Darhaqiqat, bu mavzu katta muammolardan biridir, qaysiki ilmiga amal qilmayotganlar emas, balki hidoyatga chaqirayotganlarni ilmiga amal qilmayotganlikda ayblab og'zini yopib qo'yishlik. Aslida bu holat jamiyatdagi, ya'ni islom olamidagi katta tanazzullardandir. Hali hechkim olgan ilmiga to'liq amal qilgan emas. To'g'ri yo'lga boshlayotganlarni jim qilish maqsadida shu kabi (masalan, oldin o'zinga boq, kabi) gaplar bilan izza qilish eng tuban ahloqdagi kishilar ishidir. Afsuski hozirgi kundagi birorta odamga tanbeh bersangiz darhol yuzingizga sapchiydi, astag'firullah. Sahobalarimiz hayotlariga nazar tashlasak, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir masalada noto'g'ri fatvo berganlarida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu to'g'rilab qo'ygan ekanlar. Bundan Umar ibn Xattob roziyallohu anhu quvonib: "...Muoz bo'lmaganida, Umar halok bo'lar edi..." deganlar.
Re: Biz o'qiymiz, o'rganamiz, ko'ramiz, eshitamiz ammo...
amal qilamizmi?
Amal qilmaydigan odam o'rganarmidi? Amal qilmaydigan odam hatto o'rganishga istak-xohishi ham bo'lmaydi. Quloqlarini berkitib olaveradi, eshitmaslikka harakat qiladi. O'rganish hammaga ham nasib etadigan narsa emas. Eshitgani bilan aqliga yetib borish hidoyat topmak demakdir. Aslida hamma odam ilmiga to'liq amal qilishni istaydi, lekin istak istakligicha qolib ketadi, istak amalga aylanishi uchun nimadur yetishmaydi, buni iroda deb ham aytishadi.