Otasidan tongan qiz.
Ba'zi voqealarga faqat kinolardagina duch kelasiz. Yoki voqea faqat kinoga hos va mos bo'ladi. Tomosh qilhan kishi balki 0o'shanda yig'lab olar-u, lekin keyin barchasini unutib yuboradi. Vijdon azobi deyilgan tuyg'u esa insonni yeb butirar ekan. Mening vijdon azobim shunday. Opam bir byuroda hizmat qilar, otam esa yaqinimizdagi hokimiyatda farrosh bo'lib ishlardi. Men o'shanda litseyda o'qirdim. Maktabda otangni kasbi nima? deb so'rashsa hech to'g'risini aytmasdim. Otamning farroshligidan uyalardim. Dunyoda bolaning otasidan or qilishidan ham mushkulroq hodisa bormi? Otamdan uyalishimga sabab bo'lgan narsalarni nima desa bo'ladi? Bechora otam bolalarim birovdan kam bo'lmasin deb kech-kunduz tinim bilmay ishlardi.Otam "katta odam" qilmoqchi bo'lgan qizlari esa u farroshlikdan topgan pullarini soch turmaklash kiyimlar, pardoz andoz bo'yoq so'yoqlarga sarflashardi. Shu tariqa otamizning farroshligini niqoblar edik. Uyimizda chiroyli ashyolar yo'qligi uchun hech kimni taklif qilmas edik. Otamning pulini sarflab, o'zidan or qilib yurgan kunlarimizning birida...
Hayotimizning achchiq bir kunida dugonam tug'ilgan kunini nishonladi. Bahoriy liboslarimni kiydim. Sartaroshhonada sochimni turmakladim, manikyur, pedikyur deganlariday.... Gap otganlarga o'zimni og'ringanday ko'rsatardim.Aslida o'shalar,ko'chalardagi shilqimlar uchun vaqtimni, pulimni sarflardim. Ular menga e'tibor berar va natijada ularning gap otishlariga muvofiq bo'lardim. Shu o'ylar bilan ketar ekanman, ko'zim uymalashib turgan olomonga tushdi. Faqat ko'zim tushsa mayli edi.... Oyoqlarim menga bo'ysinmay, o'zim ham o'sha yerga borib qolganimni bilmay qoldim. Olomonga yaqinlashgach, chetdagi farrosh aravachasiga va unga suyab qo'yilgan supurgini ko'rdim. Haloyiq o'rtasida bir odam hayajonlanib baqirardi:
- Birodarlar, bu odamni kim taniydi?Taniydigan bormi bu kishini?
Oldinga bo'ynini cho'zib farrosh kiyimidagi, og'zidan ko'pik sochib, koma holida yotgan otamni ko'rdim. Atrofda meni taniganlar bor. Farrosh otam esa yerda yotibdi, odamlar tinmay javrashardi:
- Voh, bechora, bolam-bo'tam, qozon-qirmoch deb, o'zini o'tga-cho'qqa urdi, halol mehnat bilan pul topaman deya, ko'chada fanolik kechiribdi.
- Yo'q birodar, yo'q. Bu joyning otini shahar qo'yishganu, o'lib ketsang birov bilmaydi. Nomi shaharmish. Ammo haq bizga haq,musulmonlik, insonlik bizga haq!
- Kim bilsin uyidagilari, bolalari eshitsa telba bo'lib qolishsa kerak. Tuzuk bo'lsa uyiga yuborish kerak, bolalari hasta holda ko'rmasin, yana hafa bo'lishmasin.
O'rtaga chiqib, men taniyman,bu kishi meni otam , deyolmadim. Qo'shnim desam ham bo'lardim. OLomon sirg'alib chiqib qochdim.Yerda yotgan farrosh otamni tashlab, olomonga ichimda la'natlar aytib u yerdan tez uzoqlashdim....
Otam o'sha hodisadan keyin ko'p o'tmay olamdan ko'z yumdi. Faqat o'limidan so'nggina uyalganim - farrosh otamdan vijdonim sadosi bilan bir nech savol so'ramoq istadim. Nega uyaldim sizdan, otajon? Meni o'zingizdan uyalmaydigan farzand qilib tarbiyalamadingizmi? Sizning farrosh ekanligingizdan g'urur tuyadigan iftihor tuyadigan hulqni nega menga bermadingiz?Meni vijdon azobiga nega qoldirib ketdingiz otajon? Otalarining nonvoy, etikdo'z, poyabzal bo'yovchi ekanidan g'urur tuyuvchi farzandlar faqat Islom ahloqi asosida Islomiy hulq bilan tarbiya topgan farzandlardir. Bilmadim, o'lim holatida yotgan otamdan qochganim va buning oqibatida vijdonimda iyg'ongan dard o'limim bilan tugarmikan?