Turli duolar1. Uyqugu yotayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma inni as’aluka bi ismikal ofiyata fid-dunya val axiroti. Allohumma aslamtu nafsi va favvaztu amri ilayka va roziytu bika robban va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallam nabiyyan va bil islami diynan». Ma’nosi: «Yo Rabb, men faqat Sening isming hurmati ila dunyoda va oxiratda salomatlik va ofiyat talab qilurman. Yo Rabb, men o’zimni va har bir ishimni Senga topshirdim va ham Seni Xudoyim va Muhammad alayhissalomni payg’ambarim va Islomni dinim, deb e’tiqod qilganman».
2. Uyqudan turayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhi nushur. Allohumma aftahli hazal yavma bil xuyuri val hasanati val ihfazni fiyhi minash shururi vas sayyiati». Ma’nosi: «Meni uyquga ketkazib, yana turgizgan Allohga hamdlar bo’lsin. Qiyomat kunida har bir o’lik tirilib Alloh taolo huzuriga keladilar. Ey Alloh, o’sha kuni menga yaxshilik qilgin va yaxshilik ila ochgin va meni yomonlikdan saqlagin».
3. Kiyim kiyganda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy kasani hazas savba va roziqnihi ja’alohullohu li xoyron la sharron». Ma’nosi: «Menga bu libosni nasib etib kiydirgan Alloh taologa hamd bo’lsin. Bu libosni Alloh taolo mening uchun xayrli qilsin».
4. Taom yeyishdan yoki ichimlik ichishdan forig’ bo’lgandan so’ng ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqana va ja’alana muslimin». Ma’nosi: «Bizni to’ydirgan va chanqog’imizni qondirgan va ham Islom ahli toifasidan qilgan Alloh taologa hamd bo’lsin».
5. Uydan ko’chaga chiqayotganda ushbu duo o’qiladi:
«A’uzu billahi min azlima ahadan av yuzlama ahadun ‘alaya la havla va la quvvata illa billahil aliyyil ‘azim, tavakkaltu ‘alallohi taolo va ilayhi unib». Ma’nosi: «Dunyoda va oxiratda rahmat qiluvchi Allohning ismi irodasi ila uydan chiqaman. O’zimni har kishiga zulm qilishdan va har kishidan mazlum bo’lishdan (asrashni so’rab) Alloh taologa sig’inaman, har bir holda va har bir quvvat faqat u ulug’ Alloh taolodandir. Men Alloh taologa tavakkal qildim va ham Unga inobat qildim (ya’ni, Unga qaytdim)».
6. Bir ishga kirishgan vaqtda ushbu duo o’qiladi:
«Robbana atina min ladunka rohmatan va hayyi lana min amrina roshadan. Robbi ishrahli sodri va yassirli amri». Ma’nosi: «Bu ishni dunyoda va oxiratda rahmat qiluvchi Allohning ismi bilan boshlayman. Ey Parvardigor, bizga ishlarimizda rahmatlikni ato qilgin va ham bizga ishimizda rahmatlikni tayyor qilgin. Ey Alloh, ko’nglimni ochiq qilgin va ham ishimni yengil qilgin».
7. Bir kishi bilan ko’rishganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ajmi’ baynana bil xoyri val islam va alfa baynana bi ihsanil kalam». Ma’nosi: «Yo Rabb, bizlarni yaxshilik va salomatlik bilan ko’rishtirgil va xush so’zlik ila ulfat qildirgil».
8. Bir yerda yoki bir majlisda o’tirgandan so’ng ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma anzilni munzalan mubarakan va anta xoyrul munzilin».Ma’nosi: «Yo Rabb, meni muborak o’ringa tushirgil, Sen xayrlik tushurguvchisan».
9. Bir zarar-ziyon ko’rilsa, ushbu oyati karima o’qiladi:
«Asa robbana an yubdi lana xoyron minha inna ila robbina rog’ibun».Ma’nosi: «Shoyadki, Parvardigorimiz bizning holimizni bu holdan yaxshiroq holga aylantirsa. Albatta, bizlar Parvardigorimizga rag’bat va mayl qiluvchidirmiz».
10. Biror maqsudi hosil bo’lganda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy bi hikmati va qudratihi tatimmus solihat».Ma’nosi: «Har bir yaxshilik Alloh taologa xosdir, har bir yaxshi ishlar Uning hikmati va qudrati birla hosil bo’lur».
11. Maqsudi hosil bo’lgan holda ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli halin fa innahu muxavvilu ahvoli».Ma’nosi: «Har bir holda Alloh taologa hamd lozimdir, chunki Alloh taolo bir holni boshqa holga alishtiruvchidir».
12. G’amgin bo’lgan holda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma inni ‘abduka va ibn ‘abduka roziytu hukmuka va qozoika as’aluka an tazhaba anni g’ammi va huzni va an tarzuqoni yasiran ‘usri».Ma’nosi: «Yo Rabb, albatta men Sening bandangman, ham bandang o’g’lidirman, sening hukmingga, taqdiringga rozidirman, mening ko’nglimdan g’am va anduhni ketkazishingni va ham g’amdan so’ngra shodlik berishingni tilayman».
13. Yangi oyni ko’rganda uch marta «Allohu akbar», deb ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ahlihu ‘alayna bil amni vas salamati val islami allohumma aj’alhu va hilala xoyrin va rushdi».Ma’nosi: «Alloh buyukdir. Yo Rabb, bu oyni bizlarga eminlik va imon ila salomatlik va musulmonlik ila tug’dirgil, yaxshilik va to’g’rilik oyi qilgil».
14. Osmon guldiraganda va chaqmoq chaqqanda bu duo o’qiladi:
«Allohumma la taqtalna big’ozobika va la tahlikna bi ‘azabika va ‘afina birohmatika».Ma’nosi: «Yo Rabb, bizlarni achchig’ing ila o’ldirmagin va azobing ila halok qilmagin va rahmating ila bizlarga sihat va ofiyat qilgil».
15. Yomg’ir yoqqanda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma saqyan hanian nofi’an. Allohumma ij’alhu soyba rohmatin va la taj’alhu soyba ‘azobin».Ma’nosi: «Yo Rabb, bu yomg’irni rahmat yomg’iri qilgin, azob yomg’iri qilmagin».
16. Dars o’qishdan ilgari ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arzuqna ‘ilman nofi’an va hifzon komilan va zehnan shomilan va fahman zakiyyan va tavfiqan li tahsilil ‘ulumi. Allohumma axrojna min zulumatil jahli val vahmi va akrimna bi nuril ‘ilmi val fahmi. Allohumma iftahlana abvaba ‘ilmika vanshur ‘alayna xozaina rohmatik. Birohmatika ya arhamar rohimin».17. Dars tamom bo’lgandan so’ng ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy axrojna minaz zulumatil jahli val vahmi va navvir qulubana bi nuril ‘ilmi val fahmi. Allohumma vag’firlana val validina vali ustazina vasallim dinina va dunyona vaj’al malikana soliman va raufan lana bi haqqi nabiyyina Muhammadil mustofa sollallohu alayhi vasallam».Lahulhamdu val minna zaruriyati diniyya e’tiqodiya val ‘amaliyaga mushtamal bo’lgan kitob mustatab «Ibodati Islomiya» ziyurit tibo ila muzayyin bo’lib, tolibin kiromiga musharrada yetkurdi.
T A M O M