43. (Ey Muhammad, sizga) kofir bo‘lgan kimsalar: «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: «Men bilan sizlarning oramizda Alloh va Kitob — Qur’on ilmidan xabardor bo‘lgan (ya’ni, Allohning kalomini bandalarning so‘zlaridan ajrata oladigan) har bir kishi yetarli guvohdir.IBROHIM SURASIMakkada nozil qilingan bu sura ellik ikki oyatdir. Bu surada ham Makka suralarining aksarisida bo‘lgani kabi e’tiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida bo‘ladigan hisob-kitob va jazo-mukofot to‘g‘rilarida batafsil so‘z yurtiladi.
Sura payg‘ambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar — egri-noto‘g‘ri yo‘llar ko‘p, nur — haqiqat yo‘li esa tanho bo‘lishi bayon qilinsa, ikkinchidan, o‘sha yagona nurga faqat payg‘ambarlar — Allohning elchilariga nozil bo‘lgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso payg‘ambarning o‘z qavmi bilan bo‘lgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.
Suraning «Ibrohim» deb atilishiga sabab unda payg‘ambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Alif, Lom, Ro. (Ey Muhammad, bu Qur’on) Biz sizga, odamlarni Parvardigorlarining izni-irodasi bilan zulmatlardan nurga — qudrat va hamdu sano egasi bo‘lgan zotning yo‘liga — olib chiqishingiz uchun nozil qilgan Kitobdir.
2. Alloh osmonlar va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zotdir. Kofirlar uchun qattiq azob — halokat bo‘lgay.
3. Ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni (egishni-buzishni istaydigan) kimsalardir. Ular (haq yo‘ldan) yiroq bo‘lgan gumrohlikdadirlar.
4. Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan qilib) yuborganmiz. So‘ngra Alloh xohlagan kimsani yo‘ldan ozdidur va O’zi xohlagan kishini qilur. U qudratli, hikmatli zotdir. I z o h .
Payg‘ambarlarning vazifasi da’vatdir, Biron kishini yo‘ldan ozdirish yoki Haq yo‘lga hidoyat qilish esa hech qaysi payg‘ambarning qo‘lidan kelmaydi — bu yolg‘iz Alloh taoloning xohishiga bog‘liq ishdir. 5. Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) O’z oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): «Qavmingni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga olib chiqqin va ularga Allohning ne’matlarini eslatgin! Albatta, bu (ne’matlar)da har bir sabr-qanoatli, shukr qilguvchi kishi uchun oyat-ibratlar bordir».