Bir kecha bo'lganicha bo'ldi. Men qolgan oilaning ayoli bir kunga boshqa joyga ketadigan bo'ldi. Va men uyda uning eri bilan yolg'iz qolishimning zarari yo'q, ahir ular ham men o'ylagndek o'ylaydilar, deb hisoblardim. O'sha kech uyqum kelmadi. Aka, uhlolmyapman, suhbatlashaylik, dedim. U honamga keldi. Suhbatlashish o'rniga nohush qiliqlar qila boshladi. Qotib qoldim. U davom etar, lekin ikkimiz ham kiyimda edik. Albatta yomon ish sodir bo'lmadi,lein mening sotsialistik birodarlarim, degan tushuncham puchga chiqqandi. E'tiqodli kishi shunday bo'ladimi? Men ruhiy tushkunlikka uchrab,qo'shnilardan jomadon so'radim,nima qilganimni hozir ham eslolmayman. Ko'zimdan ma'no qochganini ko'rgan qo'shnilar,meni polisga olib borishdi, keyin 1-1,5 oy ruhiy kasalhonada yotib chiqdim. Chiqqach yurgan yo'llarimni bilmadim. Avval, boshdan kechirganlardan bildimki, elktr shokda miyyaning bir qismini,hotirani zaiflashtirishar ekan. Menga ham elektr shok qo'llabdilar, shuning uchun ancha narsani hotirlay olmadim. Ammo tuzaldim.O'ynab kulib uyga keldim. uy ishlarini ozmi-ko'pmi qila olardim. Go'zal va yosh bo'lganim uchun, hotini uyda yo'qligida o'sha sotsializm da'vosidagi odam meni yana bezovta qila boshladi. "Men bu qadar irodasiz emasman, nima bo'ldi menga, bilolmayapman", derdi. Ha, Allohni inkor qilgan Uning Yaratganini ham inkor qilar ekan. Ko'ngildagi qarshi jinsga bo'lgan tug'ma hisni inkor etar,lekin Allohning qonuni qarshisida ojiz edi. Men har gal qattiq qarshilik bilan uni to'htatardim.Hayol buzuqligi, qalb aynishi, faqat dindorlarda bo'ladi, deb o'ylardim. Litseyda bir sevganim bo'lardi.Doim uni o'ylardim. Agar menga uylanganida,uydan qochmasdim, sevgim yo'lida hatto sotsializmdan voz kechardim. Ammo unga qochaylik, deganimda u indamadi. Nega qochmoqchisan, dedi. Meni o'zim hohlamagn kishiga uzatishmoqchi, o'qitishmoqchi emas, dedim. Va uning og'zini poyladim,lekin u indamadi. Shunda ham uni o'ylardim. Menimcha,ayol yolg'iz erkakka, erkak ham yolg'iz ayolga ko'ngil qo'yishi mumkin deb o'ylardim. Qur'on ham:"Ayollaringiz o'rtasida adolat qilolmaydigan bo'lsangiz, bittasi bilan kifoyalaning", deya ogohlantirgan. Y'ani erkakning yaratmishi ham umuman bir kishiga (ayolga) ko'ngil berishi mumkin. Bu aslida mavzuyimdan tashqari. Hanuz aybni Islomga ag'darishadi, shuning uchu yozdim.Bu umuman boshqa mavzu, shu bois shu yerda to'htataman.