Xiyonat!!!  ( 24744 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 22:23:28

Assalamu alaykum.
Bu mavzuda sizlar bilan insonni inson qiyofasidan chiqarib yuboradigan, ko'ngillarni vayron qiladigan va musulmonni munofiqqa aylantiradigan XIYONAT haqida bahslashamiz.
Insonni insonga, do'stni do'stga, birodarni birodarga, musulmonni musulmonga, ayolni erkakka, erkakni ayolga bo'lgan Xiyonati haqida.
Umuman olganda XIYONAT nima o'zi?
Erkakni ayolga yoki ayolni erkakka bo'lgan xiyonati boshqa ayol yoki boshqa erkak bilan aloqasi bilan o'lchanadi xolosmi? Yoki bundan boshqa turlari ham bormi?
Bu yerda hamma qatnashishini va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishlarini iltimos qilardim. Chunki hammamizga kimlardir xiyonat qilib yurgan bo'lishi mumkin-ku...
Bu xaqda fikrlaringizni kutib qolaman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 06:27:50

Assalomu alaykum!

Xiyonat. So'nggi paytlarda musulmonlar orasini buzayotgan, ko'ngillarni vayron etayotgan, turli dilxiraliklar, kon'gilsiz voqealar sabab bo'layotgan eng katta sabablardan biri. Xiyonat — munofiq kimsalar quroli. Xiyonat — fojir kimsalar quroli.
Chunki, payg'ambarimiz Muhammad SAV aytdilar: "Mo'min sodda, ulug' bo'ladi, fojir esa makkor, xor bo'ladi". Musulmonning ana shu ishonuvchanligidan foydalangan fojirlar uning ustidan kuladi, aldaydi, ochiqdan ochiq xiyonat qiladi.

Xiyonat bu kimningdir ishonchini suiste'mol qilishdir. Shundan kelib chiqib xiyonatni har xil ko'rinishlarini ko'rasatish mumkin. Eng kattalari:
- Allohga xiyonat
- Dinga xiyonat
- Do'stga xiyonat
- Omonatga xiyonat
- Oilaga xiyonat
- Vatanga xiyonat...
Afsus, bu ro'yxatni yana uzooooq davom ettirish mumkin...

Qayd etilgan


Muslimа  25 Sentyabr 2007, 12:51:09

Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohni unutgan. Allohdan qo’rqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohga gunoh qilishga jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohdan uzoq. Alloh yo’liga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohdan qochuvchi. Allohni oyatlarini o’qiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohning oyatidan tashqaridadirlar.
Ibn Sammok.


Birinchi marta shu gaplarni o’qiganimda ma’nosiga tushunmagan ekanman. Yaqin kunlarda bo’lgan voqealardan fikr qilib bu gaplar naqadar to’gri ekanligiga guvoh bo’ldim. Alloh taoloning har bir ishida hayr bor. Ilm sohibi bo’la turib xiyonatdan, yolg’ondan tiyilmagan insonlarni haqiqatda mavjudligi rost ekan. Alloh shunday hiyonatkorlardan bo’lishdan bizni asrasin! Adashganlarni esa O’zi to’g’ri yo’lga boshlab, mag’firat qilsin! OMIN!!!

Qayd etilgan


sevar  29 Sentyabr 2007, 18:52:01

Assalomu alaykum!
Hiyonat qanday ko'rinishda bo'lmasin qalblarga ozor  etkazadi. Eng yamoni etimni xaqqiga va olloh ta'aloga hiyonat qilish deb uylayman.
Yana ayol kishini turmush urtog'iga yoki aksi bo'lishi mumkin bular man uchun eng yomon hiyonatlar  hissoblanadi.Boshqa hiyonatlar haqida hali ko'p tushunchaga ega emasman.

Qayd etilgan


JaviK  18 Oktyabr 2007, 02:02:12

Assalomu alaykum!
Hiyonat qanday ko'rinishda bo'lmasin qalblarga ozor  etkazadi. Eng yamoni etimni xaqqiga va olloh ta'aloga hiyonat qilish deb uylayman.
Yana ayol kishini turmush urtog'iga yoki aksi bo'lishi mumkin bular man uchun eng yomon hiyonatlar  hissoblanadi.Boshqa hiyonatlar haqida hali ko'p tushunchaga ega emasman.

omanatga hiyonat ham eng og`ir gunoh hisoblanadi. uning jazosi bolasiga yoki oilasaga urishi mumkun.

Qayd etilgan


Robiya  12 Dekabr 2007, 09:43:53

  Olloh taolo tomonidan bandasiga berilgan har bir a’zo parvardigorning omonati hisoblanadi. Masalan, ko’z omonati shundan iboratki, banda Olloh taoloning qudrati ila bo’lgan ishlarga qaragay. Quloq omonati esa Olloh taoloning kalomini va Rasulullohning hadislarini, avliyolar nasihatini eshitishdan iborat. Til omonati esa u orqali Olloh taolo zikrini aytishdan iborat. Qo’l omonati esa u bilan elga naf keltiradigan ishlar qilishdan iborat. Mabodo kishi ko’zini harom narsalarni ko’rishga ochsa, qulog’ini noshoyista so’zlarga solsa, tilini yolg’onu bo’htonga yugurtsa va qo’lini musulmonlarga ozor beruvchi ishlarga uzatsa Olloh taoloning omonatiga xiyonat qilgan hisoblanur.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Dekabr 2007, 22:10:06

Assalamu alaykum.

"Qalbimda qabrlar bisyordir...."


Bu jumlalarni siz qanday tushunasiz? Va qanday izohlaysiz? Sizningcha qalbdagi qabrlar qanday qabrlar? Bu haqda forumchilarimiz o'z fikrlarini qoldiradilar, deb umid qilaman....
Alloh sizlardan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Usmon  28 Dekabr 2007, 10:58:47

... kishi ko’zini harom narsalarni ko’rishga ochsa, qulog’ini noshoyista so’zlarga solsa, tilini yolg’onu bo’htonga yugurtsa va qo’lini musulmonlarga ozor beruvchi ishlarga uzatsa Olloh taoloning omonatiga xiyonat qilgan hisoblanur.
Xiyonatning faqatgina shu xiliga yo'l qo'ymaslik boshqa barcha turlaridan yiroq bo'lishga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa kerak.
..."Qalbimda qabrlar bisyordir...."
...
Kishi dilini kimdir vayron qilganda (ayniqsa o'ziga yaqin tutgan insoni bo'lsa) unga nisbatan vujudga kelgan nafrat uni o'zi uchun "o'lgan" deb hisoblashgacha olib kelsa, shu ibora ishlatilsa kerak. Biroq har doim kechirishga harakat qilib ko'rgan yaxshi shekilli. Zero, "Olloh kechirguvchi va kechirguvchilarni sevadi". VAllohi a'lam..

Qayd etilgan


Usmon  29 Dekabr 2007, 15:58:18

... Qalb bu omonatlar makonidur.Sizga ishonilgan birodarlaringizni har bir omonatlari qalbga ko'milmog'i lozim balki shu ko'milgan omonatlar sabab qalb qabrlarga makondur.Qachonki bu omonatlarga qalb qoridan qabr berilgan bo'lib bu qabrlarni kopda "ziyorat" qilinmasagina qabrlar sokin turishi mumkin.
Qoyil!!! Bunisi xayolimgayam kemapti. Diydor opa etganlari to'g'ri bo'lsa kerak!

Qayd etilgan


gul  22 Sentyabr 2008, 08:13:14

Ассалому алайкум!!!
Менимча мусулмон киши узи учун нима мухум, нима керак эканлигини билиб олиши керак ва инсон узига, узлигига хиёнат килмаслиги лозим, шунда сизга хечким хиёнат хам кила олмайди, сиз хам хеч кимга хиёнат хам кила олмайсиз.
Инсон узини алдамаса, уни хеч ким алдай олмайди.
Синингча ишончни мйёри борми???

Qayd etilgan