastalanib qolganliklari sababli askarlar sog‘ayishlarini kutib jihodga chiqmay to‘xtab turishgandi. Askarlarning harbiy qarorgohi Madina shimolida joylashgan «Jurf» degan qishloqda edi.
Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar.
Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta'siri ostida Islom davlati ichida paydo bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr (r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat'iy lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini aytdilar.
Abu Bakr (r. a.) qat'iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta'yinlash lozimligini maslahat tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e'tibor bermay Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni e'zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib tayinladilar. O'zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar.
Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,- deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, Islom askariga bo‘lgan tavozu'lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e'tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan norozi holda bo‘lganlar ham Abu Bakrning qilgan ishlarini ko‘rib lom-mim deya olmay qoldilar. Vidolashuv vaqtida askarlarga qarab xutba o‘qidilar:
- Xiyonat qilmangaz, ahdlaringizni buzmangiz, birovni qiynab o‘ldirmangiz, yosh bolalarni, qari kishilarni, ayollarni o‘ldirmangiz, mevali daraxtlarni sug‘urib tashlamangiz, o‘t qo‘yib kuydirmangiz, qo‘y, mol va tuyalarni faqat yeyish uchun so‘yingiz, cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yingiz, ularga tegmangiz. Yelkalariga shayton minib olgan yovuz kishilarni ko‘rsangiz bo‘yinlarini qilich bilan uzib tashlangaz. Olloh nomi bilan madad tilab ish yuritingiz.
Shundan keyin Usomaga qarab Rasululloh amrlarini qattiq tutishlikni ta'kidlab tavsiya etdilar. Askar jo‘nab ketdi, Usoma ham Abu Bakrning tavsiyalarini o‘rniga keltirib Kuzoa va Rum yerlariga hujum qildilar. Usoma ham ushbu safarda ikki oydan ortiqroq yurib, oxiri eson-omon mo‘l-ko‘l g‘animatlar bilan Madinaga qaytib keldilar. Kutib olgan bir necha sahobalar hamrohligida Abu Bakrning o‘zlari ham Madinadan tashqariga chiqdilar, Zafar quchib kelayotgan Islom lashkarining shavkatli jangchilarini takbir va tahlil aytgan hollarida kutib oldilar. Usoma askarlarini yuborishlik Islom ahliga ma'naviy jihatdan juda foydali bo‘ldi. Chunki arab qabilalari buni eshitib, ahli Islomda yetarli kuch borligini bildilar. Agar bularda yetarli kuch bo‘lmasa edi, chet qo‘shinlar bilan urushmoq uchun bunga ko‘p askarni jo‘natolmas edilar, deb o‘yladilar. Shu tufayli ba'zi bir Islom davlatiga qarshi chiqishlikni o‘ylab turgan qabilalar o‘z ra'yilaridan qaytishga majbur bo‘ldilar. Chunki atrof qabilalar Muxammad alayhissalom vafotlaridan so‘ng barpo etilgan davlat parchalanib kstadi, chet qabilalarni o‘z ta'sir doirasida tutib turmoqqa yarolmaydi, deb xom xayol qilgandilar. Biroq o‘z dinini saqlab olamga yetkazishlarini iroda etgan Olloh taolo Abu Bakr kabi to‘g‘ri fikrli, sobit qadam kishini ish boshiga keltirib, ularning xomxayollarini puchga chiqardi. Zero, ular Islom Muhammad alayhissalomning o‘zlari o‘ylab topgan xayollarining samarasi deb gumon etardilar. Islom Olloh taolo yoqqan nurdan bir mash'ala ekanligini, shoxlari yetti qavat osmonda cho‘zilib ketganligini, asllari esa yetti qavat yerning ichiga mahkam o‘rnashganligidan bexabar g‘ofil edilar. Butun xayollari puchga chiqdi, Islomning porloq nurini butun yer yuzi uzra sochmoqqa muvaffaq bo‘ldi. Kelajakda ham shunday bo‘ladi, inshoolloh, Omin!..

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:07:55

RIDDA URUSHLARI

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam butun Arabiston yerini vafot etgunlariga qadar Islom bayrog‘i ostida birlashtirgan edilar. Biroq, ba'zi bir sahro arablari Islomga butunlay jon-dildan berilib ketmagandilar. Ular zakot berishlikni jarimg deb tushunganlari sababli malol kelardi. Shunga ko‘ra Rasululls» alayhissalomning ruhi poklari oliy dargohga parvoz etgach, ba'zi qabilalar zakot berishlikdan qutulish fursati kelib qoldi, deb o‘ylab, Abu Bakrga zakot bermasliklarini ayta boshladilar. Ba'zi bir qabilalarda esa hatto payg‘ambarlikni da'vo etuvchilar ham mavjud edi. Ular o‘zlariga ergashgan kimsalar yordamida Islom hukumatiga qarshi isyon uyushtirishga kirishdilar.
Makkai Mukarramadan tashqaridagi hamma arab qabilalari mana shu kabi holatga giriftor bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari tiriklik vaqtlarida ham payg‘ambarlikni da'vo etuvchilar bor edi. Shulardan biri bani Hunayf qabilasidan bo‘lgan Musaylamatubni kazzob hatto Rasululloh hazratlariga maktub yozishga ham jur'at etgandi. Uning maktubida shunday iboralar bor edi:
«Ollohning elchisi Musaylamadan, Ollohning elchisi Muhammadga, ma'lum bo‘lsinki, yerning yarmi sizga tegishli, qol-gan yarmi esa Qurayshlarga tegishlidur. Lekin Qurayshlar insof qilmayaptilar. Sizga salom bilan Musaylama».
Rasululloh ushbu maktubni olganlaridan so‘ng, unga quyidagi mazmunli maktub jo‘natdilar:
«Bismillohir rohmanir rohim, Olloxning elchisi Muhammaddan, yolg‘onchi Musaylamaga ma'lum bo‘lsinki, yer Olloxning o‘ziga xos mulkidur, kimga xohlasa o‘shanga beradi. Oqibat mutaqqiylar foydasidadur».
Buning orqasidan bir ayol kishi ham bani Tamim qabilasidan payg‘ambarlik da'vo etib chiqqandi, Bu ayol Abu Bakr xalifalik zamonlarida Musaylama bilan urushgani o‘z ergashuvchilarini boshlab ham chiqdi. Biroq, Musaylama xiyla ishlatib, ayolning ko‘nglini topib unga uylaidi. Shu zaylda ayol payg‘ambarlikni Musaylamaga ravo ko‘rib, tarafdorlarini Musaylamaga ergashmoqlikka amr etadi. Har ikki qabilaning qo‘shilishi oqibatida kattagina qo‘shin tuziladi. Bu ham yetmaganday Talxatubni Xuvaylidin va Asvad ibni Xabs kabi kimsalar ham payg‘ambarlikni da'vo etib Islom hukumatiga qarshi bosh ko‘tardilar. Ahvol juda jiddiy tus olgandi. Bir tomonda payg‘ambarlik da'vosi, ikkinchi tomonda zakot bermaslik da'vosi bilan hukumatga qarshi kuchlar maydonga kelgandi. Bularning barchasi bilan urush qilmoqlikka musulmonlarning kuchlari yetmaydi degan mulohaza bilan Abu Bakrning xuzurlariga kelib, zakot bermovchilar bilan vaqtinchalik sulh tuzib turmoqlikni ham taklif etdilar. Ko‘proq kuchga ega bo‘lgunlarigacha urushmay turishni o‘tindilar. Maslahatchilar safidagi kibor sahobalaridan Umar ibni Hattob Abu Bakrga qarab «Zakot bermovchilar bilan urushmay turing», dedilar. Shunda Abu Bakr (r. a.) xalqqa qarab «Agar ular Rasululloh vaqtla-rida berib kelgan birgina uloqchani bermasalar, o‘shalarga qarshi urush ochaman», dedilar.
Umar ibni Hattob ham nihoyat Abu Bakrning ra'yilarini qabul qildilar. So‘ng qolgan musulmonlar ham o‘z ra'yilaridan qaytib Abu Bakr (r.a.)ning fikrlarini ma'qulladilar. Keyin o‘n qo‘mondon rahbarlik ostida alohida-alohida askar to‘pladilar.
Islom lashkarida Xolid ibni Valid, Amr ibni Os, Ukrima ibni Abu Jahl kabi jasoratli sahobalar boshchilik qildilar. Abu Bakr bularning barchalarini to‘plab xutba o‘qiganlaridan so‘ng ular birin-ketin belgilangan marraga qarab yo‘l oldilar.
Bu sa'y harakatdan oldinroq isyonchilarni ogohlantirib maktub ham yozib yubortirdilar. Zakotlardan bosh tortgan qabilalardan bir qanchasi xatolarini anglab, qilgan ishlariga pushaymon yeb tezdan yana zakotlarni yig‘ib, xalifa huzuriga yubordilar. Qo‘shin zimmasidagi vazifalarini sharaf bilan ado etib, isyonchilarni butunlay tor-mor keltirib, Madinaga zafar g‘alabalari ila qaytib keldilar. Islomning avvalgi haybati qaytadan yana tiklandi.
Musaylama jangda quturgan itdek o‘lib ketdi. Yolg‘ondakam payg‘ambar Talxa ibni Xuvaylidin askarlari ham Islomning shavkatli, bahodir, jonfido jangchilari hamlasiga dosh berolmay jangda butunlay tor-mor bo‘ldi. Talxa ibni Xuvaylidin esa ahvol jiddiylashganini ko‘rgach, qo‘shinni tashlab, juftakni rostlab qoldi. Keyin har yerlarda yashirinib yurdi. Umar ibni Hattob xalifalik vaqtlarida tavba bilan kelib Islomni qabul qildi. Islom tarixida «Ridda» deb nomlangan voqea mana shulardan iboratdur. Arablar butunlay Islomdan chiqib ketmagan bo‘lsalar-da, biroq besh farzdan birisini ya'ni zakot berishlikdan bosh tortganlar.
Abu Bakr (r. a.) ning to‘g‘ri ra'yilari hamda jasoratlari tufayli Islom davlati o‘z ichida paydo bo‘lgan ixtilofga tez orada barham berdi. Va dinning shavkatini saqlab qoldi. Butun ahli Islom tutgan to‘g‘ri siyosatlari uchun Abu Bakrdan minnatdor bo‘lib qoldilar.
Agar Abu Bakrning o‘z ra'yilarida qattiq turishlari bo‘lmaganda edi, ehtimol Islom hukumati ichida paydo bo‘lgan ixtilof yomon oqibatlarga olib kelgan, dinning yuksak shavkati balki mustahkam o‘rnashib qolmagan bo‘lurdi. Lekin Ollohning inoyati ila bunday nochor ahvolning oldi to‘g‘ri yo‘l bilan olindi. Islomning so‘nmas shavkati arablar ichida saqlab qolindi.
Albatta, ushbu mavqe'da Abu Bakr (r. a.)ning tutgan o‘rinlari katta ahamiyat kasb etadi. Zero, Umar kabi qattiqqo‘l kimsalar ham ra'y qilmagan ishni qilishlikda o‘z ra'yilarida sobit qadam turdilar. Natija kutilganidek yaxshi oqibatli tugadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:08:25

XOLID IBNI VALID SABABLARIDAN TUG'ILGAN IXTILOF

Sayfulloh Xolid ibni Valid ridda urushining eng jasoratli qahramonlaridan va dushmanga eng g‘oratgir bahodirlardan edilar.
Lekin mana shu jang asnosida yurgan paytlarida kichkina bir xatoga yo‘l qo‘yadilar. Umar ibni Hattob (r. a.) Xolidni qilgan mana shu xatolari tufayli bosh qo‘mondonlik vazifasidan bo‘shatishlikni maslahat ko‘radilar. Xolid dushman askarboshisi Molik ibni Nuvayrani o‘ldirib ayoliga, iddasi bitgach, o‘zlari uylangandilar. Mazkur xato ishning xabari Madinaga yetgan vaqtida Umar (r. a.) ga Xolidni o‘z vazifasidan bo‘shatishlik lozim ekanligini aytadilar. Zero, «bunday xatoni kechirib bo‘lmaydi»; deydilar. Abu Bakr (r. a.) esa Xolidni bosh qo‘mondonlik vazifasidan bo‘shatmaslikni ra'yi etdilar. Qilgan xatosi uni vazifasidan bo‘shatishlik kabi jazoga sazovor etmaydi deb o‘yladilar. Nuvayraning ayolini taloq etib yuborsalar, shuning o‘zi xatolariga jazo sifatida kifoya qilardi degan fikrda bo‘ldilar. Xalifa o‘z ra'yilarini amalga oshirdilar. Xolidni chaqirtirib kelib, juda qattiq tanbeh berib koyidilar va ayolni taloq etib yuborishlariga amr etdilar. Xolid darhol xalifa amrlarini bajardilar. Yana qaytadan borib qo‘mondonlik vazifasini ado etaverdilar. Biroq, Xolidning qilgan kirdikorlaridan Umar norozi bo‘lib yuraverdilar. Xalifalik mansabiga o‘ltirgach, Xolidni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rinlariga Ubayda ibni Jarrohni tayin etdilar. Lekin katta qalb egasi bo‘lgan Xolid o‘zlarini ishdan bo‘shashlaridan hech qanday tushkunlikka tushmay, musulmon askarlarining saflarida Islom dushmanlariga qarshi oddiy jangchi sifatida qahramonona jangni davom ettiraverdilar. Xolidning bunday yuksak mardonavorliklarini ko‘rgan Umar (r. a.) u kishi haqlarida o‘ylab yurgan noto‘g‘ri fikrlaridan qaytib shunday degandilar: «Olloh Abu Bakrni rahmat qilsun, u janob odamlarni tanishlikda mendan ko‘ra bilimdonroq ekan. Abu Bakr aql-zakovatlari, idrok va layoqatlari yordamida Rum askarlarini itoat etdirganlarini, Islomdan qaytib ketgan juda ko‘p qabilalarni yana qaytadan g‘olib shavkatli din bayrog‘i ostida jam etganlarini tarix aslo unutgan emasdur.
Dunyo ayvonidan baqo bo‘stoniga rixlat etib ketayotgan vaqtlarida Islom mustahkam tarzda arab yerlarida o‘rnashgan, ta'limotlari bir butun holda hukm surayotgan edi. Islomni qaytadan yana oyoqqa turg‘izib uning tengsiz ta'limotini hech qanday ortiqu kamsiz musulmonlar ichida o‘rnatishlikda Abu Bakrning xizmatlari maqtovga loyiq bo‘lgandi. Ummul mo‘‘minin Oyisha raziyallohu anho janob Abu Bakr haqlarida mana shu gapni juda to‘g‘ri aytgandilar: «Rasululloh alayhissalom baqo gulistoniga ko‘chgach, Madinada nifoq o‘rmalab qolgan, butun arablar esa yoppasiga dindan qayta boshlagandilar. Olloh taolo taborak Abu Bakr qo‘llari orqali ularni yana qaytadan jam etdi. Abu Bakrning boshlariga tushgan kun agar salobatli tog‘ boshiga tushsa edi, albatta, uni o‘rnidan tebratib yuborgan va maydalab tashlagan bo‘lardi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:09:26

QUR'ONNI JAMLASH

Ridda urushi tugagandan keyin hazrati Umar o‘zlarining ziyrak fahmlari bilan qarasalar, juda ko‘p Qur'onu Karimni yodlagan qori sahobalar mazkur urushda shahid bo‘lishibdi. Bundan hazrati Umar Qur'onni tezda qalblardan zoe' bo‘lib ketishligidan havf etdilar. Zero hali oldinda katta janglar kutib turmoqda edi. Shu sababli xalifani oldilariga borib dedilar: «Men janglarda qorilarning shahid bo‘lib ketishlari tufayli Kur'on zoy'e bo‘lib ketishligidan havf etib qoldim. Qur'onni jamlab qo‘ysak degan ra'ydaman». Abu Bakr bu gaplariga javobat «Men Rasululloh alayhissalom qilmagan ishni qilmasman» dedilar. Umar (r. a.) janobga qayta-qayta murojaat etib, mazkur ish xayrli narsa ekanligani tushuntirdilar. Nihoyat, Abu Bakr (r. a.) ham mazkur amalni xaqiqatdan xayrli ish ekanligiga fahmlari yetib, Qur'onni jamlashga rozilik berdilar. Eng mashhur qorilardan va Qur'onni yod olganlardan biri bo‘lgan Zayd ibni Sobit (r. a.)ni chaqirib keltirdilar. U janobga qarab: «Siz Rasulullohning vahiy kotiblaridan bo‘lgansiz, shunga ko‘ra Qur'onni tekshirib chiqing va bir yerda jamlang», deb buyurdilar. Zayd ibni Sobit (r. a.) xalifaning buyruqlariga binoan Qur'onni tekshirib chiqdilar. Har xil narsalarga yozilgan Qur'on suralarini to‘pladilar. Biror narsaga yozilmay qolgan oyatlarini jamlashlikda mazkur oyatni Qur'ondan ekanligaga va qaysi surada joylashishiga ikki kishi guvohlik bergan-dan keyin sahifaga yozishga kelishib olgandilar.
Agar ikki guvoh topilmasa mazkur oyat tashlab yuborilgan, Mana shunga ko‘ra yozilmay qolgan oyatlarni ikki qori guvoxlik berganlaridan so‘ng, ular ko‘rsatmasi inobatga olinib, Qur'on sahifasiga yozib, qo‘shib qo‘yilgan. Og‘zaki eshitilgan oyatning qaysi suradan ekanligiga sahobalardan ikki kishi chiqib guvohlik berolmagan taqdirda uni ham Qur'onga qo‘shmay tashlab yuborilgan. Mana shu tariqa ila Qur'onni jamlovchilar hech qanday ixtilofsiz oxirigacha jamlab chiqdilar. Faqat ikki oyatda tortishib qolishdi.
Xuzaymatil ansoriy bo‘lmaganlarida zdi, Umar (r. a.) mazkur ikki oyatni xazf etgan bo‘lurdilar. Rasululloh sallallohu alayhi, Xuzaymatil ansorning guvohliklarini ikki kishi guvohligi o‘rnida qabul qilishlikka ishora etgandilar. Xuzayma (r. a.) o‘zlari mana shu ikki oyat haqiqatan ham Qur'ondan ekanligiga o‘zlari o‘zlariga guvohlik berganlaridan keyin guvohliklari ikki kishi guvohligi barobarida hisoblanib Qur'onga qo‘shib qo‘yildi.
Qur'on, hammasi to‘plab bo‘linganidan keyin, Umar (r. a.)ning qizlari Rasululloh hazratlarining zavji muboraklari Xafsa onaning huzurlariga qo‘yib qo‘yildi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:10:07

ABU BAKR VA FOTIMAI ZAHRO (RAZIYALLOHU ANHUM) O'RTALARIDA

Rasulu akram hazratlari rafiqil a'loga intiqol etishlaridan avval «Fadaq» degan joyda biroz ekinzor yer qoldirgandilar. Hazrati Rasululloh vafot etganlaridan keyin Abu Bakr xalifa bo‘lib tayinlanganida jahon ayollarining sayyidalari bo‘lmish fotimai Zaxro xalifaning huzurlariga otalaridan qolgan «Fadak» qishlog‘idagi yerni meros tariqasida talab etib keldilar. Abu Bakr (r. a.) Fotimai Zahroning talablarini inobatga olib, Fadakdagi yerni meros tariqasida bermoqchi bo‘lib turganlarid hazrati Umar Rasululloh alayhissalomning «Biz payg‘ambarlardan meros olinmaydi. Qoldirgan narsamiz sadaqa bo‘ladi», degan muborak gaplarini aytib qoldilar. Ushbu hadisni eshitganlaridan keyin xalifa Fotimai Zahroga uzr aytib «Fadakdagi Rasulullohdan qolgan yerni sizga meros tariqasida mulk qilib berolmayman», dedilar. Fotimai Zahro bu hukmni eshitib achchiqlari kelgan holda «Yolg‘iz Muhammadning qizlaridan boshqa hamma odamlarning bolasi otasidan meros olarkan-da», deb chiqib ketdilar. Hazrati Ali Karmallohu Vajhu Abu Bakr (r. a.) bay'at bermaganlarida hazrati Umarning «yoqib yuboraman», deb tahdid solishlari achchiqlarini yanada ziyodalashtirdi. Shunchalik jahlga banda bo‘lganlaridan «Umar va Abu Bakr ila gaplashmayman», deb Fotimai Zahro qasam ichdilar va qasamlarida sobit turdilar.
Abu Bakr sayyidatin nisoning g‘azablanganlaridan nihoyatda diqqat bo‘ldilar. Fotimai Zahroning erlari bo‘lgan Ali ibni Abu Tolib (r.a.)ning oldilariga keldilar. «Agar Fotimai Zahro qasamlaridan qaytmasalar va meni kechirmasalar, men albatta xalifalikdan iste'fo beraman. Fotimai Zahroning ichlarida menga nisbatan g‘azablari bo‘la turib mazkur vazifada qololmayman», dedilar. Hazrati Umar xam shunga o‘xshash so‘z aytdilar. «Agar Rasulullohning aziz qizlari rozi bo‘lmasalar, men ham albatta Madinani butunlay tashlab chiqib ketaman». dedilar. Hazrati Ali Fotimai Zahro yonlariga kirib bu xususda ancha so‘z qildilar, Xalifa va Umar tutgan ishlarida shariat doirasidan chiqmaganlari va musulmonlar ijmosida tajovuz qilmaganlariii aytdilar. «Achchiqlanishingazga, g‘azabda davom etishligingizga shuning uchun hech qanday bahona yo‘q,- dedilar. Fotimai Zahro Alining ko‘rsatgan hujjatlaridan qanoat hosil
qildilar va Abu Bakr (r. a.)ga bay't berdilar. Hamda Rasulullohning «Bizdan qolgan narsa meros bo‘lmaydi, uni sadaqa qilinadi», degan gaplariga ham qanoat hosil qilib, ichlarida bo‘lgan adovat asarini butunlay chiqarib tashladilar. Abu Bakr va Umar kabi Rasulullohning jonfido safdoshlariga nisbatan gina-kuduratlar ko‘tarilib qalblari ularga nisbatan yana musaffo qolgan holga keldi, Ushbu hodisadan ko‘p vaqt o‘tmay Fotimai Zahro eng sevikli kishilariga uchrashmoqlik ilinjida u janobning ikki sahobalaridan mamnun va rozi bo‘lgan hollarida dunyodan rixlat qilib ketdilar.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Dekabr 2007, 11:10:43

ABU BAKR DAVRLARIDAGI FUTUXOTLAR

Arab yarim orolida yangidan tashkil topgan Islomiy ta'limot Hukmronligi ostida yashovchi davlatni ikki tomondan o‘sha davrlarda eng madaniylashgan va taraqqiy topgan Eron va Rum davlatlari o‘rab olgan edi.
Miloddan 753 yil avval tashkil topgan, dunyoning eng kuchli va taraqqiy topgan davlatining poytaxti avvalda Rum shahri bo‘lgandi. Konstantin tomonidan 330 yidda Konstantinopol shahri bino etilgach, poytaxti mazkur shaharga ko‘chirilgandi. Oradan bir necha asrlar kechgach, Rum saltanati (imperiyasi) sharqiy va g‘arbiy saltanatlarga bo‘linib ketgandi. G'arbiy Rum saltanatining poytaxti Eski Rum shahrini poytaxt etgan g‘arbiy Rum saltanati oz muddat ichida inqirozga uchrab dunyo yuzidan yo‘qoldi. Biroq sharqiy Rum saltanati yoki Vizant saltanati deb nomlangan davlat esa milodiyning V asriga kelib kuchaydi. Sharqda Dajla daryosiga, g‘arbda Adriat dengaziga, shimolda tatar yerlariga, janubda esa Xabashiston mamlakatiga qadar bepoyon yerlarni qanoti ostiga oldi. Inchunun, Eron saltanati ham o‘sha davr muqobalasida bepoyon mustamlakalarga ega bo‘lgan qudratli davlat hisoblanardi. Rum va Eron saltanatlari o‘rtasida eskidan qattiq adovat mavjud edi. Bunga sabab o‘zaro raqobat, yangi mustamlakalarni talashuv edi.
Islom olami zuhur etgan paytga kelib ular o‘rtasidagi adovat juda keskin tus olgan. Rum bilan Eron har yer-har yerda o‘zaro urushlarni davom ettirishardi. Erondagi ichki kelishmovchiliklar esa davlatning anchagina zaiflashuviga olib keldi.
Abu Bakr (r. a.) xalifalikka o‘ltirganlaridan so‘ng chet davlatlarga qarshi muxoraba etuv niyatida bo‘ldilar. Birinchi maqsad, ezilayotgan mazlumlarni ezuvchi hukmdorlar zulmidan ozod etuv bo‘lsa, ikkinchidan, Islom davlati sarhadini kengaytiruv edi. Zotan, arab yarim orolida tuzilgan davlat agar o‘z yerlarini chetki mamlakatlarini istilo etish hisobiga kengaytirmasa, tabiiyki, quruq sahro bag‘rida tashkil topgan davlat xalqaro maydonda taraqqiy etgan qo‘shni davlat bilan raqobatda teng kela olmas edi. Zero, yuksak taraqqiy etgan qudratli davlatning qad rostlashi uchun eng avvalo odam va yer boyliklari yetarli miqdorda ta'minlangan bo‘lmoqligi zarurdir. Bularsiz xalqaro maydonda zo‘rlar bilan bellasha oladigan davlatni barpo qilish o‘yi bir xom xayol bo‘lurdi. Siyosat va ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatib yuksak malaka hosil qilgan Abu Bakr buni juda to‘g‘ri baholay olgandilar. Shuning uchun birinchi bo‘lib Eron saltanatiga qarashli bo‘lgan Iroq orlariga qo‘shin yuborish taraddudiga tushdilar. Xolid ibni Valid qo‘l ostlarida Iroqga qarshi muxoraba olib borish uchun Hijriyning 12 yili (melodiy 663 yil boshlari) 10 ming askarni yubordilar. U yerda Musanno ibni Xorisa 8 ming askar bilan kutib turardi. Har ikki firqa birga qo‘shilganidan so‘ng Xolid ibni Valid qo‘shin bilan Iroq chegarasidan ichkariga suzub kirdilar.
Basra yaqinidagi «Xafir» nomli suv yoqasida dushmanni qarshi oluv uchun Xolid ibni Valid askarlarni uch qismga taqsimlab kutib turdilar. O'sha davrda Iroq muzofotiga Xurmuz ismli Eron sarkardalaridan zo‘r bir kishi boshchilik etardi. U juda katta qo‘shinga ega edi. Xolid ibni Valid Xurmuzga talabnoma jo‘natdilar. Mazmuni quyidagicha: «Yo Islomni qabul qilib, joningni saqlab qol, yohud bizning zimmamiz ostida himoyalanuvni qabul qilib juz'ya berishga rozi bo‘l. Agar bu ishlardan birisini qabul qiluvdan bosh tortsang, unda o‘zingdan ko‘r. Men shunday lashkar bilan keldimki, ular o‘limni sizlar hayotni sevganingiz kabi sevadilar».
Xurmuz talabnomani Eron shohi Kisroga jo‘natib, o‘zi qo‘shinga bosh bo‘lib Xolid askarlariga qarshi so‘qishuv uchun yo‘lga chiqdi. Ular Kozifa degan yerda ro‘paro‘ keldilar. Jang boshlanmasdan oldin har ikki qo‘mondon o‘rtaga chiqib kuch sinashdilar. Xolid ibni Valid jang maydonida Xurmuzning boshini tanasidan judo qil-dilar. Keyin ikki o‘rtada qattiq olishuv bo‘ldi. Islom lashkarlarining hammasiga dosh berolmagan Xurmuz qo‘shinlari betartib suratda tumtaraqay qochdilar. Dushman askarlari qochmaslik uchun bir-birlari bilan bog‘lanib olishgan ekan. Shu sababli ushbu jang tarixda «Zotissalosil» jangi deb nomlanadi.
Kisro Xurmuzga yordam bsrish uchun Qorin nomli sarkardasi boshchiligida katta qo‘shin junatdi. Bular Xurmuzning qochoq qo‘shinlari bilan birgalashib Sano degan yerda Xolid ibni Valid askarlari bilan yana to‘qnashdilar. Jang oqibati shu bo‘ldiki, Qorin qilichdan kechirilib, askarlari esa butunlay tor-mor etildi. Mazkur jangdagi olingan asirlar ichida Hasanul Basriyning otalari Habib ham bulgan ekanlar, Qorin mag‘lubiyatidan so‘ng Eron shohi «Anzar zargar» nomli sarkardasi boshchiligida yanada kuchliroq qo‘shin jo‘natdi, Bular bilan ham «Nalija» nomli joyda qattiq jang qildilar. Oqibat dushman askarlarini Islom lashkarlari o‘rab oldilar va butunlay tor-mor etadilar. Bu voqea 12 yil safar oyida bo‘lib o‘tadi.
Nalija voqeasida arab nasroniylaridan ham qo‘shin ichida jangda qatnashganlari qirilib bitgandi. Qolgan nasroniy arab qabilalari bularning o‘chini olish uchun eronliklarga yordam tariqasida askar yuborishga qaror qildilar. Eron va arablardan to‘plangan juda katta qushin «Ulays» degan yerda jamlanib Xolid ibni Valid askarlari bilan to‘qnashadilar. Jang benihoya qizg‘in kechadi. Dushman askarlari son jihatidan musulmon askarlaridan bir necha barobar ortiq edilar. Ammo Ollohning kalimasini baland-latuv maqsadida jang qilayotgan oz sonli qo‘shin kufr saltanati himoyasida shaytonga tarafdorlik qilib jang etayotgan ko‘p sonli qo‘shin ustidan zafar topdilar. Bu zafarli voqea 12 yil safar oyining oxirlarida (623 yil may oyida) Firot daryosi yakinida be-nihoya ko‘p qonlar to‘kilganligidan o‘sha yerdagi bir jilg‘aga «qonli jilga» deb nom berildi.
Mazkur zafardan so‘ng Xolid ibni Valid lashkarlarni «Munozara» davlatining poytaxti Xira shahriga qarab boshladilar. Yo‘ldagi qo‘rg‘onlarni zabt eta borib Xira shahrini qamal etadilar. Oqibatda xiraliklar bilan Xolid har yili 190-ming dirxam juz'ya beruv barobariga sulh tuzadilar. Xira axolisi, eski odatlariga ko‘ra, Xolidga ham hadyalar berishadi. Xolid bularni Madinaga juz'yaga qo‘shib jo‘natib yuboradilar.
Abu Bakr pora olishga bahona topilmasligi uchun mazkur hadyani juz'yadan hisob etishga buyuradilar. «Munozara» davlatining poytaxti Xira qo‘lga olinganidan keyin shu atrofdagi qolgan viloyatlardan ham sulh tuzishlik uchun Xolid huzurlariga elchilar kela boshladi. Xususan Banikiya va Barusi viloyatlarining bosh-liqlari Xolid huzurlariga kelib yiliga o‘n ming dirxam juz'ya beruv barobariga sulh tuzadilar.
Shundan ksyin Xolid ibni Valid butun Iroq muzofotini to‘laligicha qo‘lga kirituv harakatiga tushadilar. Bir necha janglar davomida dushman askarlariga orqama-orqa zarbalar berib zafar nog‘oralarini chalib olg‘a qarab Iroqning eng ichkarisigacha kirib boradilar.
Xolid ibni Valid Iroq muzofotida bir yilu ikki oy mobaynida turib, juda katta ishlarni amalga oshira oldilar. Hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron chegarasiga yo‘l ochib ko‘ydilar. Shundan keyin xalifa buyruq yuborib, Xolidni Shom viloyatida jang olib borayotgan Islom qo‘shiniga yordamga chorladilar. Iroq viloyatiga Musanno ibni Xorisa bosh qo‘mondon bo‘lib qoladilar.
Abu Bakr 12-yil xajdan keliboq butun arabistonga chaqiriq qog‘ozlari jo‘natdilar. Kattagina qo‘shin hozirlanib 12-yil safar oyida Suriya viloyatiga qarshi yurish boshlandi. Suriya asosan Vizant saltanati qo‘l ostidagi mustamlaka davlat hisoblanardi. Bu yerda yashovchi xalq vizant hukumatining zulmidan benihoya ezilgan edi. Shu sababli Islom askarlari kuchli qarshiliksiz Suriya viloyatini birin-ketin qo‘lga kirita bordilar. Oxiri Rum sultoni Xiraqil arablarga qarshi urushmoqlik uchun ukasi Feodor boshchiligida juda katta qo‘shin hozirlab jo‘natdi, Mazkur qo‘shin Islom lashkarlari bilan «Ajnodin» degan yerda muxorabaga kirishdi. Ikki o‘rtadagi qattiq olishuv Feodorning sharmandalarcha qochishi bilan tugadi. Ajnodin voqeasi 13-yil jumodil avval oyining oxirida (634-yil iyulda) bo‘lib o‘tgandi. Mazkur jangda, tarixchilar rivoyatiga ko‘ra, rumliklar tomonidan yuz mingdan ortiq kishi qatnashgan ekan. Mazkur g‘alaba Abu Bakr davrlaridagi eng oxirgi zafar bo‘ldi. Sevinch xabari yetganidan uzoq vaqt o‘tmay Abu Bakr (r. a.) fano olamidan baqo dunyosiga rixlat etgandilar.

Qayd etilgan