Assalamu alaykum!
Rukhiya, gapingizda jon bor.
Ko'pincha yangi a'zolar forumning asl maqsadi va mohiyatini anglamagan holda o'zlari bilganlaricha har xil postlarni qoldirishaveradi. Ular to bu forumning ko'ngilochar emas, balki insonlarga ma'rifat ulashish qoidasiga moslashgunlariga qadar shu holat bo'lib turadi.
Shunda biz nima qilishimiz kerak?
Avvalo tushuntiramiz. Birodar, shu yozganingdan kimga, nima foyda? Aziz bo'lgan vaqtingni o'zinggayam, boshqalargayam, oxiratinggayam foydali narsalarga sarflasang-chi...
Tushunishadi, kerak bo'lsa bu tanbehdan xursand bo'lishadi.
Mana shu narsani shakllantira olishimiz darkor.
Rukhiya, sizni Global moderator qilib ham sayladim. Istalgan bema'ni postni o'chirishingiz, tahrir qilishingiz mumkin.
Barchamizning qilayotgan hayrli ammallarimizda Allohdan madad tilab qolaman.