Malika so’radi: Osmonni qaysi kuni ofarida qildi? Har qaysi osmonni oti nimadur? Ranggi nechukdur, har osmondagi farishtalar nima ish qilurlar? Ulug’larini oti nimadur? Har qaysi osmonda nechuk tasbeh aytilur?
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo avval Hazrat Muhammad SAVni nurlarini yaratdilar. Va ul nurga nazar birla qaradi, daryoyi azim bo’ldi. Ul daryodin bir tutun chiqib yetti pora bo’lib erdi. O’shal yetti pora tutundin Dushanba kuni yetti tabaqa osmonni ofarida qildi,bir-birini ustida muallaq turur!Avvalgi osmonni Rafiqo derlar.ko’k zumariddin.Farishta andog’ ko’pdurki,kaftcha yer holi emas.Ba’zilar qiyomda,ba’zilar sujudda.Tasbehlari:"Subhona zi-l-mulku val malakut!",ya’ni Alloh barcha ayblardin pok,u podshohlar egasidir!Ulug’larni birinchi oti Ismoil,biri Ra’ud bulutga va yamg’urga muaqqildir.Avvalgi osmondin ikkinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur.Ikkinchi osmonni Arfilun derlar.Farishtalari kumushdin,avvalgi osmondin farishtalaridin ikki hissa ko’pdur.Hammalarini tasbehlari:"Subhona zi-l-izzati val a’zimati va qudrati va kibriyon val jabbaruvt".Alloh pok bo’ldi.U izzat va azamat hamda kuch-qudrat,ulug’lik va tengsizlik Egasidir.Bularni ulug’ini oti Zukoyil,nisfi o’tdin,nisfi qordin,bu tasbehni ayturlar:"Subhona man allafa bayn-as salji van nari",ya’ni "œPok parvardigoro kimniki do’st qilsa,qor va olov o’rtasida ham saqlaydi".
Ikkinchi osmon bilan uchinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Uchinchi osmonni Qulzum derlar, qizil yoqutdindur. Osmondagi farishtalarni adadini Xudodin o'z’a kishi bilmas! Tasbehlari: "œYo xayyu yo qayyumu yo xannon yo mannon yo subxoonu yo burxonu yo g'u’ronu yo musta'o’u yo badi'u’ samovoti val arzi yo zualjaloli", ya’ni "œEy tirik zot, ey doimo tiriltiruvchi zot, berguvchi zot, ey manno qiluvchi zot, ey pok zot, ey hujjat qiluvchi zot, ey gunohni kechuvchi zot, ey yordamchi zot, ey yeru osmonlarni yaratuvchi zot, ey ulug’lik Egasi" ya’ni Alloh barcha ayb va nuqsonlardan pokdur, u podshohdur va hamisha tirikdur, hech qachon o’lmaydi!", ulug’larini oti Kaykovus, tasbehi: "œSubhonal malik — ul hayyallazi layamutu!", ya’ni "œShunday ayb va nuqsondin pok Allohki podshohdur, hech qachon o’lmaydur!"
Uchinchi osmon bilan to’rtinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur! To’rtinchi osmonni Mo’un derlar. Oq gavhardin. Tasbehlari: "œSubhon al malika al Quddusi!", ya’ni "œPok parvardigor podshohdur va muqaddasdur, yolg’izdur!" Ulug’ini oti Mo’minot, bu tasbehni ayturlar: "œAshhadu anna Ilallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!", ya’ni "œGuvohlik beraman, albatta, Alloh yagonadur, sherigi yo’qdur, ma’buddur, ibodat qilishga loyiq zotdur! Va yana guvohlik beraman Muhammad uning rasuli va bandasidur!". Hazrat Azroyilni manzillari bu osmonda turur. Bu osmonda bir lavh bordur, ul lavhda hamma bandalarni oti bitiklik turur. Bu lavhni uzunligi besh yuz yillik yo’ldur. Va yana bir katta daraxt oldida barglari ko’p har bir bargiga bir kishini oti bitiklikdur. Farishtalar Hazrat Azroyilni oldida qo’l qovushtirib turarlar. Har kishini umri oxiriga yetsa, ul daraxtni bargi sarg’ayar, bitiklik otini o’chirur. Andin so’ngra kelib jonini olurlar. Joni xalqumiga yetganda yuqori qarasa, Hazrat Azroyilni yuz — ko’zlarini ko’rarlar. Ammo yuzlari to’rt qismdur. Biri ot’din, va biri qarodin va biri g’azabdin va biri rahmatdin. Ammo ulug’ yuzni kofurlar ko’rarlar. Qaro yuzlarini munofiqlar ko’rar. Rahmat yuzlarini esa payg’ambarlar,avliyolar,mo’minlar va solih kishilar ko’rarlar. Hazrat Azroyilni kattaligi andog’durki, agar olamni qo’llariga olsa bir xurmodek ko’ringay! Hazrat Mikoyilni makonlari ushbu osmonda turur, yomg’ir va jam’i maxluqotni rizqiga muakkildur to avvali dunyodin oxirgi dunyogacha. Yomg’ir va qor yog’sa, jam’i xaloyiq qanchayin rizq yesa Xudoyi taologa hisobini berur! Hazrat Isrofilni makonlari ham ushbu osmonda, surni og’izlariga olib tururlar. Hazrat Isrofilni kattaligi andog’durkim, Hazrat Azroyil shuncha zabardastligi bilan Isrofilni o’ng qulog’idan kirib chap qulog’idan chiqsa, aslo bilmay qolurlar! To’rtinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Beshinchi osmonni Arqiyo derlar, qizil oltindin, farishtalari,kattaligi andog’kim, boshlari osmonda oyoqlari yetti tabaqa yerni ostida. Farishtalarining ming boshi bor, har boshida ming og’zi bor, har og’zidan ming tili bor va har tilida ming tasbehi tahlil hamdu sano ayturlar!
Ulug’ini otini Istifo’il derlar, tasbehlari: "œSubhona robbi kulli shay’in", ya’ni "œPok bo’ldi, Alloh ayb va nuqsondin har bir narsani o’zi tarbiyalaydi!". Beshinchi osmon birla oltinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Otini Fano derlar,qizil yoqutdin. Bu osmondagi farishtalarning kattaligi andog’durki, Xudodin o’zga kishi bilmas! Hammalari Xudoni qahru g’azabidin qo
Rqib hamisha to Qiyomatgacha yig’lab turarlar. Ulug’ini oti Riadmo’il, tasbehlari: "œXoliqun nuru subhonallohi va bihamdihi", ya’ni "œAlloh pok bo’ldi, ayb va nuqsondin unga hamdu sanolar bo’lsinkim, u zot nurni yaratguvchidir!" Oltinchi osmon bilan yettinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur.
Yettinchi osmonni Uryona derlar, bu osmon nurdin, farishtalari behaddur. Bularni go’ru Bayon derlar. Ba’zilari ruku’da, ba’zilari sajdada, hamisha tasbehu tahlil aytib to Qiyomatgacha yig’lab tururlar. Ummati Muhammadning gunohini tilarlar. Farishtalar har qaysisi boshqa suvratda, bir — birlariga qaramaslar va so’zlamaslar. Tasbehlari: "œSubhona a’dada xalqihi va riza’a nafsihi va maddada kalimotihi!", ulug’ini oti Turo’il, bu osmonda bir daraxt bor, ani "œSidrat ul muntaho" derlar. (Oxiriga yetgan katta daraxt tubi yerda, shoxi osmonda). Bu osmon Hazrat Jabroyilni makonlari turur. Bu osmonda bir daryo yaratibdur. Ul daryoda farishta yaratibdur, o’ltursa siynasiga kelur to avval dunyodin oxir dunyogacha Xudoyi Taoloni to’qson to’qqiz otini va ming bir sifatini aytib, Hazrat Muhammad Mustafo ummatlarining gunohini tilab, murojaat qilurlarki: "œAllohummag’fir ummata Muhammadin fa taborakallohu ahsan ul Xoliqiyna!" derlar, ya’ni "œEy pok, parvardigor, Muhammad ummatlarining gunohlarini kechirgil, bas, o’zing ulug’, muborak zot va ko’rkam yaratguvchisan!"
Arshni ostida bir ustun yaratibdur, ani ustida bir qubba yaratibdur, ul qubbaning ustida bir jonivor Xo’rozga o’xshar, uni yonida yetti yuz qanot chap yonida ham har qanotida ming turluk bolu pari bor, hammasi za’farondin, har bir qanotida uch xat bitiklik turur! Avvalgida: "œBismillohir Rohmanir Rohiym — Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!". Ikkinchisida: "œLa ilaha illolloh, Muhammadan Rasulullohi", ya’ni "œAlohdin o’zga ibodatga loyiq zot yo’qdur, Muhammad Allohning elchisidur!". Uchinchida: "œKulli shay’in Xaliqun Illa vajhahu lillahil vohidil qahhari!", ya’ni "œBu jonivorga Arshdin kofir va za’faron yog’ar, qanotlarini qoqib, ahli Behishtga sochar, ham muazzin namoz vaqtida azon aytsa, bu jonivorlar qanotini qoqib tasbeh aytur: "œSubhonillohil a’liyul a’ziym va bihamdihi!", deb ya’ni, "œAlloh bo’ldi, u ulug’ martabalikdur, unga hamdu sano xosdur!"deb, har qanotidan yetmish ming ovoz chiqar. Behishtdagi jonivorlar eshitib titrashgaylar. Daraxtlarning shoxlari bir — birlariga tegib turli ovoz paydo bo’lur. Huru g’ilmonlar bu ovozni eshitib darchalaridan boshlarini chiqarib birlariga xabar qilurlarki, u dunyoda namozni vaqti bo’libtur! Musulmonlar namozga mashg’ul bo’ldilar. Yettinchi osmon Arshi besh yuz yillik yo’ldur, Arshning ustida yetmish ming parda yaratibdur. Ba’zisi oltindin, durdin va ba’zisi marvariddin, kumushdin, la’ldin, yoqutdin, zumraddin. Har pardani orasi ming yillik yo’ldir. Bu pardalarni ustidagi narsalarni Xudodin o’zga kishi bilmas! Osmonda Arshu kursi, lavhul qalam, omu xos farishtalar beadad ko’pdur. Qiyomat kuni arz tillarini ochib: "œSubhonaka, mo abdaka Haqqa ibodatika" derlar."