Pazandalik sirlari  ( 217353 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 B


Ansora  17 Sentyabr 2009, 00:12:32

Tovuq sho’rva (Ankara, Sherefli Kochhisar nohiyasiga oid)

5-6 kishilik
Bu sho’rva 3 etapda pishiriladi, boshda qiyin tuyulgandi menga ham lekin 1-2 marta qilib, mazasini olgandan keyin oson kela boshladi :)
Masalliqlar:
1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq joyidan 200-300 gr orasida go’hst
2.   3-4 qoshiq saryog’
3.   5-6 qoshiq un
4.   2-3 qoshiq salat yog’i
5.   2-3 tish sarimsoq
6.   1 qoshiq tomat
7.   Qaynoq suv
Tayyorlanishi:

1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq go’shtlar olinib mo’l suvni ichida 1 soatga yaqin o’rta olovda qaynatiladi. Go’shtning mazali bo’lishi uchun suv qaynagandan keyin qozonga tuz soling. Go’shtlar yumshoq bo’lib pishgandan keyin qozondan suzib oling va sovuting. Sovugandan keyin go’shtni mayda mayda qilib qo’lingiz bilan titing. Qozondagi go’shtning qaynagan suvi sho’rvaning asl suvi hisoblanadi, shuning uchun suvni mo’l qo’ysangiz yaxshi bo’ladi.
2.   Bir tarafda 5-6 qoshiq unni 3-4 qoshiq saryog’ da(agar kam bo’lsa salatga solinadiga yog’dan ham qo’shishingiz mumkin) agar bor bo’lsa teflon tovada qovuring. Huddi o’zimizni holvaytar yoki, ataladay faqat unchalik qizarishi shart emas, pushti rangga kirishi bilan olovdan oling. Darrov keng tarelkaga solib yoyib qo’ying, yaxshilab sovusin. Chunki issig’ida sho’rva suviga solsangiz dumaloq dumaloq bo’lib, sho’rvani shakli buzilishi mumkin.
3.   Boshqa bor tovada 1 qoshiq tomatni 2 qoshiq pista yog’ida yaxshilab qovuring.
4.   Talabga qarab 2-3 tish sarimsoqni ezing.
5.   Yuqorida tovuq go’shtimizni maydalab titgan edik, uni qaynagan suviga qaytarib soling, orqasidan qovurilgan unni soling. Qaynab chiqishi 10-15 daqiqani olishi kerak. Siz sho’rvani qo’yiqligiga qarab qaynagan suv quyishingiz mumkin. Bular qaynab chiqqandan keyin ustiga qovurilgan tomatni solib qoshiq bilan yaxshilab aralashtiring. (Ovqat pishirayotganimda asosan taxta qoshiq ishlataman, sog’liq uchun foydali!)
6.   Eng ohirida agar sarimsoq hohlaganlar bo’lsa sarimsoq ezmasi solinadi. 2-3 daqida qaynagandan keyin sho’rvamiz tayyor. Bu sho’rvaga lazzat bergan modalardan biri sarimsoq, unutmang! Ham sarimsoq juda foydali, bilasiz.
7.   Achchiq hohlaganlar quruq qalampir sho’rva pishgandan keyin ustiga solishlari mumkin.



Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2009, 01:25:21

Yaprak sarması (Uzum bargi do’lmasi)

Masalliqlar (sarmani ichi uchun)

. Yarim kilo uzum yaprog’i
. 2 stakan guruch
. 3-4 dona yirik piyoz
. 3 tish sarimsoq
. 1 choy qoshig’i quruq garmdori (istakka qarab)
. 1 choy qoshig’i murch
. 1 choy qoshig’i qurutilgan yalpiz
. 3 dona o’rtacha pomidor (randalaysiz)
. yarim stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i.
. tuz.

Ustiga solish uchun:
. ½ stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i. Zaytun yog’i uzum bargini yashillashtiradi. Qanchalik yashil bo’lsa, shunchalik chiroyli ko’rinadi:)
. 1 dona limon
. 3 stakan qaynagan suv

Tayyorlanishi:

Biz uyda uzum bargini  tuzlab qo’yardik. Yaproqlarni chiqarib yaxshilab yuving, tuzli suvda turgani uchun tuzlari ketishi kerak. Agar yozda qiladigan bo’lsangiz, barglarni past olovda qaynatib ezmasdan yumshatishingiz kerak.
1.   Chuqurroq qozonga mayda to’g’ralgan piyozlarni soling. Pushti rang olguncha qovuring.
2.   Keyin yuvilgan guruchlarni solib, qovuring.
3.   10 daqiqalardan keyin randalangan pomidorlarni solib 2-3 daqiqa qovuring. Keyin istakka qarab tuz, sarimsoq va ziravorlarni soling.
4.   Ustiga oz miqdorda suv quyib, guruchlar yumshaguncha (pishay deguncha) qaynating.
5.   Olovdan olib, sovuting.
6.   Tayyorlangan qorishmani uzum barglarini toshirib yubormasdan soling.
7.   Qozonga bir tekis qilib joylang. Orasida joy qolmasligi kerak. Ustiga 0.5 stakan salat yog’ini aylantirib seping. 1 dona limonni kesib ustiga joylashtiring. Limon nordonlik beradi, sarmalar lazzatli bo’ladi.
8.   3 stakan qaynoq suvni sarmalarni ustidan aylantirib to’king. Qozon qopqog’ini zichlab yoping.
9.   O’rta olovda 30 daqiqa pishiring.
10.   Sarma muzlatgichda 1 haftagacha aynimaydi. Zaytunyog’li bo’lgani uchun İsitishni ham hojati yo’q.



Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2009, 01:26:37



Bu esa sarmani tayyorlash usuli:)

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 13:27:04

Noomiga go'sht solinarkande a?

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 13:29:06

Qoyil, opa bularni hammasi o'zingiz uyda ham tez-tez tayyorlab turasizmi? :) Alloh rozi bo'lsin, shu mavzu o'chib ketmasa sekin-astalik bilan o'rganardim :), rahmat sizga Kapalak, opa :)

Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2009, 14:44:21

İnsholloh o'rganasiz, aslida oson. Turmush o'rtog'im Turkiyalik bo'lgani uchun majburan Turk taomlari tayyorlayman. Boshda men ham qanday qilaman, deb havotir oldim. Olloh rozi bo'lsin, qayinvolidam erinmay o'rgattilar. Ham internet bor. Ha yuqorida bergan ta'rifimda qiymasiz, lekin hohlasayiz qiyma ham solishingiz mumkin. Piyozdan keyin qovurasiz. Turkiyaning İzmir, Antalya kabi viloyatlarida ovqatlar asosan zaytun yog'i bilan tayyorlanadi. Go'sh, qiyma uncha ishlatishmaydi. İnsonlarining sog'liqli, qizlarining go'zal bo'lishiga sabab zaytun yo'g'i deyishadi. Hazmi eng oson yog' chunki zaytun yog'i:)

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 22:05:29

Sabzavotli bo’rek

Masalliqlar:

1.   3 dona tayyor yufqa
2.   2 dona kartoshka
3.   2 dona sabzi
4.   1 stakan yashil no’xot (zelyonıy goroshek)
5.   5-6 qoshiq salat yog’i
6.   1 chimdim tuz
7.   Bo’rekni ustiga surtish uchun 1 tuxumni sarig’i va 1 qoshiq qatiq
8.   Sedana

Tayyorlanishi:

Avvalo sabzini qirg’ichdan o’tkazib qizigan yog’da qovura boshlaymiz, bu orada kartoshkalarimizni qirib tayyorlaymiz. Sabzi 5 daqiqacha qovurilgandan keyin kartoshkalarni ham tovaga solib qovuramiz, tuzni sepamiz. 5 daqiqadan keyin esa no’xotlarni aralshmaga solamiz va 2 daqiqacha qovuramiz. Qorishmani olovdan olib ilitamiz.
Yufqalarni 8 ga bo’lamiz. Kosachani ichida masalliqni solib, somsaga o’hshab yopamiz. Qattiq bosmang, o’zi yopiladi Ustiga tuxumni surtamiz, sedanani sepamiz.
180 darajda isitilgan duxovkaga bo’reklarni joylashtiramiz. 40 daqiqadan keyin sabzavotli bo’reklar tayyor"¦

Qayd etilgan


Ansora  16 Noyabr 2009, 15:34:07

Qiymali bo'rek

Masalliqlar:

1. 3 dona tayyor yufqa
2. 250 gr qiyma
3. 2 dona piyoz (mantiga soladigan qilib to'graysiz)
4. 3-4 dona bolgarskiy (ilgari ham aytgandim, bizda uzuni bor bo'lsa shunday ishlating) (maydalab to'g'rang)
5. 1 qoshiq tomat
6. 2 qosiq saryog' yoki 4-5 qoshiq salat yog'i
7. yarim qoshiq tuz
8. 1 stakan sut (bo'reklar o'rab bo'lingandan keyin sutga botirib olish uchun)
9. 1 stakan qizartilib maydalangan non tolqoni

Tayyorlanishi:

Bo'rek masalliqlarini: piyoz, qiyma, tuz, bolgarskiy, tomat holatida birma-bir qovurasiz. İliting.

Yufqalarni 8 ga bo'lib olamiz, yirikroq bo'lishini xohlasangiz 6 bo'ling.

Keng tarafidan boshlab ichiga masalliqni solgan holda o'rang. O'rtalama bir bo'lak hamirga 1 qoshiq masalliq to'g'ri keladi.

Hamirlarni o'rab bo'lgandan keyin sutga botirib oling. Hamon Non tolqoniga botiring. Sut va tolqonni keng idishga solsangiz bo'reklarni oson botirib olasiz.

Oldindan (10 daqiqa) 170 daraja isitilgan duxovkada 40 daqiqa pishiring.

Osh bo'lsin.


Qayd etilgan


ossiyobinti  25 Noyabr 2009, 09:05:16

Assalomu alaykum Kapalak opa manga Burma tatlisini retseptini qanaqa tayyorlanish jaronni qo'ya olasizmi. bu forumdayam qo'yishgan lekin man huddi shunaqa qilib ko'rdim umuman oxshamadi :2 iltimos!

Qayd etilgan


Ansora  25 Noyabr 2009, 13:23:20

V.assalom Fotimaxon. Sizga xozircha shirinlikni video tasvirini jo'natyabman. Vaqtim bo'lishi bilan tarjimasini yozaman inshalloh. Aslida ancha tushunarli : )

http://www.vidoko.com/video/Sarigi-Burma-Tatlisi/Bb8OQtdp-iw.html


Bu forumdagi tamoman boshqa shirinlikni tarifi edi, men ham hayron bo'lgandim : )

Qayd etilgan