Umumiy bo'lim > Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Nima degan gap Toshkent-Qo'qon orasi?!Qadrdon forum birlashtirgan qadrdonlarimiz

(1/3) > >>

Zulfina:
Assalomu alaykum qadrdon forum ahli. Yana bir quvonchli xabar ila keldim huzuringizga :)
Forumimiz oilalari soni yana bittaga ko'payish arafasida inshaAlloh. forum.ziyo.uz ga, Abdulaziz akaga va barcha forum uchun jon kuydirgan insonlarga tashakkur. Bizga qadrdonlar, yaqinlar bergani uchun.
Xullaaaas, gapni indallosiga o'tadigan bo'lsak forumimizning mashxur jurnalisti Lobarxonni azim Toshkentdan go'zal Qo'qonga uzatadigan bo'ldik :)
Lobar va Sarvar(Uzmuslim) ning qurilajak oilalarini Alloh hayrli qilsin, Jannatida ham birga qilsin. Duo qib qo'yasila endi :)

Toki g'unchalarkan ishqning lolasi,
Toki tinmas ekan sevgi nolasi,
Toki talpinarkan ikki yurak porasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?
Toki urar ekan ishq deya yurak,
Toki muhabbatga yor vasli kerak,
Toki hijron dardin visol chorasi,
Nima degan gap, Toshkent Qo'qon orasi?
Toki peshonaga bitilgan taqdir,
Toki ikki qalbga nasib, bo'lmoq bir,
Toki sevgi haqdir, toki ishq haqdir,
Baxtdan yonar bo'lsa ko'zlar qorasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?!

Muhammad Sanjar:
Tabriklaymiz! Alloh ushbu nikohni xayrli qilsin, solih-soliha farzandlar ato etsin! Qurilajak oilalari mustahkam bo'lsin!

IRFON-2012:
Baxt-saodatlarini Alloh mukammal qilib bersin!
To'ylar muborak!

Muxsiya:
Muborak bolsin baxtli oila qurishsin

Zulfina ancha vaqt yoq bolab xudhxabar bilan kelibsizda

Abdulhafiz:
Vaalaykum assalom... Alloh xayrli va barokatli qilsin. Solih va soliha farzandlar ato etsin.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version