Qanday yashayapsiz?
Sahobalar suhbat asnosida o’tgan ajdodlarini eslashdi. Gap o’z-o’zidan ota-bobolar bilan fahrlanishga borib taqaldi. Ular "œmening otam bundoq edi, bobom bundoq bo’lgan", deb ajdodlari bilan maqtana boshladilar. Bir ozdan keyin "œmen falonchini o’g’liman", deyishga o’tishdi. Navbat asli arab bo’lmagan sahobiy Solmon roziyallohu anhuga kelganda, u kishi "œMen Islom o’g’liman", dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu o’rinlaridan turib: "œMen ham Islom o’g’liman", deya yig’lab yubordilar. Majlisdagilar birdaniga o’zlariga kelishib, Umar roziyallohu anhuga qo’shilib yig’ladilar. Chunki ular Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning: "œEy Bani Abdulmuttalib, o’zingizni do’zahdan qutqaring, ey Fotima o’zingni do’zahdan qutqar! Men Allohdan sizga yetadigan biror narsani qaytarishga molik emasman", deganlarini bilishardi.
Islomda insonning qadr-qiymati nasl-nasabi, boyligi, tanasining rangi, millati bilan emas, taqvosi bilan belgilanadi. Allohning farz qilgan nizomlarini ado etmas, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamga ergashmas ekanmiz, ota-bobolarimizning olimu-fozil bo’lgani bizga foyda bermas. Shuningdek, inson degan sharafli nomni Yaratganning ko’rsatmasiga binoan himoya qilmasak, ta’mirlamasak, poklamasak va bezamasak insonligimiz qayerda qoldi? Bu holatda insonligimizning aynan o’zi boshimizga tushadigan balolarning sababchisi bo’lishi turgan gap.
O’zaro talashganimiz OLIYLIK, bir-birimizga ulashganimiz OSIYLIK bo’lsa, otganimiz HASAD, tarqatganimiz FASOD, tilimizda DIN, qalbimizda DUNYO, boshimiz SAJDADA-YU hayolimiz GANJDA bo’lsa, biz ham ODAM bo’ldikmi?
"œ(U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o’lim va hayotni yaratgan Zotdir", deyiladi Qur’oni karimda.
Kundalik ibodatlarimizni amallab bajarganimizdan ko’nglimiz hotirjam. Ha, desa, birovga yomonlik qilmayapman-ku, deb o’zimizni oqlaymiz. Ilohiy omonatni yelkasiga ortgan inson shugina ulov bilan manzilga yetib bora olarmikin? Alloh taolo omonatga bergan chiroyli hayotni qay darajada chiroyli yashayapmiz? Ko’zguga tik qaray olamizmi, ROSTAN HAM CHIROYLIMI BIZ QILAYOTGAN AMALLAR? Yoki dinimiz shunchalik zaiflashib qoldimi?..
Ulug’ sahobiy Umar roziyallohu anhu tunlari uhlamasdan ko’cha kezishni yaxshi ko’rardilar. Bu pinhoniy ko’chaguzaronlik, albatta, biror kishini ehtiyojini qondirish bilan yakunlanardi. Ota-bobolarimizning juda ko’plari Alloh roziligi uchun, deb so’rashsa, borini hadya qilib yuborishgan. Ular birovni hojatini chiqarmagan kunni yashalmagan kun deb hisoblashgan. Shunday bo’lsa-da, o’zlarini tuproq bilib, kibrga erk berishmagan. Valiy zotlardan biri Fariddin Attor o’zini bir qop somonga tenglagani bunga bir misol. Ular "œIslomiyat kitoblarida o’qiladigan emas, hayotda yashaladigan haqiqatdir", deyishgan va shunga amal qilishgan. Biz-chi, BIZ NIMALAR QILYAPMIZ O’ZI?
SIZ ISLOMDA QANDAY YASHAYAPSIZ, MENGA HAM O’RGATING, BIRODAR!
Mustafo Nuriddin.
"œHilol taqvimi" 3-son
(1428 yil, rajab/ sha’bon/ ramazon) dan olindi.