Donishmandni - Darsxona bo'limiga
Assalomu alaykum!
Avvalo moderatorlikka loyiq ko'rganlaringiz uchun rahmat. Ammo men har bir mavzuda o'z fikriga ega, betaraf qololmaydigan odamman. Moderatorlik imkoniyatlarimni qo'llab o'z foydamga ish qilib qo'yishim mumkin, shularni hisobga olib qaror chiqarishlaringizni so'rayman.

"Darsxona" bo'limi ichida Toship degan moderator ham bor ekan, o'zi juda yaxshi, g'ayratli bala-yu. Shu kunlarda vaqti sal tig'iz bo'lib qolgandirda. Asosiyga Usmonni chiqarib qo'ygan ham ma'qul menimcha.
Yana bir taklifim, Aqoidni "forum qorovuli" vazifasidan birorta bo'limga moderatorlikka ko'tarilsa yaxshi bo'lardi.
P.S. Uch kundan beri shu mavzuga fikrimni yozmoqchi bo'laman-u biror sabab bo'lib qolib ketadi. Bugun yozib oldim, Hudoga shukur!