Qo’lga qaragan. Birovning xasmi, shunga qarab qolgan, kim kelsa, qo’liga qaraydigan — tamagir, sulloh ma’nolarini tashiydi. Qo’lga qarash — insof, diyonat,xoksorlik,shukronalik belgisi sifatida ham ta’riflanadi. Ma’nolariga qarab muqobillari ko’p. Qo’lga qarab qolgan — keksa, bemor,ojiz, bechora. Qo’lga qaraydigan — nafsi hakalak otgan poraxo’r, tamagir xotin. Qo’lga qaragan — imon — insofli, yaxshi inson.
Qo’lga kirdi, qo’ldan chiqdi. Qo’l darvoza, qop — qanor, idish emas, unga narsa kirsa yo chiqsa. Ko’chma ma’noda qo’lga kirdi, deganda biror mulk,boylik, narsa,buyum, mol — holga ega bo’lish, uni qo’lga kiritish, o’z tasarrufiga olish tushuniladi. Iboraning teskarisi "œqo’ldan chiqdi"da aynan shu narsalarning kishi tasarrufidan chiqib, o’zganing, davlatning mulkiga aylanib ketishi yoki sovurilib, talon — taroj bo’lishi, xalq tili bilan aytganda, vafo qilmasligi, buyurmaganligi anglashiladi.
Qo’lini yuvib qo’ltig’iga artdi. Tasavvur qiling: yaxshi bir tanishingiz to’y — ma’rakada sizga ro’para kelib qoldi. Siz to’y egasining yaqini sifatida xizmatdasiz, tanishingizning qo’liga suv quymoqchi bo’ldingiz, u bunga qaramay jo’mrakni burab, o’zi qo’l yuvdi. Siz shoshib yelkangizdagi sochiqni unga tutdingiz. Oshnangiz sochiqni olmay, sizdan uzoqlashib borarkan, yo'’ -—yo'l’kay qo’lini cho’ntagiga, qo’ltig’iga artib ketdi. Bu nima, parishonlik, hardamxayollikmi? Yo’q, nimadir bo’lgan, o’zingiz bilib — bilmay do’stingiz ko’nglini og’ritgansiz. U sizdan xafa, o’pka — gina qilib yuribdi. Shundan qo’lini yuvib, qo’ltig’iga artdi. Mening bunday do’stim yo’q dedi. Muqobili: "œhafsalasi pir bo’ldi", "œvoz kechdi""¦