Assalomu alaykum.
Masalan, "Muhabbat" bo`limida ancha chalkashliklar bor. Hammasi xabarlarning deyarli hammasi she'rlardan iborat bo`lib qolgan. Masalan, "Yosh ijodkorlar" ijodi bir xabarda berib borilsa. Ya'ni, she'riyat uchun 3 yoki 4 xabar yetarli deb o`ylayman(yo`nalishi bo`yicha). Har bir forum a'zosi xabar mavzusiga qiziqib uni o`qimoqchi bo`ladi. Bu bo`limda esa bitta she'r bitta xabar bo`lib ham kelgan. menimcha, "Muhabbat" bo`limi "shoir"lar uchun o`z she'rlarini namoyish qiladigan bo`lim emas.
Va hokazo.
"Darsxona" bo`limida esa har bir yo`nalishlar bo`yicha xabarlar ochilsa. Masalan, Web texnologiyalarni HTML, JavaScript, PHP, ASP.NET kabi xabarlarga ajratilsa, foydalanuvchilar o`qishi uchun qulayroq bo`lardi. Aks holda, kimdir PHP bo`yicha nimadir o`rganmoqchi bo`lsa, u WEB texnologiyalar xabarini deyarli hammasini o`qib shiqishiga to`g`ri keladi. Undan keyin savol-javoblar bilan darslar chalkashib ketadi.
Hozircha shu.
P.S.: Aytganday, men
http://ziyouz.com/ ni O`zbekiston saytlaridagi kataloglarga qo`shib chiqyapman.