"Raiyat ahvoldan ogoh bo'ldim, ulug'larni og'a qatorida, kichiklarni farzand o'rnida ko'rdim. Har yerning tabiatini, har elning rasmi-odat, yo'l-yo'sinlaridan voqif bo'lib turdim, har bir o'lka va shahar aholisining ulug'lari va buzurglari bilan oshno bo'ldim va ularning mijozlariga, tabiatiga to'g'ri kelgan, o'zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo'lib turdim. har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turmushlarini, xulq atvorlarini, qilish-qilmishlarini, bular o'rtasidagi aloqalarni yozib menga bildirib turish uchun diyonatli, to'g'ri qalamli kishilardan voqeanavislar belgiladim. Bordiyu noto'g'ri narsa yozgan bo'lsa, bunday voqeanavislarni jazoladim. Hokimlar, sipoh va raiyat qaysi biri xalqqa jabr-zulm qilganini eshitsam, insof-adolat bilan darhol uning chorasini ko'rdim".