
AbdulAziz, menda bir fikr bor edi. Forumdoshlar va forum mehmonlari, umuman Ziyouzni bilganlar orasida bir musobaqa o'tkazsak.
Mavzu Payg'ambarimiz (s.a.v) bilan bog'liq bo'lsin. U zotga atalgan maqola, insho, she'r musobaqasi bo'lsa.
Bu munosabat bilan hakamlarni ham taklif qilsangiz.
G'oliblarga sovg'a salom beradigan homiylar topsak, balki o'zimizni oramizdan ham chiqar.
Maqsad: Payg'ambarimiz (s.a.v) ni hayotlarini yanada chuqurroq o'rganish, u kishiga bo'lgan muhabbatimizni orttirish, oramizdagi yashirin iste'dod egalarini aniqlash, savob qozonish.
Bir necha yillar avval Turkiyada shunday musobaqa uyushtirilgandi, g'oliblarga sovg'a- Umra bileti edi:)
Balki bir kun kelib, shunday fursat bizlarda ham tug'ilar inshalloh, yaxshi niyyat, yarim mol.
Men g'oliblardan biriga Qur'oni Karim va Payg'ambarimiz (s.a.v) hayotlari bilan bog'liq Turkcha kitob hadya qilmoqchiman nasib bo'lsa.
Xayrlisi bolsin...