Umumiy bo'lim > Madaniyat

Temur tuzuklari

(1/4) > >>

AbdurRohman:
                 Amir Temurning o'lim to'shagida so'ylaganlari

O'g'illarim,
millatning ulug' martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o'qing, aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vasifangizdir.
Zaiflarni qo'ring, yo'qsullarni boylar zulmiga tashlamang. "Adolat va Ozodlik" dasturingiz, rahbaringiz o'lsun. Men kibi uzun saltanat surmak istasangiz, qilichni yaxhsilab uylab chekingiz. Bir da'fa chekkandan so'ngra-da uni ustalik-la qo'llangiz.
Orangizga nifoq urug'lari ekilmasligi uchun ko'p diqqat bo'ling. Ba'zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmoqlikka, bundan foydalanmakka chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko'rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz toj boshingizdan tushmas.

O'lim to'shagida so'ylagan otangizning so'zlarini unutmangiz.

Mendan so'ng xoqon, Pir Muhammad Jahongir o'lajakdur. Onga, menga itoat etar kibi itoat etajaksiz. Qo'mondonlarim, hozir itoat omini etingiz.

Butun qo'mondonlar, saroy odamlari yig'layarak omin deb fotiha o'qidilar.

Temur 1405-yil 19-mart kuni vafot etdi.
Uning so'nggi so'zi "La-ilaha Illolloh" bo'ldi.

AbdurRohman:
                          "Temur tuzuklari"dan

"Biron mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl podsholar adolat o'rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo'qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatining sharofati bilan mamlakatni zolimning qo'lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi".

AbdurRohman:
"Yana amr qildimki, g'anim tomonidan bizning qo'limizga har qanday sipohiy asir bo'lib tushsa, uni o'ldirmasinlar, unga ixtiyor bersinlar. Agar navkarlikni qabul qilsa, navkar qilsinlar, yo'q esa uni ozod etsinlar. Bunga misol, men (Qaysar bilan urushda) to'rt ming rumlik askarni ozod qildim"

AbdurRohman:
"Qaysi vazir g'iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o'ziga yoqmagan kishilarni yo'qtoish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti yomon, hasadchi, kina-kek saqlovchi, qora ko'ngil kishilarga zinhor vazirlik (lavozimi) berilmasin. Buzuq, qora ko'ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi".

AbdurRohman:
"Dono vazir shuldirki, o'z o'rniga qarab, goh qattiqqo'llik bilan gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo'llik ham qilmaydi, ko'p muloyimlik bilan ham yumshab ketmaydi. Agar muloyimlik qilsa, dunyotalab, ta'magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo'llik ishlatsa, undan qochadilar va unga (boshqa) yo'lamaydilar".

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version