
Kapalak opa, forumdagi ko'pchilik userlar muslimlardan bo'lganligi sababli bironta odam "manga shu narsa keregida oberolislami" demasa kerak. Ya'ni kimdandir ta'ma qilishdan ko'ra, yo'qlikka sabr qilishadi yoki o'zligi topishga harakat qilishadi.
Uni ustida o'zbek xalqimiz andishali va g'ururli. Birovdan narsa so'rashga qanchalik g'ururlari yo'l qo'ymasa, shunchalik andishalari ham yo'l qo'ymidi deb o'yliman.
"Hadyalashamiz-muxabbatlashamiz" degan mavzuda kimdir o'zidagi narsani ehson qilmoqchi bo'lsa, istagan odam o'sha mavzu orqali ehtiyojiga kerakli narsani olishi mumkin...
hammani nomidan javob berishmoqchimasman, bu mani fikrim, noto'g'ri o'ylagan bo'lishimam mumkin...

Avvalo vaqt ajratib fikr bildirganingiz uchun rahmat. Bu ham bir fikr albatta.
Men 8 yildan beri Turkiyada bo'lganim uchun istar istamas bu yerdagi ba'zi xayrli faoliyatlarda qatnashdim, bulardan foydalandim.
Meni bunday fikr bildirishimni sababi, albatta yordamga muhtoj insonni o'zi bildirishi shart emas, aytganimday AbdulAzizga (menga yozsa ham bo'ladi), murojaat qilishi mumkin yoki yordam kerak bo'lgan shaxsni albatta forumga a'zo bo'lishi ham shart emas, baki bir qo'shningiz, balki bir kursdoshingiz muhtojdir yordamga.
Masalan, siz Toshkentliksiz va shu yerda o'qiysiz, lekin viloyatdan kelib o'qiydigan inson avvalo kvartira puli to'laydi (agar yotoqxonada qolmasa), bu talaba telefon puli, gaz, elektro energiya, issiq ovqatni o'ylar ekan, qolgan kerakli ashyolariga puli qolmasligi mumkin.
Agar men talabalik vaqtimda xuddi shunday taklif bo'lganda kamchiligimni kimdir orqali aytardim, oyog'imdan oylab suv o'tkazib yurmasdim va xozir oyog'im kamroq og'rigan bo'lardi. O'sha kunlarni eslab, shu fikrni bildirgandim.
Qolaversa uyalish ham kerak emas: Mol davlatni haqiqiy egasi Ollohdir. Biz qullari faqat bir bahonamiz, sababmiz.
Bizga yoqmaydimi, so'roq savol paytida shuni nima qilding, deb so'ralganda, falon muhtoj kimsaga berdim, deyish yoki faqatgina bir ashyo uchun umr bo'yi olgan insondan duo olish?
Istambulda bir talaba qiz issiq kiyimi bo'lmagani uchun 2 hafta darsga bora olmaganini eshitib, talabalar oralaridapul yig'ib, qizga palto olishgandi, qiz o'qigani kelgan, Ollohni yo'lida ilm olgan insonga berilgan yordamni esa mukofotini tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Bizni dazmolimiz buzilib qolgandi, qizlarni ham o'sha paytda olishga puli yo'q edi, dazmol qurgur har kuni kerak bo'ladigan narsa, men domdagi bir samimiz bo'lgan opaga aytdim shun. Qolgan qo'shnilarga aytgan ekan, uyida ortiqcha dazmoli bor opa bizga olib kelib berdi. Biz duo qildik.
Forum fondini tashkil qilish mavzusi orada bir ko'tariladi agar e'tibor bergan bo'lsangiz, lekin xozirch natija yo'q afsus, mayli bo'lib qolar.
Va fond bo'lsa ham asosan pul bo'ladi, buyumlar ham zotan pul bilan olinadi, aytganimday uyimizda bizdan istalgan ortiqcha buyum bo'lishi mumkin.Bersak ham bu buyumni so'roq savolidan qutilamiz, ham xayr duosi olamiz.
Turkiyada tanishi bo'lgan va qandaydir buyum kerak bo'lganlar menga aytishsin, yordam berishga harakat qilaman inshalloh.
Bu fikr amalga oshadimi, yo'qmi bilmadim, lekin meni qalbimda shunday niyyat borligini bayon etdim:) Xayrlisi Ollohdan.