Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91567 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


Munira xonim  21 Iyul 2006, 19:42:53

Tog'ora.
Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolg'iz o'g'lini tarbiyalab o'stirish uchun tish-tinog'i bilan harakat qildi. Uning orzusi bu o'g'lini hech kimga muhtoj qilmay o'qitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va go'zal edi,ammo turmush qurish haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini o'g'lini boshqa o'llarga qaratmaslik uchun qurbon qilmoqchi bo'ldi.Birovlarning kirini yuvdi,lekin bolasini hech kimga muhtoj qilmadi. O'g'lini o'qitmoqchi,kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi bo'ldi. Shu hayollar bilan oradan yillar o'tdi....
Nihoyat o'g'li huquqshunoslik fakultetini bitirib,hakamlik vazifasida ish boshladi. Onaning sevinchi yeru ko'kka sig'amasdi. Navbat o'g'liga munosib kelin topishga keldi. Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi....Uni rosa ahtardi,izalb-izlab topdi. U zohiran o'zi izlagan qiz edi,botinan esa noma'lum. Ko'rinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini o'z farzandiday yahshi ko'rar,bir soat bo'lsa ham oldinroq to'y bo'lishini hohlardi. Go'yo o'zi turmush qurayotganday. Bir lahza bo'lsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga ko'chmoq istardi. Bir go'shaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga,shirin hayollarga cho'mishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi uyga joylashadigan ashyolarni o'rinlari o'lchovi, mo'ljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy go'zaltus oldi. Bo'lajak kelin qaylig'iga:
- Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi bo'ldi,ammo shu tog'orani qayerga joylashtiramiz? - dedi.Yigit ajablandi:
- Shunday katta uyda bitta tog'oraga joy topolmayapsanmi?Peshtahta ostiga qo'yaqol,- dedi.
- Yo'q, bo'lmaydi.
- Ravoqqa qo'yrsan. Bo'lajak kelin bosh chayqadi.
- Hech bo'lmasa eshik tagiga qo'y.
- U yerga to'g'ri kelmaydi.
- Bitta tog'orani joylashtirolmaysanmi?
- Uni emas, jonim, tog'ora deb onagizni aytyapman, onangizni!
Yosh qizdan bunday gaplarni eshitgan yigit muzlab qoldi.Hayotida boshini toji bo'lgan onajonisi, o'g'li uchun el eshigida ishlagan, onasi tog'ora o'rnida ko'rilmoqda. Demak onasi tog'ora, mayda chuyda narsa tashlanadigan quti. Nahot o'sh jafokash, fidokor ayolni joniday sevgan onasini joylashtirish uchun o'rin yo'q. Bo'lajak yostiqdoshi onasini tog'ora, bir quti o'rnida ko'rmoqda....

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 19:56:42

Jahon hech narsa demadi.Uyga qaytgach ham gapirmadi. Bechora ona bo'lajak kelinini o'zi haqidagi fikrlarini bilmay, tinmay uni so'rar va maqtardi. O'g'il bu holga achchiq jilmayish bilan javob qildi. Nihoyat nikoh kuni keldi.Hozirliklar ko'rildi. Mashinalr qatorlashdi. Salon odamga to'ldi. Odamlar kelin-kuyovni ko'rish ishtiyoqida. Va nihoyat Ma'mur kelindan so'radi:
- Qizim, Ahmad o'g'li Jahonni zavjalikka qabul qildingizmi?
- Ha, qabul qildim.
- Yahshi. O'g'lim siz Zaynab qizi Zalihani zavjalikka qabul qildingizmi?
- Yo'q!... Yo'q! Qabul qilmadim.
Bu so'zdan hamma oyoqqa turdi. Hayrat bilan hamma kuyovga qarar edi. Ma'mur hayajonlanib, shoshib qoldi.
- Ho'sh, hozirgacha qayerda edingiz?
- Taqsir,otamdan erta qoldim. Ularni vafotidan keyin onam meni ota bo'lib ulg'aytirdi. Bu yo'lda birovlarning eshigida ishladi. Meni muhtoj qilmaslik uchun kechani kecha, kunduzni kunduz, issiqni issiq,sovuqni sovuq demay ishladi. Yemay yedirdi, kiymay kiydirdi,meni o'qitdi, odam qildi. Onam endi mening yonimda o'tirib rohat ko'radigan huzur topadigan paytlarda siz ko'rib turgan mana bu kelin onamni tog'oraga,qutiga(ahlat qutisi deyolmadi)tenglashtirib, unga o'z uyidan joy berishni hohlamadi.Onamni tog'ora deb uni hohlamadi. Mening onamni hohlamagan unga bunday muomala qilgan ayolni men ham hohlamayman! Marhamat qilib onasini tog'ora degizadiganga tegsin!- dedida o'rnidan turib, onasini qo'ltiqlab hayratlar va ko'zyoshlar aro to'yhonadan chiqib ketdi...
Bu hodisadan keyin qiz uyiga qaytdi.Oradan 20yil o'tdi. Hali hanuz turmushgachiqmadi, chiqolmadi.Hanuz boshi ochiq.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Iyul 2006, 08:45:39

Hayvonning haqqi.
Qimmatli opa-singillarim. Bu hodisani Allohning amriga muvofiq Islomiy yashagan usyozimning tilidan eshitganman. U kishi aytdilar,men yozdim, siz o'qing. Bu ibrtali hodisadir.
"Mahallamizda,uyimizning ro'parasida bir qo'shnim bor edi. Ko'chib kelgan kunimiz hamma qo'shnila "hush kelibsiz" deya kutib olishdi. Ammo o'sha qo'shnim bilan ko'risha olmadim. Boshqalarda so'radim, shofyor ekan, namoz ro'za bilan ishi yo'q deyishdi. Mayli, Alloh hidoytga boshlasin, ddim. Bomdod vaqtida shovqin eshitildi. Qaradim. Katta ochiq yuk mashinasi eshik oldida to'htadi. Haligi qo'shnimiz kelganini bildim. Soat o'nda hotinmga:
- Men bog'da bo'laman, yahshilab choy damla, qo'shni kelibdi, nonushtani birga qilaylik,- dedim.
- Yahshi, lekin sap tersroq emish,- dedi hotinim.
- Mayli qo'yaver,- dedim. Bog' aylanib yurganimda qo'shni ko'rindi. Mayin tabassum bilan:
- Hush kelibsiz qo'shni,- dedim. Birinchi ko'rishdayoq mahmadonalik qilib javob berdi:
- Hush ko'rdik, otahon. Siz kimsiz o'zi?
- Biz endi ko'chib keldik, yangi qo'shnimiz, mana bu bog'da birga choy ichaylik marhamatr qilng,- dedim. Qo'lidagi sigarani tutatib keldi. Kimligi holidan ma'lum edi. Havodan, suvdan biroz gaplashgan bo'ldik. Mening diniy domla ekanligimni bilishi bilan bezovtalana boshladi. Angladimki,osonlik bilan yo'lga yuradiganlardan emas. Ammo Rasululloh s.a.vni, Imomi A;'zamni hotirladim. Sukut qildim. Choy ichdik. Asosiy hodisa keyinroq boshlandi....
Bu qo'shnimiz ichar, baqirar, magnitafonni jaranglatib qo'yar,qo'shnilarni bezovta qilardi. Oradan bir hafta o'tdi. Qo'shnimiz uyiga jigar olib kelib oshhonaga qo'yibdi. Mahallaning mushugi paqqos tushiribdi. Bechora jonivorni ushlab olib, titi pitisini chiqarib, qopga solib, ustidan mazut quyib yoqib yuboribdi. BIz namozdan chiqib keldik, mahallada shovqin suron, ahvolni aytib berishdi. Hammamiz jnivorga achindik,lekin qo'limizdan nima ham kelardi. Bo'lar ish bo'lgandi.
- Qo'shni shu ishni qilmasangiz bo'lardi, gunohga qolibsiz,- dedim. Menga betamiz so'zlar aytdi...
- Bu odam telba Allohda qo'rqmaydi. Baloga uchraydi bir kun, hafa bo'lmang,- deyishdi. Lekin man ko'p hafa bo'ldim. Oradan ko'p o'tmay qo'shni halokatga uchradi, hamma yengil torib, sevinganday bo'ldi. Lekin men ko'proq achindim. O'z-o'zimga dedim:"Suv tog'ra suv yo'lida sinadi". Ziyorat kuni kelid. Qo'shnilardan hech kim kirmadi. Men bordim. Holbuki, qo'shni menga qo'pol muomala qilgandi. Qo'shni haqqini o'ylab bordim. Borganimda hushi o'zida emasdi. Tarmi kuygan holda yotardi. Uyidagilar boshida yig'lashardi. Bir hafatadan beri alahlaydi deyishdi. Men ham eshtib seskanib ketdim. Og'zidan shu so'zlar chiqardi:"Mushukni torting!Uzoqlashtiring, oling mushukni!Yoqqan mushugim meni yemoqda!" derdi. Ko'p turolmadim, u yerdan cghiqdim.
Yo Rab! Naqadar Ulug'san! Birovning haqqini birovda qildirmassan, hatto hayvon haqqini ham! Allohga beadad shukrlar qildim. Alloh huzurida zolimdan hisob so'raydi. Lekin bandalari kabi shoshilmaydi".

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Iyul 2006, 19:44:01

Povilyo'nga qanday tushib qoldim.

Yomon yo'larga kirib ketayotgan ayollarning ismini eshitar, rasmini ko'rar edim. Lekin duch kelib yaqindan suhbatlashmagandim. Yig'inda bir honimni uchratib qoldim. Ko'rinishidan Islomiy yashashi bilinib turardi, islomiy kiyinib olgan edi. Suhbat aylanib ayollarning yomon yo'lga kirib qolishiga kelganida, opa barchaning so'zini bo'lib, bu haqda shunday dedi:"Ayollar yomon yo'lga islomni bilmaganlari uchun kirib qolishyapti".
Lutfiya opa bu haqda bizga tushuncha berishga harakat qildi. Biz hayratimizni yashirolmay so'radik:
- Islom bo'lmagan joyda insonlarni buzuvchi hodisalar bo'lishi va qandaty najot topish mumkinligi haqida bizga shunday aytyapsiz-ki, odamda bu ayol o'sha yerlarda bo'lganmikin, degan hayol paydo bo'ladi. O'zingiz o'sha yerda bo'lganday gapiryapsiz.
Shunda opa ovozini pasaytirib, bizni yanada hayratga soluvchi javobni berdilar:
- Men ham 15 yil o'sha botqoqlik ichida qoldim. Hozir, Alhamdulillah, Islom bilan sharaf topdim. Shu sababdan bu haqda gapiryapman.Hayajonimizni bosob, aytganlarini yozmoqchi ekanligimizni, qanday hidoyatga kelganlarini bilmoqchi bo'lganimizni aytdik. Uchrashish uchun bir kunni belgiladik...
Va suhbatlashdik.Opa aytdi, biz yozdik, marhamat siz ham habardor bo'ling!
"O'tmishimni aytib beraman. u hayot mening hayotim, Ammo hatolarimni boshqalar muhokama qilishi mumkin. Insonning botqoqqa botishi aqliga bog'liq. Mening hafrat natijasida botqoqlikka botishim sabablarining ko'pi har insonning ahyotida kechishi mumkin. Ko'rinishdan kichik narsalar, ammoularning hammasi birlashsa inson ezilib qoladi.Iymonsizlik bilan bergan mashqqat bialn chohga tushib qolasiz. Keyin Alloh hohlasa, Allohning lutfi karami bilan bu chohdan chiqib olasiz.
Davomi bor....

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Iyul 2006, 19:59:05

Davomi...
Tug'ilishim bilan yolg'izlik.

Onam Marsinning bir tumanida, otam esa Marsinda yashagan. Ish sababli tumanga kelgan otam bilan onam orasida yaqinlik paydo bo'ladi. Otam shahar hayoti jozibalarini aytib bergach, onamni shaharda yashash istagi chulg'ab oladi. Otam va oanm turmush qurishga qaror qilishadi. Onam qishloqda otamga turmushga chiqadi. Lekin shaharga tushishgach,otam oldin uylanganligi va oilasi borligi ma'lum bo'ladi. Otamning honadonidagi ko'pchilik onamni hohlashmaydi.Bu orada onam menga homilador bo'lib qoladi. Lekinotam oilasining onamni yoqtirmasligi tufayli men tug'ilgach, ikki oydan keyin, onamni hech narsasiz ko'chaga haydaydi. Onam qarindoshinikidan boshpana topadi.Mening hayotimda islomni chetlab o'tish tug'ilmasimdan oldin boshlangan. Onam ko'p o'tmasdan boshqaga turmushga chiqdi.Men o'rtada qoldim."Bolada ulg'aygach esidan chiqib ketadi", deyishadi,lekin bolalik qanday boshlangan bo'lsa, keyin ham shunga ko'ra davom etadi.Meni ona tarafidan buvim olib ketdi. Na onam bor, na otam. Otam shapaloq ursayu,onamning tizzasida yig'lasam deb qanchalar istardim. Mehr muhabbatsiz hayotim davom etardi. Men besh yoshga kirganimda otam:"Men boy bo'lsam,nega bolam qiynalishi kerak,olib kelaman", deydi. Ammo islomni bilmagan oilada o'gay ona borligi bu ishga mone'lik qiladi. Bu holga toqat qilolmagan otamning ammasi meni olib ketdi. Moddiy boylikka yetishib, ancha rohatli hayotim boshlandi. Ammamning uylari men almashtirayotgan 4- uy edi.Ammam mahallada dindor sanalsalar-da, mening dindan habarim yo'q edi. Ruhimda sevgi, qalbimda qo'rquv yo'q edi. Faqat Allohning ismini bilardim. Yomonliklardan qanday himoyalanaman, himoyalanish zarurmi?Hech narsadan ahbarsizpeshonamga yozilganidan norozi holda yashab kelardim. Va o'sib- ulg'ayib borardim.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Iyul 2006, 20:32:10

Juftimdan kutganlarim.

Ulg'ayish har inson hayotidagi Yaratuvchining eng go'zal qonunlaridan biri. Bo'yiga yetgan qiz turmushga chiqishga tayyor nomzoddir. Shulardan biri men edim. Zamonaga muvofiq holda meni o'stirgan ammam hamma narsamni hozirladi. Ota uyini ko'rmasdan, 16 yoshimda turmushga chiqdim. Erimni yaqindan bilmayman, tanimayman. Tanisam-da biror narsani farqlash mushkul edi. Chunki ammam ham men ko'zlagan narsani ko'zlardi.. Mol dunyo, pul. Do'kondor erimda bular bor edi. Turmushga chiqqan kuni erimdan bir narsalar kutdim. Uning ayoli sifatida hurmat qilinishini istardim. Lekin unga bunday tuyg'ualr begona edi. Ba'zan meni bezovta qiluvchi hodisalar bo'lar, shunda namoz o'qishni istardim. Yan aistardimki, juftim menga namoz o'qishni o'rgatsa. Lekin chala chulpa bilganim g'uslni ham unga men o'rgatdim. Turmushga chiqishim bilan ichimdagi bo'sjliq kengayib vahimali tus oldi. Ammo bo'shliqni qanday to'ldirishni bilmasdim. Farzandlar ko'rdim. Nima bo'layotganini bilamsdim. Ona bo'lishim ahm meni bo'shliqdan qutqarmadi. Qabohatning kattasi menda edi. buni o'shanda anglamasamda, hozir his etayapman. Chunki men islomni tanidim. Shu sababdan ayblash yo'liga o'tmasdan, asos bilan uyg'un holda o'ylab, har neni tushunishim lozim. To'g'ri turmushga chiqib, farzandlar ko'rdim. Lekin erimning muhabbatini ko'rmadim. Onasiz o'sganim uchunmi,onalik ne ekanligini ham bilmadim. Yoshim19da edi... Ayni yosh va go'zal paytim... Go'zalligimni ko'z-ko'z qilardim, bu borada mahalla ayollari bilan musobaqa o'ynashardik. Ko'picha mendan o'tadigani topilmasdi. Va bu vaqt ichida hech kim tomonidan ayniqsa, erim tomonidan sevilmadim. U juda ham yomon inson emasdi. Na urar, na sevardi. Faqat yashash majburiyati uchungina men bilan yashar edi.
Davomi bor...

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Iyul 2006, 10:23:31

Davomi...
"Xo'jona" qo'shmachilar.

Biz tomonlar "johiliyat" hayotini kechirayotgan edi. Johiliyat deyilsa, odatda Arabistonning qadimiy davrlari tushuniladi. go'yo johiliyat endi yo'qdek. Meni va men kabilarni ko'ngilochar joylarga tushirgan johiliyat emasmi? Islom hukm surmagan jamiyat johiliyat davrlaeidan birini yashayotgan bo'ladi. Bunday jamoa ichidagi ko'pchilik ayollarning ko'zi va ko'ngli erida bo'lmaydi. Ularda bir hushtor topsam degan fikr mavjud. Menda bunday fikr bo'lmasada, o'sha jamoat ichida edim va o'sha fikr tomon ketayotgan edim. Marsin va Adonada "ho'jona"lar bor edi. Ho'jona - oilali ayolning dushmani. Ular bokira qizlar bilan mashg'ul emas, turmushga chiqqan ayollarni yo'ldan urar edi. Ayollarni mo'ljalga olib tuzoq tashlab qo'yar, vaqti kelib o'qi nishonga tegar yoki har jihatdan parishon ayolning o'zi bu tuzoqqa kelib tushardi. Va oqibatda bunday insonlarga tobe'bo'lib qolardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Iyul 2006, 10:40:16

Sevgi qanday hilqat?

Bir kuni bolaligimdan tanish bo'lgan keksaroq ayol marsinlik bir tujjorni maqtay boshladi. Avvaliga hech narsa tushunmadim. Faqat kunlardan bir kuni:
- Qizim, ahmoqlik qilma, Bir-ikki soatlik suhbatdan nima zarar ko'rasan, qolaversa, senga yahshi muomala qiladi, sevadi,pul beradi,- dedi. Uning bunday so'zalrini oldin eshitmagan edim. O'yladim. Oilalik ayol begona erkak bilan qanday munosabatda bo'ladi? Sevgi qanday tuyg'u o'zi? Ajabo?
Ko'p o'tmasdan ho'jona yana keldi:
- Tujjor seni do'konga taklif etyapti,- dedi. Borsammikan, deb o'yladim. Erimga qaragnada men harakatchan va go'zal edim. Hech kimuni menga loyiq ko'rmas, menga achinib qarashardi. Menga musulmon bo'lmaganim uchun achinmaganlar,erim rosmana odam bo'lmaganiga achinardilar. Bu esa atrofimdagilarni kimligini bildirib turardi. Bu taklifni olganimda turmush qurganimga to'rt yil bo'lgandi. Kichik yoshimda turmushga chiqib mehr shafqat ko'rmaganim uchun, bunday taklifdan keyin o'zimda afzallik va ustunlik sezdim.21 yoshga kirganimda erkak ayolni qanday munosabatda bo'larkin, degan qiziqish uyg'ona boshladi. Bu qiziqish ostida takliflarni qabul qilar eknman, yana vijdonim ham qiynalardi. Ammo ho'jonalar mening zaif nuqtamni topgandilar. Tinimsiz sevgidan gapirar, taklif qilganlar meni juda ham sevishlaridan lof urishradi. Men esa erimga hiyonat qilishdan qochardim. Bu orada yana bir taklif bo'lib qoldi. Bu odam bichish-tikish ustahonasining boshlig'i edi. Meni sevishi, mensiz yashay olmasligini gapirardi. Borsammikan, degan taraddud orasida yurardim. Tikuvchi bilan suhbatlashishdan nariga o'tmadik.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Iyul 2006, 14:14:34

Birinchi bosqin.

Ayni paytda atrofimdagi muhit "yetilgan" edi. Dugonalarimning hech qaysisini Islom bilan aloqasi yo'q edi. Ilgari Islomni bilib unga muvofiq yashagan bo'lsakki, shunga k'ra hayotimizni davom ettirsak. O'sha kuni bir tanish ayolnikiga borish uchun erimdan ruhsat so'radim. O'sha ayolning nomussiz va ahloqsiz ekanligini erim bila turib, menga ruhsat berdi.Uyiga kirb o'tirgan edik,o'sha yerning dongdor qassobi kirib keldi. O'zimcha:"Meni tinmay taklif qilayotganlardan bo'lsa kerak", deb o'yladim. uy egasi:
- Sen uchun do'konini yopib kelibdi. Ichkaridagi honada galashinglar,u seni yahshi ko'radi, sevadi. Seni yahshi ko'rganlarni sen ham hurmat qil,hush ko'r,- dedi. Bu so'zlar mening ko'nglimni yalaovchi, istamasam ahm o'sha tarafgha tortuvchi va yolg'ondan bo'lksada, sohta tuyg'ular hurujida rozilik bildirdim. Men qassob o'tirgan honaga kirishim bilan eshikni qo'ng'irog'i chalindi. Shoshilinch ovoz eshitildi:"a-a!ering!"
Birdan...nima qilishimni bilmay qoldim. Ammo vaqt o'tib,meni bunday munosabatlarga altgani, sababchi bo'lgani, bunga yo'l qo'ygani uchun erimdan nafratlanib ketdim. Qassob o'zini eshik ortiga olib yashirindi. Erim ichkariga kirib, qassobning zamonaviyligini ko'rsatuvchi kalavatidan tortdi. Bu hodisa bizni ajrashish uchun sudgacha olib bordi.... Lekin Islomsiz hayotning yolg'onlari davom etardi. Deyildiki:"Qassob qarzini uzish uchunkelgan Eri esa honimni rashk qilgani cuhun tuhmat qilgan". koshki rashk qilsa edi.O'zimni bunday tutganim uchun suyaklarim singuncha ursa! Ammo qayoqda...bunday qilish tugul, meni haydab ham yubormadi....yana uyga qaytdim.
Davomi bor....

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyul 2006, 11:35:48

Uyat.

Uyalardim. Jazmanlarga borishga, suhbatlashishga uyalmagan odam endi uyalardim. Mahallada mish-mishlar ko'payib qoldi. Nimalar deyishmadi. Hatto ahloqi nodurust kishilar ham men bilan suhbatlashmay qo'ydi. Bir yil shu tariqa davom etdi. Bu orada ikki bolaning onasi ham bo'ldim. Bunday mish-mishlar, mehrsiz er, ona muhabbatini to'la ko'rmayotgan bolalar va achchiq kunlarim davom etardi. Halo oldinda bu kunlarning mashaqqatlari kutib turardi. Allohim, Inshaaloh, avf etgan osha kunlar uchun faqat men javobgarmidim yoki men bilan birga mas'ulligini bo'lniga olmagan, Qur'oni Karimni yukini zimmalarida tashigan musulmonlar ham javobgarmi? Bir yildan so'ng ham ho'jonalar ham ortimdan qolishmadi. Bu orada onam bilan topishdim. Ucharshuvimiz ham g'alati bo'ldi. Bolalarni olib aylangani ketayotganimda, qarshimdan kelayotgan ikki-uch ayolga ko'zim tushdi. o'rta yoshlisi kelib:"Qizim,bo'yi basti bunday, ismi falon, shunday ayolni taniysizmi?"- deb so'radi. Ayol meni ta'riflayotgan edi. Hech narsa deyolmadim, faqat "Ona-a-a!" degancha onamning bo'yniga osilib yig;aly boshladim. Shundan keyin onamning yoniga tez-tez kela boshladim. Onamdan tasalli ahtardim,lekin undan ham topmadim. Ho'jonalar bezor qilib yuborishdi. Jonimga tegishdi, ammo men ularning joniga tegmadimErimni sevmasam ham,balki o'sha ayollar bo'lmaganida oilamni buzmasmidim. O'sha yomon hayotning ayoliga aylanmasmidim. Bir narsa diqqatingiz tortmadimi? Men ham o'shanda e'tibor bermagandim, ammo Islomni o'rgangach...Bizlarni buzuq yo'lga boshlamoqchi bo'lgan hotinlarning qanday nomlanishiga qarang"HO'JONA" - go'yo ustozlar ayollarni yomon yo'lga solmoq uchun mashg'ullar, bu subutsiz ayollarni ularning nomi bilan atashadi.
"Sevgili va qimmatli Lutfiya! Sizni ko'rgach, sevgi neligini angladim. Behad go'zal ayolsiz. Oilangiz, bolalaringizni borligining hech ahamiyati yo'q. Menga, menikiga kelsangiz bo'ldi. Sizga sevgi to'la heyot bag'ishlamoqqa harakat qilardim".
Bilasizmi, bu maktub qarshisida ne holga tushdim?Shunday hayajonlandimki!.. Ayol ham hech seviladimi?...

Qayd etilgan