Malika so’radi: Xonai Ka’bani mo’jizotlari qaysidur?
Donishmand aytdi: Mo’jizotlari andaki, anda 24 mo’jiza bordur. Avvalgi mo’jizasi hamma xaloyiqni, xususan, farishtai Karrav Bayon va Hamelon Arshu Kursi va Lavhu Qalam, oy va kun, yulduzlar qiblasi xonai Ka’badadur. Ikkinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har kishi umri davomida bir marotaba Haj qilsa, Xudoyi Taolo jamiki gunohlardan pok qilur. Uchinchi mo’jiza uldurki, Haj qilgan kishi albatta Bihishtga kirur! To’rtinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har Qurbon oyini to’qqizi Arafa kuni to’qqiz lak, to’qqiz ming to’qqiz yuz kishi jam’i bo’lur. Agar mundin kam bo’lsa, osmondin farishtalar tushur. Odam suvratida jam’i bo’lib, andin keyin Haj qilurlar.
Beshinchi mo’jiza uldurki, har jonivor Ka’bani ustidan uchib o’tolmas, agar qasd bilan uchib o’tay desa, kuyib qolur! Oltinchi mo’jiza uldurki, har nechuk qush, har jonivorni olgani quvlab kelsa, jonivor Ka’baga kirsa, ololmas! Yetinchi mo’jiza uldurki, agar biyobonda hayvon zaxmdor bo’lsa, Ka’bani ichiga kirib tursa, sihat topar! Sakkizinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani buzgali qasd qilsa, halok bo’lur! To’qqizinchi mo’jiza uldurki, Ka’baga har kim qo’l ursa, qo’li qurur! O’ninchi mo’jiza uldurki, hech bir vatqda tavofdin xoli bo’lmas! O’n birinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, sihat topar! O’n ikkinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, salohiyat topar! O’n uchinchi mo’jiza uldurki, Hazrat Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida bir kishi Ka’bani ziyorat qilgali keldi, necha ming tillosi bor edi, fikr qildiki, bu tilloni Ka’bani ichiga qo’yay, o’g’ri olmasin deb. Ichiga olib kirib qo’ydi, o’zi savdoga ketdi. Nogoh bir o’g’ri bilib olgali qasd qildi. Ka’bani ostidan teshib qo’l uzatdi. Boshini teshikdin chiqarib erdi, Xudoyi Taolo yerga amr qildiki, "œQisgil", deb. Yer qisdi. O’g’rini boshi yerga uzilib tushdi. Tanasi yerni ichida qoldi. Bir ovoz chiqtiki: "œHar kim Ka’baga o’g’rilikka kirsa, boshi barbod ketar!" deb. Ka’bani sharifi bu ovozni eshitib Ka’baga kirdilar. Ko’rdilarki, bir odamni boshi tilloni oldida turibdur. Bular bildilarki, sir ayon bo’ldi. O’n to’rtinchi mo’jiza uldurki, bir kishi xonai Ka’bani ichida ziyorat birla mashg’ul erdi, nogoh Ka’bani eshigiga qulf soldi. Bu odam qamalib qoldi. Nisbi shabda tahorati tang bo’lib, eshigiga kelib harchand qichqirdi hech kim eshitmadi. Nochor Ka’bani ichiga tahorat ushatdi. Ertasi Namozi Bomdodga eshik ochib kirdilar. Bu kishi sharmanda bo’lib chiqib qochdi. Xaloyiqlar ko’rdilarki, bir to’da yipor turadur. "œEgasi bormi deb?" qichqirdilar, hech kimdan ovoz chiqmadi. Qochgan kishini ushlab keldilarki, "œbu yiporingni olgil", deb erdilar. Bu kishi yiporni ko’rib hayron bo’ldi. Aytdiki: "œMunda peshob qilib erdim!" Bular aytdiki: "œIchingdan chiqqan zahoti Ka’bani xosiyatidin yipor bo’libtur, olgil", dedilar. Bu kishi olib chiqib sotdi. Kambag’al erdi, g’aniy bo’ldi. O’n oltinchi mo’jiza uldurki, Umar ibn Xattobni vaqtlarida bir fahmi ziyoda erkak Zaxom otliq xotinga oshiq erdi. Bir kuni shayton vasvasa qildi. Ka’baga kirib zino qildi. Itga o’xshab chaqishib qoldi. Harchand zo’r qildi, ajrata olmadi. Ertasi namozi Bomdodga xaloyiqlar kirdilar. Ko’rdilarki, bular chaqishibdur, har gez bir — biridin ajralmaydur. Tashqariga sudrab chiqardilar. Har kim la’nat deb tosh, g’isht bilan urdilar. To’rt kundan keyin to’ng’iz suvrat bo’lib o’lib qoldi. O’n yettinchi mo’jiza uldurki, ziyorat qilur mahalda bir eru xotin Ka’baga yomon niyat birla qaradi, ko’r bo’ldi. O’n sakkizinchi mo’jiza uldurki, bir odam bir kishini o’g’ri dedi. Ul kishi men o’g’ri emasman dediyu, Ka’baga qo’l uzatdi, qo’li quridi. O’n to’qqizinchi mo’jiza uldurki, har kim xonayi Ka’baga ixlos birla qarasa, ko’zi ravshan bo’lur. Yigirmanchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’baga harchand kishi yig’ilsa — jam’i bo’lsa, sig’ar. Yigirma birinchi mo’jiza uldruki, har turlik dardi bor kishi xonayi Ka’bani tuprig’ini olib ko’ziga surtsa, dardi daf’ bo’lur. Yigirma ikkinchi mo’jiza uldurki, bir kuni Abu Jahl qulini quvlab Ka’baga kirdi, pichoq tortib niyat qildiki, qulini o’ldirgay! Darhol ko’zi ko’r bo’ldi. Munojot qildiki: Ka’bani hurmatidin qulimni gunohini o’tdim deb. Bir zarba tuproq olib ko’ziga surtdi, ochildi. Yigirma uchinchi mo’jiza uldurki, No’shiravonu Odil Buzurgjumhurni Ka’baga qamadi. Buzurgjumhur Ka’bani tomiga chiqdi, osmondin bir nur xonayi Ka’bani tarafiga tushib keldi. Bu nurni ko’rib aytdiki: "œEy bor Xudoyo, xonayi Ka’bani hurmatidin mani xalos qil", deb. Xalos bo’ldi. Ko’nglida Xudoyi Taologa iymon keltirdi. Yigirma to’rtinchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’bani yetti marta bino qilgan ul Zuqoyil, Ajroyil, Dardoyil, Ismoyil — bu to’rt farishta, ikkinchi Hazrat Odam birla Momo Havo bino qilgan. Uchinchi martaba To’fonni Nuhdin keyin Yaldur degan xonayi Ka’bani o’rnida butxona qildi. Yuz ming g’isht oltin xarj qildi. Xonayi Ka’ba tamom bo’ldi. Butni xonayi ka’bani ichiga olib kirib qo’ydi. Yer larzaga kelib butlarni olib tashladi. To’rtinchi martaba Xudoyi Taolo Hazrat Ibrohim AS ga amr qildiki: "œYo Ibrohim, Ka’bani peshtoqini tosh bilan bino qil!" Ibrohim AS Hazrat Is’hoq va Ismoyilni , Bibi Sora, Hojar birla Turi Sino tog’ida Arofat, Mino, Zaydu Uhud tog’idin tosh olib kelib bino qildilar. Boz Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: "œYo Ibrohim, Baytullohni bino qilding, Xudoyi Taoloni bandalarini ziyorat qilinglar, deb qichqirgil!", dedi. Ibrohim AS: Mani ovozim hech yerga yetmas! Dedilar. Xudoyi Taolo aytdi: "œSen qichqirgil, tamomi olamga anglatay!" dedilar. Hazrat Ibrohim qichqirdilar. Jam’i xaloyiq eshittilar, balki, onasini rahmidagi bolalar ham eshitdi. Hammaga Haj farz bo’ldi. Beshinchi marotaba Qurayshlar bino qildi. Oltinchi marotaba Hajjoj bino qildi.