Kecha Nizomiyni mendan bir kurs keyin bitirgan dugonam telefon qilib qoldi.
Senga hamma havas qiladi, mazza qilib qilib yuribsan, degani degan....
Hay dugonajon,dedim hamma narsani bu dunyoda yaxshi, yomon tarafi bo'ladi.
Turkiyada bo'lishim mumkin, lekin buning badalini ham yaxshigina to'layabman, dedim, sog'inch bilan, hasrat bilan. Ota-ona, Vatan, jigar sog'inchini hech narsa to'ldiraolmaydi...
Bazan turib turib eskidan hech xayolimga kelmagan oddiy narsalarni sog'inib ketaman....
Bazan qani endi yonimda shu singlim bo'lsa edi-da mazza qilib dartlashsam, deganlarim bo'lgan....
Bu tur hissiyotlarni moddiy hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi....
Koshki buni bazi tanishlarim tushunsa, senga mazzzaaa, deyishdan oldin eh eh...