Bir guruh kimsalar saltanat taxtini tark etib, darveshlik shohligiga erishgan Ibrohim Adhamning yoniga kelib unga: "œBiz doimo Ollohga duo aylarmiz. Nima uchun Olloh bizning duomizni qabul aylamas? Axir, Olloh taoloning o’zi "œMenga duo o’qing, duongizni qabul eturman", degan-ku", deyishibdi. Ibrohim Adham esa ularga: "œChunki sizlarning qalblaringiz o’likdir, duolaringiz ijobat bo’lmasligi mana shundan", debdi. "œYo ajab, qalblarimizni nima o’ldirgan?", deya so’rashganda Ibrohim Adham debdi: "œQalblaringizni o’ldirgan sakkiz xislatdir: 1. Siz Ollohning haqqini bilursiz, ammo o’rnida ado qila olmassiz. 2. Qur’on o’qirsizlar, lekin uning amrlarini amalda tadbiq qila olmassizlar. 3. "œBiz Hazrati Payg’ambarni sevurmiz" dersizlar, biroq uning sunnatiga ko’ra amal qila olmaysizlar. 4. "œO’limdan qo’rqamiz" dersizlar, lekin o’lim uchun hozirligingiz yo’q" 5. Olloh Taolo "œMuhaqqaq shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar", deya buyurmish. Siz esa shaytonga bo’yin egarsiz — gunohlarga ko’milib yasharsiz. 6. "œBiz otashdan qo’rqurmiz", deysizlaru, vujudlaringizni nafs va hirs otashlarida halok qilursizlar. 7. "œBiz jannatni sevurmiz", deya da’vo qilursizlar, biroq to’g’ri amaliy harakat ko’rsatmaysizlar. 8. Yotoqlaringizdan turganingiz zamon ayblaringizni yashirursizlar, sirtingizga suv yuqtirmaslik uchun munofiqlik qilursizlar. Boshqalarning ayblaridan bahs etib xushnud bo’lursizlar. Va shu zaylda rabbingizni g’azabga keltirursizlar. Bas, ahvol shunday bo’lgach, Olloh sizlarning duolaringizni qanday qabul etsin?"
Ibrohim Adhamning ushbu gaplari Payg’ambarimizning "œKishi badanida bir parcha go’st bor, agar u tuzalsa, a’zolarning barchasi tuzalgay. Agar u buzilsa, a’zolarning barchasi buzilgay. Bu — Qalb erur", degan bashoratlarini to’la quvvatlaydi. Xoja Orifning "œqora yurak, chirkin ko’ngil butun a’zoyi badanni palid — harom qilg’ay", degan so’zlari tub mohiyati ila mazkur tushunchalarning davomi emasmi? VA ular Xojaning qalb taqdiri, qalb tirikligi va qalb kamolotiga g’amxo’rlikni birinchi darajaga ko’targanligini isbotlamaydimi? "œOrifnoma"ni o’qing, "œqalb — rabboniy va ruhoniy bir latiflik" ekani, shu latiflik insonning bilimi, idroki, fikr va tuyg’ulariga keng yo’l ochishini darrov fahmlaysiz. Qalbdan boshqa vujuddagi hech bir a’zo bilan Ollo ma’rifatiga hatto hozirlik ham ko’rib bo’lmasligiga to’la iqror bo’lasiz. "œMa’rifat — qalbning Alloh yagonaligini tadqiq etmog’idir!". "œBu dunyoda vujuding bilan va oxiratda qalbing bilan bo’l!". "œTavhidning ma’nosi ushbudir: Sening qalbingda Allohdan boshqa zot uchun joy yo’q, sig’magay". "œDunyoni tark etmoq degani, Allohdan boshqasini qalbdan o’chirmoq, yo’qotmoq demakdir". Bular Xoja Orif aytgan va bizga meros qolgan hikmatlar. Biz ularning zamiridagi ma’no va mohiyatni to’liq anglab, to’liq fahmlay olamizmi? Buning uchun aqliy, ma’rifiy, ruhiy imkoniyatlarimiz yetarlimi? Yo’q albatta! Lekin bugun dinimizga yuz burdik, tasavvuf haqiqatlarini o’rganishga keng imkon ochildi. Mana shu imkondan foydalanib bilishga, qalbni halokatga aylaydigan barcha narsalardan kechishga, o’tkinchi umr mazmunini to’g’ri belgilab, imkon darajasida ruhoniy hayot sirlaridan voqif bo’lishga intilmog’imiz kerak.