Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar  ( 36173 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  07 Iyul 2008, 09:25:30

Tavozu’ haqida



Qirq ikkinchi majlis
Tavozu’ haqida


Alloh taolo aytadi: «Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu' bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) xitob qilgan vaqtlarida ham «Salomat bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63­oyat).

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Har bir kimsaning boshi ustida ikkita zanjir bo‘ladi. Biri yettinchi qavat osmongacha, ikkinchisi yetti qavat yergacha yetadi. Agar inson tavozu' qilsa, Alloh yettinchi qavat osmongacha bo‘lgan zanjir bilan uni ko‘taradi. Agar takabburlik qilsa, yetti qavat yergacha bo‘lgan zanjir bilan tubanga tushiradi».

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2008, 09:30:33

Jannat bayoni



Ellik ikkinchi majlis
Jannat bayoni


Alloh taolo aytadi: «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p­to‘p holda jannatga «haydaladilar». Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik­omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar) va: «Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy­o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajri naqadar yaxshidir!» (Zumar surasi, 73-74-oyatlar).

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2008, 09:31:56

Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish



Ellik yettinchi majlis
Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish


Alloh taolo aytadi: «U Kunda do‘stlar bir­biriga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar). (U Kunda ularga aytilur): «Ey bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo‘lib o‘tgan bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu xatar yo‘qdir va sizlar aslo g‘amgin bo‘lmaysizlar. Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod­hurram bo‘lgan hollaringizda jannatga kiringiz!» (Zuxruf surasi, 67-70-oyatlar).

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2012, 16:02:46

Haqiqiy tolib



Andalus olimlaridan, buyuk muhaddis Baqi’ ibn Mixlat Imom Ahmad ibn Hanbaldan hadis eshitish maqsadida mashriqqa piyoda kelgan ekan. Bag’dodga yaqinlashganida Imom Ahmadni mo’tazila e’tiqodiga qarshi chiqqani uchun halifa Ma’mun uy qamog’iga tiqqanini eshitib, qattiq g’amga botdi.
Shu kuni shahardagi masjidga bordi. U yerdagi ilm xalqasida o’tirib, ustoz Yahyo ibn Ma’in (katta muhaddis, Imom Buxoriyning ustozlaridan)dan Ahmad ibn Hanbalning holatini so’rab, u zotning uylariga boribdi. Birov ko’rib qolishidan xavotirda ichkarida gaplashibdilar...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2012, 16:03:33

Musulmonning vafodor ayoli



Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œMusulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni olamda yo‘q. Buning isboti shuki, u er­ning xizmati bilan birga uning­ ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo‘lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi"¦

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2012, 09:16:36

Qo‘shnining haqi



Taqiy Usmoniy hikoya qiladilar:
"œMakkai mukarramada bo­zor­ga kirib, bir matoni so‘ra­dim. Do‘kondor o‘sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o‘ramdagi gazlamalarni to‘kib soldi. Ularning ichidan bittasi menga ma’qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo‘ldim. Narxiyam ma’qul keldi. Sotuv­chi:
— Siz shu ma’qul keldi-a?
— Albatta ma’qul keldi.
— Unda yo‘lning uyog‘iga o‘tsangiz, huv anau do‘konda ham shu gazlamadan bor. O‘sha yerdan sotib oling.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2012, 09:17:32

Suvi oqqan ingliz



Hindiston shayxul-islomi Husayn Ahmad Madaniy poyezdda shogirdlari bilan birga ketayotsalar, oldilariga bir ingliz kishi ayoli bilan chiqib o‘tiribdi. U zotga xizmat qilayotgan muridlarni ko‘rib, bu qaysi mashhur odam ekan, deb surishtiribdi. U kishining shayxul-islom ekanini bilgach, savol beribdi:
— Hazrat, mening bir masalada Islomga e’tirozim bor. Nega sizlarda ayollarni yopinib yurishga buyurilgan? Go‘yoki ochiq kiyinish erkaklarning yo‘ldan urilishiga sabab bo‘larkan, zinoga da’vat qilar ekan? Mana, mening xotinim, sochlarini yoyib, kalta kiyimlarni kiyib olib, oldimda o‘tiribdi. Ayting-chi, u ushbu poyezdda ketayotgan kimni gunohga da’vat etyapti?

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:15:44

Ovqatni maqtash ham sunnatdan



Abdulhay Laknaviy bir kuni er-xotin muridlarinikiga mehmonga boribdilar. Ovqat nihoyatda mazali bo‘lgan ekan (odatda, shayx Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ko‘ra, ovqatni doim maqtarkan), parda ortidagi ayolga qarata:
— Alloh rozi bo‘lsin, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, — debdi.
Bu gapni eshitgan ayol yig‘lab yuboribdi. Shunda shayx buning sababini so‘raganda shunday javob bergan ekan:
— Erim bilan 40 yildan beri birga yashayman. Lekin biron marta ham menga ovqatimni maqtamagan. Sizdan birin­chi marta bu gapni eshitib, ko‘zimga yosh keldi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:16:28

Suv haqida tafakkur



Taqiy Usmoniy aytadilar: “Bismilloh” rasmiy narsa emas, zaruratdir. Buni ikki misol bilan sizga isbotlab beray. Sizga bir suv keltirilsa, oniy vaqtda uni tomog‘ingizdan o‘tkazib rohat qilasiz. Tafakkur qilib ko‘ring, u suvni vujudingizga kim keltirdi? Qanday qilib? Alloh taolo bandaning hojatlariga yaraydigan, uning tirikligiga sabab bo‘ladigan suvni dengiz, ummonlar shaklida to‘plab beradi. Suv bir joyda turib aynib qolmasligi uchun Parvardigorimiz uni tuzlar bilan to‘ldiradi. Ummon ichida o‘lib ketgan jonivorlar suvni aynitishi mumkin edi, lekin Xoliqimiz uning mavjlantirib turgani uchun suv achimaydi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:23:52

Yashirin savdo



Abbosiylar xalifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg‘og‘iga chiqishibdi. Daryo bo‘yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko‘rgan xalifa undan so‘rabdi:
— Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
— Qumdan uy quryapman.
— Uni nima qilasiz?
— Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o‘tib ketaveribdi.
davomi...

Qayd etilgan