Pazandalik sirlari  ( 217366 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


sevar  14 Oktyabr 2007, 18:36:40

Assalomu alaykum aziz muslima opajonlarim va singillarim ,  shu bo'limga o'zimiz bilgan turli xil taomlar , salatlar shirinliklar va o'zimiz bilgan taomlar retseptini birgalalekda joylasak degandim. Ba'zan taom tayyorlashda  o'ylanib qolamiz , kunlar ko'p taomlar esa  ozroq.Bir birimizga yordamimiz tegib qolar . Chunki siz bilganmi biz , biz bilganni sizlar bilmaskigingiz mumkun-ku.Sizlardan iltimos ,    (Yoki bunday bo'lim bu saytda mavjudmi?)agar yo'q bo'lsa ruxsat bersalaring birgalikda boshlar edik.
Javoblaringni kutib qolaman.........

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 07:26:19

Qazi



Qazi ot go‘shtidan tayyorlanadigan tansiq taom bo‘lib, qadimgi chorvador xalqlarning go‘shtni uzoq muddat saqlash maqsadida konservalash usullaridan biridir. Bu taom azaliy chorvachi bo‘lgan mo‘g‘ullarda, qozoqlarda, qirg‘izlarda, boshqir va turkmanlarda ko‘p tarqalgandir. O’zbekistonda bu taom ko‘proq Toshkent shahrida tayyorlanadi.

Qazi tayyorlash uchun ot go‘shti va yog‘ini uzunligi 10-15 sm, eni esa 3-4 sm keladigan tasmalarga kesib chiqasiz. Har bir bo‘lakka tuz va zira ishqalab, sirlangan idishga solib, ustini yopiq holda 4 soatdan 24 soatgacha saqlaysiz. Qancha ko‘p saqlansa shuncha tuz yeb, zira xidiga ham to‘yinadi.

Ot ichagini ag‘darib, bir necha bor iliq suvda tuzni ishqalab yuvasiz. Shilliq moddasi ketgach, qatiqqa botirib qo‘yasiz. Bu ham 4 soatdan 24 soatgacha turadi.

Ichak 30-35 sm qilib kesib chiqilib, bir tomonini yaxshilab bog‘laysiz. Keyin unga bitta yog‘ va go‘sht qilib tiqib chiqasiz va ikkinchi tomonini ham bog‘lab yoysimon qilib ikkalovini tang‘ib qo‘yasiz.

Qazini saqlash: Qazini qurt-qumursqa tegmaydigan joyga osib qo‘yish kerak. Agar uni uzoq muddat ushlab turmoqchi bo‘lsangiz, 10-12 sm qalinlikdagi un ichiga ko‘mib qo‘ying.

Qazini pishirish: Qurumidan yuvib tozalangan va ivitib biroz yumshatib olingan qazi sovuq suvli idishga solib sust olovda 3 soat miltiratib qaynatiladi. Yangi qazi esa 2 soat qaynatilsa ham bo‘ladi.

Qaynab chiqishi bilan bir necha joyiga nina uriladi. Pishgach, olib havoda sovutiladi. Dasturxonga sovugan holda parrak qilib to‘g‘rab tortiladi. Qazi parraklarini odatda norin va osh palov bilan birga dasturxonga tortish urfga aylanib qolgan.

Yoqimli ishtaha!

Eslatma: Ot ichagi tanqis bo‘lgan holda, hozirda kolbasa tsexlarida ishlatiladigan, sun’iy qoliplarni ishlatish mumkin. Ularni topish oson va ular ot ichagidan arzonroqdir. Fotodagi qazilar aynan shunday qoliplarga tiqilgan.

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 07:27:53

Dimlama



Kerak bo‘ladigan masalliqlar:

-   1 kg qo‘y go‘shti va dumba yog‘i
-   500 g kartoshka
-   500 g pomidor
-   3 dona bulg‘or qalampiri
-   200 g piyoz
-   300 g karam
-   ukrop, kashnich urug‘i , sarimsoq piyoz va tuz

Go‘sht va dumba to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Shakli tuxumdan keladigan kartoshka tanlab olinib archiladi.

Qizib turgan qozonga dumba yog‘i uni ketidan esa tuz, zira va kashnich urug‘i solinib, ketidan go‘sht bo‘laklari terib chiqiladi. Uni ustiga ham xuddi shunday ziravorlar sepiladi.
Go‘sht ustidan kartoshka terib chiqilib, unga ham ziravorlar ta’bga ko‘ra sepiladi.
Oldindan to‘g‘rab qo‘yilgan pomidor, bulg‘or qalampiri, piyoz va karam esa ularning ustidan solinib uni ustidan sarimsoq piyoz boshligicha qo‘yiladi.
Usti yopilgan qozon past olovda 1 soatcha turadi.

Tayyor taom issiq holda salat bilan dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan


sevar  15 Oktyabr 2007, 13:02:35

        " PIZZA"
Ko'pchilik sevib istimol qiladigan taom bo'lib xar xil tayyorlanadi. , shulardan  birini tayyorlashni o'rganamiz.
................................
   Xamiriga:
Un, tuz, suv, achitqi(дрожжи)
.................................
 Mayonez, tomat pastasi(2-3osh qoshuq) , sir, balgarskiy(zangor), gusht(hoxhishga qarab)( tovuq,kalbasa sosiska,...)piyoz,quziqorin.
Xamir tayyorlash:
................................
iliq suvga achitqi solinadi so'ng un bilan birgalikda juda ham yumshoq xamir olinadi va ko'pchuncha o'rab quyiladi.
.................................
             Ustiga:
Mayonez bilan tomat pastasini aralashtiriladi bir xil massa xosil bo'lgunga qadar. Gusht yupqa qilib to'g'raladi(istalgan shakda)
piyoz , pomedor (yupqa parrak-parrak),sir qirg'ichdan o'tkaziladi,balgarskiy va quzqorin xam yupqa (samoncha) shaklida,
     Tayyorlash:
Ko'pgan hamir (lestni ustida yog'lab)juda xam yupqa qilib ,qo'l  bilan yoyiladi. So'ng tomat,mayonezdan tayyorlangan massani yaxshilab suriladi, pomidor,balgarskiy,gusht, piyoz, quziqorin, eng ohiriga sir qalin qilib sepib chiqiladi.
Duxovkada 250- 300 gr-da 10-15 daqiqa davomida pishiriladi.




Yoqimli ishtaha! :D
 


Qayd etilgan


sevar  15 Oktyabr 2007, 13:32:37

  " Shaurma"
..................................................
Go'sht(xoxishga qarab)
kartoshka
Sabzi
Bodring
Karam
Pomidor
Sir
Mayonez
Chisnok
...........................................................................................
Gusht(tovuq gushtini maslahat beraman) suvda pishirilib, so'ng duxovkada bir oz yo'g'lap qizartirib olinadi.
kartoshka samoncha shaklida qovuriladi,(yoki magazindan tayyor paketlarda qovurilgan)dan (sharoitga qarab)foydalanish mumkin. Mayonez uchiga chisnok(1-2 bulakchasi) va murch solib aralashtiriladi.
Karamdan va sabzidan  salat qilinadi.
Karam salar:  Yupqa samoncha shaklida to'g'laladi ,yog' tuz, chisnoq(izib s-i)
Sabzi salat:    Sabzi qirg'ichdan samoncha shalida, tuz, yo'q, kashnichdona(maydalangani)
Qolgan xamma masalliqlar xam somimcha shaklida to'g'raladi.
................................................................................................
Xamma masalliqlardan oz ozdan ustma ust qilib xamir ichiga solinadi va rulet shaklida o'raladi.Xamiri (super market va boshqa dukonlarda sotiladi) Agar iloji yo'q bo'lsa uy sharoitida xam oddiy xamirdan juda xam yupqa qilib yoyib(chalpak singari)lekin ,yog'siz (сковорода)da yumshoq qilib pishirish mumkin. Mayonezni istasangiz ichiga yoki uzingiz surib istomol qilishingiz mumkin.
   



YOQ'IMLI  ISHTAHA! :D

Qayd etilgan


sevar  15 Oktyabr 2007, 13:34:17

Tushunmagan joyilar bo'lsa so'rasalaring bajonidil javob beraman(inshaolloh)

Qayd etilgan


ibrohim  15 Oktyabr 2007, 20:03:08

Rahmat, shunaqangi savob ishlar qilib turganizda bizi saytimizga han jo'natvorin agar qiyin bo'masa

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:54:40

Kabob



Kerak bo‘ladigan masalliqlar

-   1 kg qo‘y go‘shti
-   200 g dumba yog‘i
-   tuz
-   zira
-   maydalangan kashnich urug‘i
-   1 choy qoshiq qora yoki qizil maydalangan garimdori
-   2 choy qoshiq uzum sirkasi

Qo‘y go‘shti va dumba yog‘i 10-15 g atrofida to‘rtburchaksimon qilib maydalanadi. Unga maydalab to‘g‘ralgan piyoz, tuz, kashnich urug‘i va uzum sirkasidan ta’bga ko‘ra qo‘shiladi. Ayrim hollarda bu masalliqga limon suvi yoki maydalangan kivi qo‘shiladi, bu kabobni yumshoq pishishiga sabab bo‘ladi. Bular yaxshilab aralashtirib usti yopiq idishga solib qo‘yiladi. Masalliq o‘rtacha 4 soat shu holda turadi.

Yaxshilab tuz yegan masalliq sixga 6 donadan tiqib chiqiladi. Ikkita jaz va bitta dumba ketma ketligida tiqilishi maqsadga muvofiq.

Sixga tortilgan kabob, ko‘miri yoqib qo‘yilgan quraga terib chiqiladi. Olov bir tekisda yoyib chiqilgan bo‘lishi kerak. Agar yog‘ erib ko‘mir yonib ketsa, olovni suv bilan o‘chirish kerak.
Tayyor kabob issiq holda dumaloq qilib to‘g‘ralgan piyoz bilan dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 07:03:23

Chuchvara



Chuchvara asli qadimgi Xitoy xalq taomi bo‘lib, bu taomning asl nomi barakdir. Chuchvara "œteshik barra" so‘zini buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan, chunki chuchvarani barmoqqa o‘rab tugush jarayonida teshik hosil bo‘ladi. Shu sababli tojik tilida ham bu taom "œteshibara" deb ataladi.

Chuchvara tayyorlash:

Xamirni qattiq qilib qorasiz, zuvala qilib o‘rab, 10-12 minut tindirasiz. Tingan xamirni olib yana bir bor mushtlaysiz. Yana zuvala qilib, so‘ngra patirga o‘xshatib yoyasiz. Urvoq sepib, o‘qlovga o‘rab, 2 mm qalinlikda yoyasiz. Yoymadan 5x5 sm keladigan kvadrat jiltlar kesib, xar birini o‘rtasiga 1 choy qoshiqda qiyma solib chuchvara tugasiz.

Qiymasini tayyorlash:

Go‘shtni yog‘liqroq qismidan olib, qiymalagichdan chiqarasiz. Qiymaga juda mayin qilib to‘g‘ralgan piyozni qo‘shib mijg‘ilaysiz. Yana qiymaga ta’bga ko‘ra tuz, murch va zira ham qo‘shish kerak bo‘ladi.

Chuchvaralarni qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Ular suv betiga sizib chiqqandan so‘ng yana 1-2 minut davomida qaynaydi.

Pishgan chuchvaralarni chovli yordamida suzib olib, biroz xovrini chiqarib, so‘ngra likopchaga solasiz. Ustiga ozgina murch va qatiq solish yodingizdan chiqmasin.

Yoqimli ishtaha!

Qayd etilgan


sevar  18 Oktyabr 2007, 14:27:49

                "Shahona tovuq"
Masalliqlar:
 Tovuq oyoqlari.
 Mayonez, kartoshka.
 Sir va ziravorlar.
Tovuq oyoqlarini taomni tayyorlashdan 1 kun avval  yaxshilab (мариновать) qilib qo'yiladi.
tayyor bo'lgandan so'ng:
Tovuq oyoqlari ustiga yupqa qilib kesilgan sirlar bir tikkisda terib chiqiladi so'ngra mayonez  suriladi. Kartoshka 1sm qalinlikda bo'lakchalarga bo'linadi. Lestga yog' surib tovuq  oyoqlari va kartoshkalar tekkisda yerib chiqiladi. (ustma ust bo'lib qolmasin)
Maslahat:
Sir albatta mayonez ostida bo'lishi shart mayonez sirni qurib qolmasdan yumshoq ushab turadi. Qizarguncha pishirilsa mazzasi yanada shirib bo'ladi.(duxovkada200gr)pishiriladi.



      YOQIMLI ISHTAXA! :D


Qayd etilgan