Olov gul (ertak). Sergey AksakovBir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim o’tgan zamonda bir boy savdogar yashagan ekan. Uning uch qizi bo’lib, hammasi chiroyli, ayniqsa, kenjasi go’zallikda tengi yo’q ekan. Ota o’z qizlarini juda yaxshi ko’rar ekan. Eng kichigini esa kattalaridan ham ko’proq yaxshi ko’rar, qiz ham otasiga nihoyatda mehribon ekan.
Kunlardan bir kuni savdogar uzoq safarga, dengiz ortiga jo’naydigan bo’libdi va qizlarini chaqirib shunday debdi:
– Men savdo ishlari bilan olis-olis o’lkalarga ketaman, qancha vaqtda qaytishimni o’zim ham bilmayman. Agar men yo’q paytda o’zlaringni yaxshi tutsangiz xohlagan narsangizni sovg’a qilib olib kelaman. Sizlarga uch kun muhlat, yaxshilab o’ylab, keyin aytasizlar.
davomi... Saqlab olish (PDF, 116 KB)