FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI  ( 67798 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 12 B


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:50:42

11-OKTYABRNI KUTAMIZ
11.09.2006 18:09 / 99 marta o`qilgan
"œOsiyo — 2007" va "œYevro — 2008" uchun saralash bos­qichining navbatdagi turidagi Frantsiya — Italiya supermatchi ("œV" guruhi), shubhasiz, eng ko‘p muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Mezbonlar o‘yingohi — "œStad de Frans" da shu kuni anshlag kuzatildi. Futbol arenasiga tashrif buyurgan 78800 nafar tomoshabin juda chiroyli o‘yinning guvohiga aylanishdi. Ikki oy oldingi 18-jahon chempionati finalida barchaning diqqatini o‘ziga qaratgan mazkur ikki raqibning yevrochempionat kvalifikatsiya bosqichida bir guruhdan joy olishgani kelajakdagi o‘yinlarni intiqlik bilan kutishga undagandi. Mana o‘shalarning dastlabkisi nihoyasiga yetdi. Unda frantsuzlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishib, apenninlik charm to‘p ustalaridan o‘ziga xos revansh olishdi. Sidney Govuning 2 va 55-daqiqalardagi dubli hamda Anrining 18-daqiqadagi goliga "œko‘k gvardiyachilar"dan Jilardino 20-daqiqada bir marta javob qaytara oldi. Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
to`liq

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:51:41

Birinchi g‘alaba hibs bilan
22.08.2006 15:40
 
«Barselona»ning 10 nafar muxlisi o‘z komandalarining birinchi g‘alabasini qamoqxonada nishonlaydigan bo‘ldilar. Ispaniya superkubogining birinchi matchida «Barselona» «Espanol» bilan uchrashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
  Bu yutuqni Barsaning muxlislari «Espanol» ishqibozlarini toshbo‘ron qilish bilan qutladilar. Natijada to‘rt kishi yengil jarohat oldi.
Ikkala futbol klublari ham Kataloniyaning vakillari hisoblanishadi. Biroq «Espanol»dan ­farqli o‘laroq, «Barselona» jangari ayirmachilik xarakterdagi muxlislari bilan ajralib turadi.
Javob uchrashuvi kelgusi yakshanbada Kataloniyaning «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:52:19

Mavsum oxirigacha Ouensiz
22.08.2006 15:36
 
Angliya terma jamoasi forvardi Maykl Ouen jahon chempionati vaqtida olgan kuchli jarohati tufayli 2006-2007 yilgi uchrashuvlarda qatnasha olmaydigan ko‘rinadi.
Bu haqda Nyukasl bosh murabbiysi Glenn Reder ma’lum qildi.
Reder o‘yinchining qancha muddat maydondan tashqarida o‘tirishini aniq aytmadi: «Bu mavsumda Ouenning o‘ynay olishiga ko‘zim yetmayapti, — dedi u VVS kanaliga bergan intervyusida. —U eng yaxshi vrachlar nazorati ostida davolanadi».
Ouen 20 iyunda Angliya — Shvetsiya(2-2) uchrashuvi vaqtida o‘ng tizzasidan jarohat olgan edi. O‘yinchi oyog‘idagi birinchi operatsiya iyul oyida o‘tkazilgandi. Biroq jarrohlar tizza yorig‘idagi qoldiqlar to‘laligicha tozalanmaganini bildirgan. Ikkinchi operatsiya sentyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yinchining qaysi mavsumda maydonga tushishi ham aynan bo‘lajak jarrohlik amaliyotining  natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq hozirdanoq davolash jarayoni yarim yildan kam bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:53:12

NAVBATDAGI YO‘QOTISH
08.08.2006 15:56
 
Italiyaning mashhur klublaridan biri "œYuventus" ­navbatdagi a’zosini yo‘qotdi. Frantsiyalik mashhur yarim himoyachi Patrik Vieyra kuni kecha Milan shahrining "œInter" jamoasi bilan 9,5 mln. yevrolik  shartnomani imzoladi. Esingizda bo‘lsa, u "œkeksa sinoralar" tarkibiga o‘tgan yili Londonning  "œArsenal"idan taxminan 20 mln. yevro evaziga o‘tgandi.  Turinliklar safini shu kungacha Fabio Kannavaro va Emerson ("œReal"), Lilian Tyuram va Janluka Zambrotta ("œBarselona") tark etishdi. Italiya OAV esa darvozabon Janluidji Buffon va shve­tsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich yaqin orada "œMilan" jamoasiga qo‘shilishlari haqida yozmoqda.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:53:49

Hammasi futbol haqida
08.08.2006 15:21
Dunyoda futbol o‘yinlarida ehtirosga beriluvchi muxlislarning yurak xurujidan o‘limi 220 holatda kuzatilgan. Germaniyalik olimlarning fikricha, butun dunyoda (televizor orqali kuzatish ham hisobga olinganda) futbol bahslarini tomosha qilish chog‘ida 20 yil ichida kamida  40 ming kishi olamdan o‘tgan. Bularning ko‘pchiligi yurak ko‘tara olmasligidan albatta.
 
* * *
Angliyada qishki futbol mavsumida  o‘yinlarga ham, hakamlarga ham ancha qiyin bo‘ladi. Nimaga deganda, maydonlar qalin tuman bilan qoplangani tufayli, uchrashuvni kuzatish qiyin kechadi. Ana shunday hodisa yuz bergan uchrashuvlardan birida qiziq holat kuzatilgan. Bu bahs 3:3 hisobida yakunlangan edi. Biroq bir jamoa hujumchisi Djord Odts «Uchrashuvda beshta gol urganimni aniq bilaman, lekin qaysi darvozaga ekanini bilmayman», deya javob beradi.
O‘yin yakunlanganligi  haqidagi hushtakdan so‘ng hakamlar ham har bir jamoa tarkibida  18 tadan o‘yinchi to‘p surganini bilishgan.
* * *
Bu o‘ziga xos rekord  sohibi 60-yillarda Italiyaning  «Breshia» jamoasida to‘p surgan himoyachi Matstsiadir. U o‘z klubining «Montava» jamoasi bilan o‘tkazayotgan o‘yinning 38-soniyasida  o‘z darvozasiga to‘p kiritib, eng tez avtogol muallifi nomiga sazovor bo‘lgan.
* * *
O‘tgan asrning 70-yillari oxirida Meksikaning ikki  jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvda hakam Gonsales tomonidan o‘yinchilarga 26 ta  qizil kartochka ko‘rsatilgan. Dastlab qo‘pollik uchun bir qancha o‘yinchi maydondan chetlatiladi. Ikkinchi bo‘limda esa tomonlar o‘rtasida mushtlashuv yuz beradi va hakam ularga ham qizil kartochka ko‘rsatib, keyin jamoalar murabbiylari maydonga chiqib kelgani uchun ularni ham qizil kartochka bilan «siylagan».
* * *
Germaniya bundesligasida  bir o‘yinda qo‘pollik uchun hakam 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Aybdor jamoa o‘yinchilari hakam bilan bahslashayotgan bir paytda, u hech narsaga e’tibor bermayotgan edi, shunda himoyachilardan biri o‘z qarshiligini namoyish etish maqsadida  11 metrlik nuqtaga qo‘yilgan to‘pni o‘z darvozasi tomon  zarb bilan tepdi va to‘p to‘g‘ri  darvoza to‘ridan joy oldi. Jahli chiqqan hakam ham  hech narsaga e’tibor bermay to‘g‘ri maydon markazini ko‘rsatdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:54:47

Sport darvozasi
31.07.2006 17:01
RUD — UCHINCHI
Nihoyat, uzoq davom etgan jarayondan so‘ng "œManchester Yunayted"ning gollandiyalik hujumchisi Rud Van Nistelroy Ispaniyaning "œReal" klubi tarkibiga qo‘shildi. U bu yilgi mavsumda qirollik jamoasi safiga Fabio Kannavaro, Emersondan so‘ng qo‘shib olingan uchinchi o‘yinchiga aylandi. Shartnomani imzolash uchun xaridor 15 mln. yevroning bahridan o‘tdi. Uch yilga mo‘l tuzilgan hujjatga ko‘ra,  Rud shu vaqt ichida 5 mln. yevro ishlab topadi. Kecha o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng u yangi jamoadoshlari mashg‘ulot o‘tkazayotgan Avstriyaga jo‘nab ketdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:55:31

"œFUTBOL KO‘RAYAPSANMI, ISHGA KELMASLIGING MUMKIN"
19.06.2006 20:30
Haqiqiy futbol ishqibozlarining ko‘nglini topib aytilgan sarlavhadagi  so‘zlarning mualliflari okeanortida yashashadi. Aniqroq qilib aytganda, Meksikada. Yaqinda shu mamlakatdagi 240 mingdan ortiq ishchini o‘z qo‘l ostida birlashtirgan yig‘ish tsexlari assotsiatsiyasining rahbariyati buning uchun  qaror ham qabul qildi. Tashkilot mutasaddilari endi sport, to‘g‘rirog‘i, Germaniyada shu kunlarda davom etayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati sababli ishga kela olmagan xodimlarga nisbatan hech qanday jazo chorasini qo‘llashmaydi. Endi ishchilar uylarida yoki boshqa biror joyda bemalol o‘tirib, sevimli jamoasiga  muxlislik qilishlari mumkin, deya xabar beradi ITAR-TASS. Hujjatga ko‘ra, yig‘uvchilar faqatgina  meksikalik futbolchilar rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadigan kunlardagina ishga bormasliklari mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Hatto ayni paytda korxonalarning o‘zidagi kafe va oshxonalarga katta ekranlar o‘rnatilgan, ishchi-fanatlar kiyinish xonalarida esa maxsus qurilmalar yordamida milliy terma jamoaning ramziy ranglari bilan yuzlarini bezashlari mumkin. Esingizda bo‘lsa,  11 iyun kuni "œkaktuslar yurti" vakillari eronlik raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lub etishgandi. Bu esa, o‘z navbatida, tashkilot tomonidan yaratib berilgan imkoniyatdan foydalanayotganlarni xursand qilgani aniq.  Buyuk Britaniya Qirollik pochtasi Angliya terma jamoasini futbol chempionati taxtiga chiqarish uchun tayyorgarligini allaqachon boshlab yubordi. Agar 9 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadigan finalda  tumanli albion vakillari Sven-Yoran Eriksson boshchiligida g‘alabaga erishsa, ikki hafta o‘tib, ingliz futboli triumfini o‘zida aks ettirgan markalar iste’molga chiqariladi. Telegraph nashrida yozilishicha, ularda Angliya terma jamoasi futbolchilarining o‘yin paytidagi holatlari va jahon kubogini qabul qilib olish marosimidagi quvonchga to‘la chehralari ifodalanadi. Zamonaviy texnologiyalar pochta qog‘ozlarini katta tezlikda va ko‘p miqdorda chop etish imkonini beradi. Buyuk Britaniya pochta xizmati bunday tavakkalga birinchi marta qo‘l urayotgani yo‘q. 1978 yili chiqarilgan markalarga Shotlandiya terma jamoasi o‘yinchilarining fotosuratlari tushirilgan edi. Argentinada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempiontida shotlandiyalik futbolchilar jahon kubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgan edi. Baxtga qarshi faqat
pochta markalarida. O‘shanda "œkatak yubkalilar" guruh bosqichidan u yoqqa o‘ta olishmagan edi. Natijada futbol markalarining narxi juda pastga tushib ketdi — ularni bor-yo‘g‘i 9 va 11 pensga xarid qilish mumkin edi. Uning ustiga yangi turdagi, ammo omad keltirmagan qog‘ozlarga kim ham alohida qiziqish va e’tibor bilan qarardi?
Bu safar ham pochtachilarning tavakkali nima bilan yakunlanishini vaqt ko‘rsatadi. 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:56:05


HAMMA O‘Z KUChIGA IShONGAN
FIFA bu yilgi mundialda doping mojarolari ro‘y bermasligini ishonch bilan ta’kidlagan edi. Hozircha ularning gapi to‘g‘ri chiqmoqda. Xususan, FIFA ning tibbiy qo‘mitasi raisi Irji Dvorjak 32 jamoaning to‘liq tarkibi doping nazoratidan o‘tkazilgani va 216 tahlildan birortasida  ham qabul qilinishi ta’qiqlangan modda borligi qayd etilmagani haqida ma’lumot berdi. "œBundan keyin ham hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmaydi, deyishga asoslarim bor, — deydi u FIFA ning Berlin shahrida tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida. — Ayni paytdagi natijalar odamni quvontiradi. Umid qilamanki, Germaniyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha dunyo birinchiligida doping bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelmaydi. Shuni ham unutmaslik lozimki, FIFA antidoping tizimini qulaylashtirish uchun test o‘tkazish strategiyasini yanada takomillashtirishda davom etadi".
Statistikaga murojaat etadigan bo‘lsak, 2005 yilning o‘zida FIFA global miqyosda 23842 ta doping-test o‘tkazgan va ulardan 78 tasi qoniqarsiz ko‘rinish olgan bo‘lsa, ulardan 9 holatda steroid qabul qilingani aniqlangan. Bu esa oldingi yilgi tekshiruv natijalari  bir muncha yaxshi tomonga o‘zgarganini bildiradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:56:38

Sukunatni buzgan hashtak va ertak
12.06.2006 17:50
Futbolchilar, murabbiylar, jurnalistlar, mutaxassislar, mutasaddilar, VIP-mehmonlar, ayniqsa, muxlislar, xullas, butun dunyo orziqib kutgan damlar yetib keldi. To‘rt yillik sukunatni Germaniya — Kosta Rika o‘yinini boshqargan hakamning hushtagi buzdi. Bu narsa jahon chempionati timsollari — Goleo va Pilleni ham quvontirdi. O‘ziga xos sarguzashtlarni boshdan kechirgan ikki qahramon ham endi bosh­qalar qatori maza qilib futbol tomosha qilishadi-da. Ularning tanishuv tarixini juda qiziq deyishadi. Bu so‘zlarga biz ham bir quloq tutib ko‘raylik-chi.
Goleo hamda Pille oldingi jahon chempionatlarining belgilaridan farq­li o‘laroq, reklama uchun xizmat qilishdan tash­qari o‘zlarining bosib o‘tgan ertaknamo hayot yo‘llariga ham ega. Har holda nemis ertaknavislari shunday yozishadi. Ularning hikoya qilishlaricha, shervachcha va koptok mazkur darajaga yetishishlari uchun ko‘p voqeliklarni boshdan kechirishgan. Ularning sarguzashtlarini ertaklarning odatiy kirish so‘zlari bilan boshlashga to‘g‘ri keladi.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Afrika degan tomonda Goleo ismli shervachcha o‘z oilasi bilan baxtli hayot kechirar ekan. 1985 yil 5 iyunda tug‘ilgan hayvonlarning bo‘lajak qiroli tabiat qo‘ynida sayr qilishni juda yoqtirarkan. Kunlardan birida u uyidan ancha uzoqda aylanib yurganida, ovchilarning tuzog‘iga tushib qolibdi. U quloqsizligi uchun shu ko‘yga tushganini anglabdi. Ovchilar uni sohilda turgan kemalardan biridagi savdogarga pullashibdi. Goleo o‘sha payt o‘zi uchun notanish bo‘lgan so‘zlarni birinchi bor eshitgandi: "œShervachchani hayvonot bog‘i yoki tsirkka katta pul evaziga sotamiz". Ammo yo‘lda sherni kema kapitani qandaydir sabab bilan ozod qilib yuborgach, u juda xursand bo‘libdi, ammo xavotir olmasliklari uchun  bu haqda uyidagilarga xabar berishni unutibdi. Shundan so‘ng cheksiz suv kengliklaridagi hayot boshlanibdi.
Unda quruqlikka qaytish fikri faqatgina Gamburg degan shaharga kelib tushgan damda paydo bo‘lgan edi. Bu joy nimasi bilandir unga yoqqandi. Bir necha yil u Germaniyada yashadi, futbol degan o‘yinga qiziqib, oxir-oqibat uning ashaddiy ishqiboziga aylandi. Hatto Portugaliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida Germaniyaga muxlislik qilish uchun bordi. O‘sha yerda u Pille ismli gapiruvchi to‘p bilan tanishib qoldi. Pille 2003 yili 22 avgust kuni Adidas firmasida tikilib, g‘aroyib gazga to‘ldirilgandan keyin, g‘ayritabiiy koptokka aylangandi. U dunyoga kelganda, gapirishni bilar va ixtiyoriy yo‘nalishda harakatlanishi mumkin edi. Chem­pionatning 1/4 finalida Angliya Portugaliya bilan to‘qnash kelganida, o‘ynalayotgan koptok uzoqqa, maydondan tashqariga uchib ketgani uchun oddiy to‘p bo‘la olish qobiliyati bor Pille futbolchilarga yordamga keldi. Uni uzoq o‘ynashdi. Uchrashuv g‘olibi penalti tepish bilan aniqlanadigan bo‘ldi. Pille inglizlarga yon bosardi. Uni o‘n bir metrlik nuqtaga Devid Bekxem o‘rnatganda, jamoa sardoriga ko‘pchilik qatori u ham bir hadik bilan qarab qo‘ygandi. Baxtga qarshi, Devid to‘pni bor kuchi bilan yuqori tribunaga tepib yubordi. Avvaliga biroz o‘zini yo‘qotib qo‘ygan Pille biroz vaqt o‘tib, hammasini tushundi — Angliya yutqazgandi. Shu payt u alamdanmi yoki ruhiy tushkunlik ta’siridanmi, bo‘lajak do‘sti Goleoning qo‘liga tushib qolganinin ham sezmagandi. Qo‘liga to‘p tushganidan o‘zida yo‘q xursand Goleo esa dumaloq narsaning joni borligini bilmasdi ham. U stadionga chiptasiz kirib kelganini ham, Germaniyaning sharmandali muvaffaqiyatsizligini ham unutib, qiyqirardi. To‘p esa birov yig‘lasa, boshqasi kulishi mumkinligini shu payt ang­lab yetgandi. Keyinroq hamrohining so‘zlay olishini sezgan shervachcha ham, sherigining sarguzashtlarini eshitgan Pille ham bir-birlari bilan o‘rtoq bo‘lib qolishdi. Ularni taqdir uchrashtirib, omadsizlik yaqinlashtirgan edi. O‘shandan beri Goleo va Pille birga. Hatto 2006 yilgi JChga ramz tanlash uchun e’lon qilingan timsollar tanlovida ham birga ishtirok etishdi. Ikki do‘st hakamlarni o‘zlarining chiroyli harakatlari bilan lol qilishgandi. Pille gravitatsiya qonunlariga qaramasdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan san’atini namoyish etgan bo‘lsa, Goleo o‘zining chiroyli "œo‘kirishi" bilan raqiblarini tanlovni o‘z ixtiyorlari bilan tark etishga majbur etgan edi. Shundan so‘ng "œJCh—2006 timsollari"œ degan ulug‘ nomga ega bo‘lgan sher va koptoksiz muhim sport tadbirlari boshlanmaydigan, mashhur sportchilar va siyosatchilar bilan uchrashuvlar ularsiz tashkil etilmaydigan bo‘ldi. Doim mag‘rur va o‘ziga ishonib yuradigan Goleo ayni paytda qirol, unga endi rim raqamlari bilan bezalgan chiroyli ism berilgan. Sherga shohlar nomi —"œGoleo VI" yoki "œhazrati oliylari" deya murojaat qilish yoqmaydi deysizmi? Qirol sherning ayni paytdagi bo‘yi 230 sm., og‘irligi esa 220 kg. U hali ham sayr qilishni yoqtiradi. Uning ustiga qo‘lida g‘aroyib gazga to‘yintirilgan koptogi bor. Bolalikning achchiq xotiralariga qaramasdan, u odamlar bilan doim muloyimlik bilan gaplashadi, kichiklar va kuchsizlarga yordam berishga harakat qiladi, ayollar bilan doim shirinso‘zlik bilan suhbatlashadi. Har qanday tuzoq, qopqon va jonivorlarni qiynaydigan boshqa vositalarni juda yomon ko‘radi. U doim "œ06" raqamli futbolka kiyadi. Ammo raqamli futbolkasi raqamsiz shimiga mos tushmagan. Bu hol aslida ham e’tiborga arzimaydi. U oilasini ham yodidan chiqarmagan. Yaqin orada ota-onasini Yevropaga ko‘chirib olib kelishni mo‘ljallayapti. Ikkinchi qahramon — Pille (sher burji) esa jim turishni yoqtirmaydi, gapirish uning jonu dili. Ayniqsa, teleshoularda boshlovchilardan qolishmay sayrashni yaxshi ko‘radi. Goleo kabi futbol muxlisi, havoda parvoz qilish, uchish — xobbisi. Pille, shuningdek, 1966 yilgi jahon chempionatida ingliz futbolchisi Jeff Xerst nemislar darvozasi tomon tepgan to‘pning ashaddiy fanati. Sababi o‘shanda koptok darvoza to‘siniga tegib, qaytishida gol chizig‘ining ichkarisiga tushib (arbitrning xulosasi shunday bo‘lgan) so‘ngra maydonga qaytgandi. "œGapiruvchi shar"œning bir nuqsoni bor. U yo‘qolib qolish, daryoga yiqilib tushish va noma’lum tomonga qarab suzib yoki oqib ketish kasaliga chalingan. Shuning uchun Goleo VI uni hamisha o‘zi bilan olib yurishga ont ichgan. Hozircha ularning biografiyasidan shular joy olgan. Ertakchilarning fikricha, ikki do‘stning sarguzashtlari hali davom etadi. Endi ular Germaniyada boshlangan va bir oyda tugab qoladigan qiziqarli o‘yinlarni tomosha qilish bilan bandlar.
Bu ertakni sizga aytib berishimizning o‘ziga yarasha sabablari mavjud. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tashkilotchilar ijodkorlar yordamida bu galgi chempionat timsollarining o‘ziga xos hayot yo‘lini ishlab chiqdilar. Bu esa birinchi navbatda yosh futbolchilar, umuman,  yosh avlod tomonidan katta xursandchilik va hayrat bilan kutib olindi. Ertak ularning esida uzoq vaqt saqlanib qolsa, ajab emas. Bu esa bolakaylarning futbolga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Yangilikning xaridori har qanday vaziyatda topiladi. Mashhur multfilmning qahramonlari — pahlavon Shrek va uning do‘sti Eshakni eslatib yuboruvchi Goleo va Pille ham moddiy tomondan katta foyda keltirishi kutilmoqda. Sher hamda koptok gollivudlik akalari singari mudom biri-birlari bilan tortishib turishadi, janjallashishadi, asablarini buzishadi, ammo ­qiyin vaziyatlar kelganda bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishadi, bir-birini qo‘llashadi. Ikki urushqoq, aslida ahil do‘stlarni o‘yinchoq shaklida ishlab chiqarish ham allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, ishlab chiqaruvchi — Nici AG kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Goleo  o‘yinchoqlari bozorda 19,95 yevro narx bilan paydo bo‘ldi. Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, Germaniyada sher timsoli unchalik mash­hur emas, nemislar millatning tarixiy ramzi bo‘lmish qushlar qiroli — burgutga ko‘proq hurmat nigohi bilan qarashadi. Aftidan, Goleoni burgutga aylantirish uchun uning biografiyasi mualliflarining dunyoqarashi biroz torlik qilgan ko‘rinadi, Pille koptok bo‘lgani uchun unga bunday xavflar tahdid sola olmaydi. Ammo tashkilotchilarning fikricha, qizg‘in va shiddatkor matchlar Goleoning bu boradagi obro‘sini yanada ko‘tarib yuboradi. Qolaversa, futbol sehri timsolning sher yoki burgut ekanligi bilan belgilanmaydi. Sizlarning futbolga bo‘lgan ishtiyoqingizni badiiy va yangicha uslubdagi ertak hamda timsollar bilan chalg‘ita olmaganimizga ishonchimiz komil. Bunday mashaqqatli, haqiqatan esa amalga oshirib bo‘lmaydigan yumushni hatto Goleo yoki Shrekka aylanib qolganimizda ham bo‘ynimizga olishni istamasligimiz aniq. Chunki biz ham ko‘pchilik qatori jozibador o‘yinning muxlisimiz, uning ustiga sabr bilan kutgan jahon chempionatini qoldirmay, gollar, fintlar, xavfli vaziyatlar va o‘yingohdagi "œsan’at asarlari"ni o‘zgacha lazzat tuyib, havas bilan tomosha qilishni istaymiz.
S.MAXSUMOV tayyorladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:57:22

"œMILAN"DAN "œCHELSI"GA
05.06.2006 18:35
Ukraina terma jamoasi hujumchisi Andrey Shevchenkoning Italiyaning "œMilan" jamoasidan Angliyaning "œChelsi" klubiga 31 mln. funt sterling(45mln. yevro yoki 58 mln. dollar) evaziga o‘tishi uni London jamoasi tarixida xarid qilingan eng qimmat futbolchiga aylantirdi, deya xabar beradi Guardian.
Roman Abramovichning jamoasi bundan oldin Frantsiyaning "œLion" jamoasidan ganalik yarim himoyachi Mikael Essenni 28 mln. funt sterlingga sotib olib, bu boradagi transfer rekordini yangilagandi. Andrey Shevchenkoning sotib olinishi bilan jamoa yana o‘zining rekordini oshirdi.
Ukrainalik forvard 31 may kuni yangi klubi bilan shartnomaga imzo chekdi.
"œMen bu yerda premer-liganing bor shiddatkorligini tuymoqchiman. Bir katta jamoadan ikkinchi shunday klubga o‘tish nasib qilganidan baxtiyorman, — deya intervyu beradi Andrey "œChelsi"ning rasmiy saytiga. — Menga "œaristokratlar"ning xarakteri va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi yoqadi. U Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun eng asosiy da’vogardir. Bu yo‘lda bizga mashhur murabbiy Joze Mourino katta yordam beradi".

Qayd etilgan