FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI  ( 67816 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:19:15

ORZULAR RO‘YOBI: DEL PYERO - JAHON CHYEMPIONI!

«Skuadra adzurra» tarkibida  10 yildan oshiq vaqt mobaynida  to‘p surib Aleks o‘zi ishtirok  etgan barcha yirik musobaqalarda  jamoasi bilan birga omadsizlikka uchrab kelayotgan, aftidan shu yo‘sin u  katta futboldan ketadi, degan taxminlar  bo‘layotgan edi. Ne baxtki, terma jamoa bosh murabbiyi Marchello  Lippi JCh - 2006 da qahramonimizga yana ishonch bildirdi. Natija bo‘lsa hammaga ma'lum.. Final uchrashuvida zahiradan maydonga tushgan Del Pero jamoaga katta foyda keltirdi. U zarur paytda  penaltilardan birini  bajarishga kuch topa oldi... Va chempion bo‘ldi!


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:19:48

 DEL PYERO!.. ZARBA!.. GOOOOL!!!

Biz mazkur jumlani  oynai jahon orqali juda ko‘p eshitganmiz. Va futbol muxlislari Del Peroning gollari deganda oddiy gollarni tasavvur qila olmasliklarini ham juda yaxshi bilamiz.  Chunki haqiqatdan ham Aleks oddiy gol ura olmaydigan hujumchidir. U go‘yo faqat va faqat chiroyli gol urish uchun dunyoga kelgandek... Mening gapimni mubolag‘aga yo‘ysangiz, futbol olamining taniqli mutaxassislaridan biri Xans Yorgan Nilson aytgan quyidagi gaplarga quloq tuting:  «Futbolchilar uch toifali bo‘ladilar. Birinchisi, hamma ko‘rib turgan aniq vaziyatlarda  gol ura oladigan o‘yinchilar. Ikkinchi toifadagilar esa, o‘z sheriklariga ana shunday  vaziyatni tuhfa  qiladilar va bundan o‘zlari  ham quvonib qo‘yadlilar. Uchinchi toifa futbolchilar bo‘lsa, gol urish imkoniyati umuman bo‘lmagan(!), hech kim kutmagan vaziyatlarda gol uradilar. Alessandro Del Pero aynan uchinchi toifadagi o‘yinchilar sirasiga kiradi».


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:20:19

«MEN HAM O‘YNAYMAN!»

Yaqinda OAVga intervyu berar ekan, hujumchi quyidagi mazmunda fikr bildirdi: «Men to 40 yoshga to‘lgunimcha ham «Yuventus», ham Italiya  uchun o‘ynayveraman!»

Ha, bu  kun 32 yoshni qarshi olgan millionlar yoqimtoyi - Alessandro Del Pero, hali yana sakkiz yil o‘z muxlislarini quvontiradi. Zero, uning o‘yinlaridan faqat va faqat zavq olish mumkin. Yana nima deyish mumkin!..


Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Sentyabr 2007, 15:07:47

Yana bormi ma'lumotlar?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Sentyabr 2007, 18:57:14

 Ueyn Runi: 1-raqamli vunderkind     
Sport - Sport yulduzlari 
Ueyn Runi singari vunderkindlar har qadamda ham uchrayvyermaydi. Shu bois, bunday topilmalarga musharraf bo‘lgan murabbiylrning keyingi hayoti shon-shuhrat og‘ushida o‘tadi. Qahramonimiz hali yigirma yoshga ham to‘lmagan. Ammo uning nomi sayyoramizning barcha burchaklarida ma`lumu mashhur. Bugunga kelib, mana-man degan mutaxassislar uning iqtidoridan hayratga tushayotganligini yashirishmayapti. Aslida esa barchasi oddiygina boshlangandi.
Agar Ueyn Runining faoliyati tahlil qilinar ekan, u bosib o‘tgan yo‘lni uchga bo‘lib o‘rgangan ma`qul. Birinchi bosqich — u ilk marotaba to‘p surgan «Everton»dagi faoliyati bo‘lsa, ikkinchi bosqich terma jamoa Yevro — 2004. Nihoyat, so‘nggi bosqich esa bu «Manchester Yunayted»dir. Demak, qoidaga ko‘ra birinchi bosqichdan boshladik.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Sentyabr 2007, 18:57:30

«Everton»: yorqin kelajak sari


Ueyn Liverpulning moviy qismida dunyoga kelgan. Shaharning u tug‘ilgan qismidagilar «Everton» jamoasiga muxlislik qilishadi. Shu tufayli, Ueyn tug‘ilgan mavzeni «moviy Liverpul» deb ham atashadi («Everton» jamoasining libosi moviy rangda). Ueyn tug‘ilgan oila juda ham boy-badavlat emasdi. Aksincha, ular yaqin-yaqingacha davlat uylarida istiqomat qilishardi. Tabiiyki, Ueynning uyidagilar «Everton»ning ashaddiy muxlislari bo‘lishgan.

Shu sababli bo‘lsa kerak, u futbolga dastlabki qadamini «Everton» maktabida tashlagan. To‘p ortidan qolmay yugurishlar tez orada o‘z samarasini bera boshladi. Yosh futbolchi klubdagi mutaxassislar nazariga tusha boshladi. Shu o‘rinda ta`kidlab o‘tish joizki, «Everton» o‘zining tarixiy an`analariga ega. Bu klubning taprbiyalanuvchilari o‘z vaqtida jahon futboli yulduzlari sirasidan joy olgan. Murabbiylar Ueynning ana shu an`anani davom ettirishiga ishonch bildira boshladi. Ueyn tengdoshlari orasida shunday mo‘`jizalar ko‘rsata boshladiki, bunday ishlar katta futbolchilarning ham qo‘lidan kelishi mushkul edi. Shu tariqa, qahramonimiz 14 yoshida «Everton»ning asosiy jamoasidan o‘rin oldi. Sababi, «Everton»da vundyerkind voyaga yetayotganidan klubning azaliy raqibi sanalgan «Liverpul» ham is oli qrolgan va futbolchini qo‘lga kiritish harakatini boshlab yuborgan edi.

16 yoshidan boshlab Ueyn «Everton»ning asosiy tarkibida tusha boshladi. Bu 2002 yilning kuziga to‘g‘ri kyeladi. Tyez orada, ya`ni oktyabr oyida Ueyn Runi nomi Angliyadagi sport nashrlarining birinchi sahifasida paydo bo‘ladi. Tinib-tinchimas bolakay «Arsyenal» darvozasini naqd yigirma metrdan zabt etib, barchani lol qoldirdi. Ushbu gol «Arsyenal»ning o‘ttiz o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Eng qizig‘i, o‘yin qahramoni bir kundan so‘ng o‘rtoqlari bilan shahar bo‘ylab vyelosipyed uchirib yurar edi. 2003 yilga klub u bilan profyessional shartnoma imzoladi. Ueyning maoshi haftasiga 80 fundan 13 ming funtgacha ko‘tarildi. Darvoqye, uzoq masofadan to‘p kiritish Ueyn uchun cho‘t emasdi. U 2002 yili Angliya yoshlar Kubogi finalida «Tottyenxyem» darvozasini o‘ttiz metrdan turib ishg‘ol qilgan edi. Ushbu kubok Ueyn Runi «Everton» tarkibida erishgan yagona mukofot bo‘lib qoldi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Sentyabr 2007, 18:57:45

Yevro — 2004: Yosh Pyelye kashf etildi


O‘tgan yilning yozida Portugaliya maydonlarida o‘tkazilgan Yevropa chyempionati Ueyn Runi hayotida katta iz qoldirdi. U qandaydir o‘n bir kun ichida dunyo taniydigan futbolchiga aylandi. Jahon ommaviy axborot vositalari unga nisbatan «yosh Pyelye» degan iboralarni uyalmasdan ishlata boshladi.

Qahramonimiz terma jamoa borasida ham rekord o‘rnatganlardan sanaladi. U hozircha Angliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va gol kiritgan eng yosh futbolchi bo‘lib turibdi. U 2003 yilning fevralida Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda zahiradan maydonga tushgan. Ilk golini esa 2003 yilning sentyabrida Makedoniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan.

Umuman olganda, Ueyning shiddati atrofdagilarni hayratga solardi. U hatto mas`uliyatli o‘yinlar oldidan ham hayajonga tushmaydi. Yevropa chyempionati saralash turniridan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi bahs oldidan uning sovuqqonligini ko‘rgan terma jamoa bosh murabbiyi S.G. Eriksson hayratdan yoqa ushlagan edi. Chunki u quvonchili xabar yosh futbolchiga aks ta`sir etishidan cho‘chigan edi-da.

Ueyn Runi nomi Yevropa chyempionatlari tarixida ham muhrlangan. U qit`a chempionatlari tarixida gol kiritgan eng yosh futbolchi. Raqiblar darvozasini zabt etganda, Ueyn hali o‘n sakkizga ham to‘lmagan edi.

Xullas, Yevro — 2004 uning hayotida burilish onlarini boshlab berdi. Tez orada jahonning taniqli klublari uni o‘z safida ko‘rish istagida savdolarni boshlab yuborishdi. Futbolchining o‘zi esa «Manchester Yunayted»ni tanladi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Sentyabr 2007, 18:58:05

MY bilan olg‘a


Ueyn bu yerda ham barchani ajablantirishni boshlab yubordi. Klub tarkibidagi Chyempionlar ligasining debyut uchrashuvida Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi darvozasiga uchta to‘p yo‘lladi. Hali hech bir futbolchi Chyempionlar ligasiga bunchalik shiddat bilan kirib kelmagan edi.

Uning klubni o‘zgartirishiga bir qancha asosli sabablar bor. «Everton» har qancha kuchli klub bo‘lmasin, uning tarkibida Angliya chyempioni bo‘lish mushkul ish. Ana shu jihatni yosh futbolchi o‘ziga xos bo‘lgan aql bilan to‘g‘ri chamalay bildi.

Bugun Ueyn Runi  «Manchester Yunaytyed»ning asosiy o‘yinchilaridan biri. MYni ham, Angliya termasini ham usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, hali Ueyn Angliya chempioni bo‘lishdek orzusiga erishgani yo‘q. Biroq 2004-2005 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, u Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb tan olindi.

Ueynning oldida hali ko‘plab musobaqalar, o‘yinlar turibdi. Agar unga jarohatlar xalaqit bermasa, u yirik turnirlarning medallar shodasini bo‘yniga taqishi hech gam emas.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:40:08

RIVALDO: OQ-QORA QISMAT
25.01.2007 18:24
...1989 yil 6 yanvarda ro‘y bergan hodisa hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni uning otasi bir necha oydan buyon berilmayotgan maoshini olib, uyi­ga oshiqayotganda, avtobus tagida qolib ketdi. Rivaldo esa 6 yanvar kuni ertalab shtab o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olinmasligini eshitib, otasiga endi nima deyishi haqida o‘ylardi. Uyiga kelgandan keyin esa...
Marvaridlar o‘lkasi
Braziliya — o‘zining go‘zal tabiati, shaharlari, plyajlari, teleseriallari bilan tanilgan mamlakat. Ammo dunyo Janubiy Amerikadagi ushbu ulkan davlatni uning futbol va futbolchilari orqali ko‘proq tanigan va tan olgan. Amazonka daryosi o‘z tomirlarini yoygan dalalarda, puma yirtqichi chorvaga oralagan yaylovlarda, Atlantika okeani sohilini yuvgan oltin qumlarda o‘sib-ulg‘aygan minglab charm to‘p ustalari ana shu qum zarralari singari Yer yuzasining turli burchaklariga sochilib ketishadi. Taqdir shamoli ularni shu ko‘yga soladi. Sabr-bardosh g‘alviridan o‘ta olganlarigina yo‘lida davom etadilar. Braziliyada bu qadriyatga aylangan. Vaqti kelib ana shu qumlarning orasida, tub-tubida yashirinib yotgan marvaridlarni ham shabboda yuzaga chiqaradiki, ulardan taralgan yorqin nur nafaqat ko‘zni qamashtiradi, balki qalbga hayajon baxsh etadi. Uni uchirib ketishga shamolning qurbi yetmaydi, chunki bu kabi marvaridlarda salmoq va baho bo‘ladi, shuning uchun ularni qidiradilar, topganlar quvonadi, topmaganlar xo‘rsinadi, qo‘lga kiritganlar xursandligidan do‘ppisini osmonga uloqtiradi, uni bir marta bo‘lsa ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganlar — ushlay olmaganlar armonda qoladi.
Yulduz darajasiga ko‘tarilish uchun tinimsiz harakatlarning o‘zi kam, uning uchun tug‘ma iqtidorni omad va baxt bilan uyg‘unlashtira olish kerak. Aslida yulduz bo‘lish uchun maxsus retsept yo‘q. Rivaldo bilan suhbatlashgan inson shunga ishonch hosil qilgan holda, barcha qonuniyatlar mash­hurlardan keyin paydo bo‘lganiga amin bo‘lishadi. Undan gap olishning o‘zi qiyin, yetti o‘lchab so‘ng so‘zlaydigan qahramonimizning portugal tili bilan ispanchani aralashtirib gapirishi suhbatdoshni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Shunda futbolchining o‘zi hamma yaxshi ko‘radigan mavzuga murojaat etadi: "œMening xotiram hali yaxshi ishlaydi. 10—15 yil oldin meni hech kim o‘z jamoasida ko‘rishni istamas, meni go‘yo hamma tark etgandi. O‘z-o‘zimga do‘st, o‘z-o‘zimga dushman edim o‘shanda. Hatto Pernambuku shtatining Resifi shahri o‘smirlar jamoasida to‘p surgan paytlarimda ham muxlislar meni "œmaymoq o‘rdak" deb haqorat qilishdan charchashmasdi". Shunday qilib, Rivaldo Yevropaga yo‘l olguncha ko‘p sargardon bo‘lgandi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:40:40

Shirin-achchiq bolalik
Rivaldoning g‘amgin bug‘doy rang yuzida hamon unga qiyinchiliklarni yengishni o‘rgatgan hayotni sevuvchi bir beg‘ubor bolakay yashaydi. Bolaligida uning kelajagi yo‘q ekanini ko‘p ta’kidlashgan, murabbiy va boshqaruvchilar ham Rivaldoning o‘yinlariga qiziqish bilan qarashmagan. Uning chin do‘sti, istiqboli haqida qayg‘urgan yagona inson otasi edi. Resifi hokimining kotibi, tug‘ilishidan to vafotigacha futbol bilan yashagan Romildo Vitor Gomesh Ferreyra uch o‘g‘liga qofiyadosh qilib Rikardo, Rinaldo va Rivaldo deb ism qo‘ydi. Kenjatoy 1972 yil 19 aprel kuni dunyoga kelgandi. Ota farzandlarining har uchalasi ham futbolchi bo‘lishini istagan edi. Orzuni amalga oshirishga faqatgina uchinchi o‘g‘il bel bog‘ladi. Eng nimjon, kasalmand, g‘amgin Rivaldo qaerga bormasin otasi olib bergan to‘p uning sirdoshi va ovunchog‘i edi. "œOtam meni nima uchundir juda yaxshi o‘ynaydi, deb hisoblardi, —deya jilmayib eslaydi u. — Aslida jamoadagi hamma bola deyarli mendan yaxshi o‘ynardi. O‘n yoshimda otam menga oilamiz bilan muxlislik qiladigan shtatning "œSanta Krus" klubi maykasini sovg‘a qildi, yana butsi ham. O‘shanda quvonchdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmagandim".
1989 yil 6 yanvarda ro‘y bergan hodisa hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni uning otasi bir necha oydan buyon berilmayotgan maoshini olib, uyi­ga oshiqayotganda, avtobus tagida qolib ketdi. Rivaldo esa 6 yanvar kuni ertalab shtab o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olinmasligini eshitib, otasiga endi nima deyishi haqida o‘ylardi. Uyiga kelgandan keyin esa...
Dafn etish marosimidan so‘ng, ko‘zlarida yosh qolmagan kenja o‘g‘il futbolni butunlay tark etishga chog‘landi. Ona o‘g‘lini bag‘riga bosib, odatiy mashg‘uloti bilan birga qolishga ko‘ndirdi. Shundan so‘ng, u volidasini rozi qilish uchun o‘zi istiqomat qiladigan Xardim Paulist qo‘rg‘onidagi juda ham kuchsiz jamoa "œBaia" tarkibiga olishlarini so‘radi. 19 yoshida maktabni bitirib, "œBaia"da to‘p tepib yurgan o‘smirni Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan "œSanta Krus" klubi nima uchundir o‘z tarkibiga chaqirib qoldi. U yerda ham Rivi bergan so‘zining ustidan chiqish uchun haqorat va dashnomlarga chidadi. "œHar doimgidek bolalar mendan hamma tomonlama kuchli edi", — deydi u keyinchalik. Rivaldoni 1992 yili "œSanta Krus"dan unchalik ham tanilmagan "œMoji-Mirim" klubi deyarli tekinga sotib oldi. Unga yangi joyda choy pulidan boshqa hech narsa berishmadi. Hujumchi 27 o‘yinda bor-yo‘g‘i 9 ta gol urdi. Shuning uchun yangi naynov o‘yinchini gimnastika zaliga jo‘natishdi

Qayd etilgan