Oyog’ining uchida ko’rsatadi. Odatda birovni uzoqdan tanishtirish, ko’rsatishda bosh imosi bilan, juda bo’lmasa, qo’l bilan, hu, haylo, ana u odam, deb ajratiladi. Oyoq yoki oyoqning uchi (barmoq) bilan ko’rsatish — o’zbekning lof mubolag’ani o’rniga qo’yishidan dalolat.
Ko’chma ma’nosida esa, bir kishining ikkinchi odamni mensimasligi, unga nisbatan takabburlik qilishi tushuniladi. Birovni oyoq uchida ko’rsatish u har qancha yaramas odam bo’lsa ham bu ishni bajaruvchi shaxsga nisbatan salbiy, tyanqidiy ohangda aytiladi. Kattalik Xudoga yarashadi, deydi xalq. Nonni katta tishlasang ham gapni katta gapirma. Tag’in kichkina demang bizni, ko’tarib uramiz sizni, degan naql ham bor.
Oyog’i olti, qo’li yetti bo’lmoq. Epchillik, qo’l-oyog’i chaqqon, ishga, mehnatga sidqidildan kirishgan. To’y-ma’rakada yigitlar bellariga qamishdan belbog’ bog’lab, yugurib-yelib xizmat qilishadi. Shunday holatlarni xalq "œoyog’i olti, qo’li yetti bo’lib xizmat qildi", deydi. Chapdast udaburon choyxonachi, do’kondor, qassob, quruvchi, shifokor va boashqa mutaxassislarga ta’rif sifatida qo’llanadi.
Axmoq oyog’idan qariydi. Munosabat-naql. Kishining huda-behuda, jonsaraklik bilan yuraverishui, bekorga vaqt sarflashi tanqidi. Rejasizlik, ishbilmaslik, uquv va malakaning yo’qligi, eng muhimi, bunga istakning bo’lmasligi kishini shu ko’yga soladi. "œAxmoq oyog’idan qariydi" deganda, xalq ahli zakovati to’lishmagan, aqliga ish buyurmagan odam qimmatli umrini behuda, hech qanday samarasiz, oyoq ustida o’tkazib yuboradi, uni oyog’i qaritadi, boshi ishga solinmay, dunyodan bexabar o’tib ketadi, degan ogoh-ibrat ma’nosini ko’zda tutadi.