Birgina "yo'q"ning oqibati.- Allo!Maktub jurnalimi?
-Ha marhamat...
-Qo'limga jurnalingizni avvalgi soni tushib qoldi,shuning uchun sizni bezovta qilyapman.
- Qay jihatdan e'tiboringizni tortdi bey afandi?
- Mening ham vijdon azobim bor. Yozishini yoqtirmayman,telefonda aytsam yozib olasizmi?
- Albatta mathamat qilib ayting,sizni tinglaymiz.
- Men sotsialist oilaning o'g'liman. Bolaligimdan Islomni sahro qonuni ekanini eshtib o'sdim. "Alloh,Alhamdulillah" so'zlari bizning uyimizda eshitilmas,kim Allohga ishonsa undan nafratlanardik.Garchi o'sha zamonlar bizning uyimizda pinhon aytilgan "sahro qonuni" haqoratlari endi bu millatning oynayi jahonida rasman yangramoqda,bunga hech kim hech narsa demaydi, hamma beparvo.
- Ha,to'g'ri,haqlisiz. Millat sifatida uyushdik,balki,nasl nasabsiz bo'ldik. Ilgari islavothonalarda ko'rilgan manzaralar bugun uylarda tomosha qilinmoqda. Lekin:"Yuvosh otning tepkisi qattiq bo'lar" deyishgan ota-bobolarimiz. Azaldan arslonday bo'lganlar har holda bir kuni otchalik ishga yaramoqni biljaklar.
- InshaAlloh deylik,nasib bo'lar...
- Bir millatga o'z-o'zidan nasib bo'lmaydi...
- Haqlisiz da'vat zarur.
Tog'ri. Men mavzuga qaytay.Shunday qilib dinsiz sharoitda o'sdim.Namoz o'qiganni ko'rsam jahlim chiqar edi.O'zi dindorlardan nima istardik,hanuz tushunolmayman. Kichik zobit bo'ldim. Albatta,tajribasiz edim.Askarlarga buyruq berish menga juda yoqar,ammo men askarni so'kmadim,onasiga til tekkizmadim. Men boshqa ayb qildim.Juda katta ayb. Navbatchi kunimda bir yigit yonimga keldi. Yig'lardi. Ikki kun avval namoz o'qiyotganini ko'rganim uchun yuragimda unga nisbatan nafrat boridi.Unga g'azablanib qaradim.
- Gapir yigit nima istaysan?
- Kapitan, hotinim og'ir kasal ekan. Balki o'lim to'shagidadir. Meni yo'qlatganmish. Uch kunga ruhsat bersangiz,borsam ayolim shi shaharda, Zattunburnida.
- Jim-e! Ko'ppak bolasi! Askar avratni o'ymalaydi.Askarni yagona dardi bor,u esa - Vatandir!
- Ammo, afandim...
- Jim! E,seni afnadingga... Yigir bir soatdan keyin yana keldi.
- Kapitan siz bilmaydigan ishlar ham bor, javob bering, yo'qsa qochib ketaman.
- Sen-a? Senmi, hali meni qo'rqitadigan? Bor nafratim bilan butun qasdu qasosim,qasosim borday, shu o'chni olayotganday basharasiga musht tushirdim.Burnidan qon keldi. Go'yo vahshiy hayvonga aylangandim, hech marhamat tuymasdim o'zimda. Qonlarini arta-arta gapirardi.
- Qo'l-oyog'ingizni o'pay kapitan! Menga ruhsat bering.Mayli keyin o'ldiring,bu juda muhim.Ho'ng-ho'ng yig'lab yana so'zlardi.
- Ha-ha... shu yerga qoziq qilib qoqsangiz ham mayli,g'ing demayman.Faqat ayolimni Nurtanimni bir ko'rsam bo'ldi...
- Nima bo'ldi hotiningga ayt!
- Qo'lingizni o'pay kapitan, Rahmat so'g bo'ling, so'lashimga izn berdingiz, naryog'iga ham ruhsat berarsiz.Biz Nurtan bilan turmush qurganimizga iiki yil bo'ldi. Onam uni qo'yib qo'shnimizni qiziga uylanishimni hohladi. Men ko'nmadim. Ammo unga hiyonat qildim. qo'shni qiz bilan yurdim. Hotinim meni sevardi. Buni bilgach tamom bo'ldi. Ko'p yig'ladi. Keyin askarlikka, o'quv mashg'ulotiga olindim. Bu yerga tayinlanganimdan keyin kasalligini eshitib borib bko'rdim. Sarg'ayib so'libdi. "Meni aldamasligingiz kerak edi" dedi.Undan ko'p uzr so'radi. Ammo hafa bo'lgan. Hozir og'ir ahvolda kasalhonada yotibdi, uni ko'rishim kerak.Meni avf etishini so'rashim zarur.
- Bu sen itlarga hos ish! Yeganingni(...) men yuvaymi?Tag'in namoz o'qirmish.
- Yo'q namoz o'qiydigan man emas. arzimurlik Vadat. Lekin u menga juda o'hshaydi. Hizmatdoshlar ham bizni chalkashtirib yurishadi. Ishonmadim. Zamondan ortda qolgan,qoloq yigit meni aldaydimi?Uning yig'lashiga erimadim,ko'nmadim. U tinmay:
- Kapitan namoz o'qishimni hohlasangiz namoz ham o'qiyman. Faqat ruhsat bering,qulingiz bo'lay,- derdi. Lekin ruhsat bermadim. BIr soatdan keyin askarlardan biri kelib achchiq habarni yetkazdi:
- Kapitan, kecha sizdan ruhsat so'ragan yigit joniga qasd qildi!
Dunyon qorong'u bo'ldi. Yigitning yoniga borganimizda o'lib bo'lgan edi. Uni so'nggi manzilga kuzatayotganimizda ham boshimni yerdan ko'tarolmadim. O'zimni o'zimla'natlardi. Oradan 30yil o'tdi... Hanuz vijdon azobi tinchlik bermaydi. Yi'glamagan kunlarim,ruhim jonim yig'laydi. Alloh meni avf qilsa, ohiratda, hamma namzolarimni savobini o'sha yigitga berishni o'ylayman. Zotan namoz o'qishimga ham u yigit sabab bo'lgan edi. Uning achchiq qismati, o'limi sabab... Bularning barini yozing,ho'pmi? Hmmasini yozing![/list]