Har kimning o`z qarichi...  ( 9554 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:27:04

 Har kimning o`z qarichi...
Chumoli: Bu galvarslar aynan bizning yo`limizdan boshqa erga uy qurishga joy topisholmagan, shekilli.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:27:31

Shilliqurt: Chumolilar — qalang`i-qasang`i. Buni qarangki, ular dunyoni buyuk shilliqurt bishqaraytganini xatto bilishmaydi.

Xo`roz: Hali tong otmagan, chunki men hali xabar berganim yo`q!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:27:59

Chumchuq: Bulbul — buyuk qush. Ammo biz chumchuqlar xiylagina ko`pmiz.

Xalqaro bitim: Biz, quyonlar tovuqlar bilan bir-birimizni emaymiz, deb bitim tuzdik. Ko`raylikchi, qarchig`ay bunga nima der ekan?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:28:30

Changalzordagi ikki yo`lbars: Biz tinchlik manfaati uchun uchrashdik va shunday biimga kelishdikki, endi birga ov qilamiz.

Tulki: Jamiki maxluqlar uch toifaga bo`linadi: dushmanlar, raqiblar va o`lja.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:28:56

 

Baqa: Taraqqiyotmi? Ha, bilaman, bilaman. Mana, masalan, men bor-yo`g`i itbaliq edim.

Pashsha: Suratdagi dog`larni ko`ryapsizmi? Bu mening ishim, men ham rassomman.

Echki: Bo`rilar bilan tinch-totuv yashasak, dunyoda osoyishtalik bo`lardi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:29:25

Ho`kiz: Men aytayotibman-ku, kiyiklarni boshingizga urasizmi?!

Bog`langan echki: Dunyo shuncha ham tor bo`ladimi?

Deraza oynasidagi pashsha: Hayot chegarasi qaerda ekanini endi bildim.

Chumchuq: Ko`ryapsizmi, bahor kelishi uchun qancha chirqillashga to`g`ri kelyayotibdi?!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:29:56

Madaniylashgan kalamush: Qishloqda men nima ham qilardim? U erda hatto meg`zava oqadigan quvurlar ham yo`q.

Bo`ri: Qo`chqorning niyati yomon edi — u mendan yashirinmoqchi bo`ldi.

Sichqon: Mushuk chumchuqni ushlab oldi, endi biz qo`rqmasak ham bo`ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:30:31

Sassiq qo`ng`iz: Hayot bir qonun asosida davom etmoqda. Dunyodagi hikmat bitta. Donishlamndlik ham bitta: qattiq bo`lish.

Bir kunlik kapalak: Yuz yoshli toshbaqa! Qanday qilib bu qadar qoloq bo`lish mumkin?!

Xazon: Zamonning talabimi? Bilamiz: yelda pildirash kerak.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:31:00

Qo`shni: Bu Arximed deganlari qo`rqoq va sotqin. Bizning shaxarga dushman bostirib kelayotibdi-yu, u bo`lsa, chizma-chizig`i bilan ovora.

Yangi avlod:
- Yoshlarga yo`l bering!
- Necha yilga?
- Salkam ellik yil kifoya qiladi.

Diplomatiya: Biz, albatta, zo`ravonlikni qoralaymiz, ammo qurol-yarog` yetkazib berishga tayyormiz.

Qayd etilgan


Usmon  24 Dekabr 2007, 13:38:12

Ikki mahbus kamera panjarasidan tikilib turarkan. Biri bir chetdagi bir uyum axlatni ko'ribdi. Ikkinchisi esa musaffo osmondagi behisob yulduzlarni..

Qayd etilgan