QATIQ IShTIROKIDA BO‘YOQ
O‘tmishda odamlar maxsus bo‘yoq moddasini izlab yurishmagan. Ular g‘or devorida, daraxt va terida nimaiki iz qoldirsa, masalan, bo‘rmi, qorakuyami, loy yoki o‘simlik sharbatimi, duch kelganini bo‘yoq uchun ishlataverganlar. Keyinchalik minerallar, o‘simlik va hayvon organizmidan haqiqiy bo‘yoqlar yaratila boshlangan. Masalan, qadimiy rimliklar purpur(qimmatbaho qizil bo‘yoq)ni dengiz mollyuskalaridan olishgan. Ajdodlarimiz qizil misni qatiqqa solib, idishni ikki hafta issiq joyda saqlashgan va undan «yar» — yarqiroq bo‘yoq hosil bo‘lgan. XIX asrning o‘rtalarida Angliyada sun’iy bo‘yoq tayyorlangan. XX asr boshlarida, ayniqsa, hozirgi davrga kelib sun’iy bo‘yoqning biri-biridan antiqa xillari chiqib ketdi.