Islomiy atamalar lug'ati: Birgalikda to'ldiramiz  ( 33403 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:50:41

Sunnat - bajarishlik qat’iy suratda talab qilinmagan amalga sunnat, deyiladi. Sunnat fiqhiy istilohda mandub, mustahab, odob kabi so‘zlar bilan ham ishlatiladi.

Sunnatning turlari uchga bo‘linadi:
1.   Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada);
2.   Odatiy sunnat (sunnati mashru’a);
3.   Zoida sunnat (sunnati zoida).

Sunnati muakkadaga misvok ishlatish, jamoat bilan namoz o‘qish, sunnati ravotiblarni o‘qish kabilar kiradi.

Sunnati muakkadaning hukmi vojibdan keyingi o‘rinda turadi.

Odatiy sunnatlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odatda qilib yurgan, lekin boshqalarga qilishlikni ta’kidlamagan sunnatlar kiradi.

Ramazondan boshqa paytlardagi tutiladigan ixtiyoriy ro‘zalar, farz va sunnati muakkada namozlaridan boshqa ixtiyoriy namozlar, Zuxo namozi, Asr va Xufton namozidan oldingi to‘rt rakat sunnat namozlari, zulqa’da oyida olti kun ro‘za tutishlik, dushanba va payshanba kunlaridagi ro‘zalar va hokazolar shular jumlasidandir.

Sunnatga amal qilgan odam savobga erishadi, unga amal qilmagan kishiga esa azob berilmasa-da, qiyomat kunida malomatga qolish ehtimoli bor.

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:51:26

Harom - bajarmaslik qat’iy talab bilan sobit bo‘lgan, uni yumshatadigan biror dalil kelmagan amalga harom, deyiladi. Harom amallarni qilgan kishi qattiq gunohkor bo‘lib, ikki dunyo azobiga uchraydi, uni qilmagan kishi savobga doxil bo‘ladi. Haromni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:51:44

Makruhi tahrimiy - bajarmaslik qat’iy dalil bilan sobit bo‘lmagan, balki qat’iylikni yengillashtiradigan dalil orqali sobit bo‘lgan amalga makruhi tahrimiy, deyiladi. Misol uchun erkak kishilarning tilla va ippakdan tayyorlangan narsalarni kiyishlari haromligi to‘g‘risida hadis rivoyat qilingan. Hadisning ochiq lafzida harom ishlatilgan. Lekin ushbu harom   hukmni   makruhi   tahrimiy   darajasiga   tushirib   qo‘yadigan   omil hadisning ohodligidir. Makruhi tahrimiy amalini qilgan odam gunohkor bo‘ladi. Qilmagan esa ajr oladi. Inkor qilganlar kofir bo‘lmasa-da, qattiq gunohkor bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:52:57

Makruhi tanzihiy - bajarmaslik qat’iy talab qilinmagan amalga makruhi tanzihiy, deyiladi. Bunday amalni qilmagan odam savobga ega bo‘ladi, qilganlar esa qiyomatda malomatga ham, azobga ham uchramaydi.

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:53:21

Muboh - bandaning qilish qilmasligida ixtiyori bo‘lgan amallarga muboh, deyiladi. Bularga yemoq-ichmoq, dam olmoq va shunga o‘xshash amallar kiradi. Bu amallarni qilish-qilmaslikka buyruq ham, qaytariq ham yo‘q.

Shu sababli ularni bajargan kishiga gunoh ham, savob ham bo‘lmaydi. Lekin mo‘min banda niyatini to‘g‘ri qilib, Allohning roziligi uchun shu amallarni bajarsa, unga ham savob yoziladi. Misol uchun kishi charchaganda o‘z jasadini dam oldirsa va bunda Allohning ibodatiga g‘ayratli bo‘lishni niyat qilsa, uning dam olishi ham ibodatga aylanadi.

Kishi uylansa yoki turmushga chiqsa, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda haromdan saqlanishni niyat qilsa, ular o‘rtasidagi er-xotinlik ham ibodatga aylanadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Oktyabr 2007, 18:24:38

Ahdnoma

Davlat boshlig'ining amriga ko'ra, ba'zi davlat, jamiyat va shaxslarga xos haqlarini bilish maqsadida yo'llangan xabar.

Payg'ambarimiz SAV xristianlar uchun hazrati Aliga yozdirgan ahdnomalarining bir qismida shunday deyiladi:
"Kimki bu ahdnomaga roiya qilmasa, u sultonmi yo boshliq bo'lishidan qat'iy nazar Alloh taologa qarshi isyon sanaladi va Alloh taoloning la'natiga loyiq bo'ladi. hamma xristianlar mening himoyam ostidadirlar. Ularga zulm qilmanglar. Ularning diniy raislarini maqomlaridan olmanglar. Ularni ibodat qilayotgan joylaridan chiqarmanglar. Ularning ibodatxona va chekovlarini buzmangiz. Ularni doimo marhamat va shafqat qanoti ostida himoya eting..." (Faridun Bey - Majmuai Munshaotus Salotin)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Dekabr 2007, 08:15:01

Ahkom

Hukmlar. Alloh taoloning amrlari va qaytarganlari. Hukmning ko'plik shakli.

Payg'ambarlar, ularga Allohning salomi bo'lsin, Alloh taoloning o'zlariga farishta (Jabroil) orqali bildirgan ahkomni o'z zamonlaridagi insonlarga nuqsonsiz yetkazganlar. (Abdulg'ani Nablusiy)

Qur'oni karim butun payg'ambarlarga yuborilgan ahkomni va undan ziyodasini o'z ichida to'plagandir. (Abdulhakim Arvosiy)

Imon va ahkom bilimlarini o'rganmagan va bolalariga o'rgatmagan inson qullik vazifasini ado etmagan bo'ladi. (Imom G'azzoliy)

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2007, 07:51:28

Ahkomi shariyya

Islom dinida biron amalning qilinishi yoki qilinmasligi haqida bildirilgan hukmlar, amrlar va qaytariqlar. Bularga ahkomi ilohiyya, ahkomi islomiyya va ahkomi Qur'oniyya ham deyiladi.

Ahkomi shariyya 8 xildir: farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruf, mufsid. (Ibni Obidin)

Insonlarga hamma narsadan avval lozim bo'lgani - e'tiqodni tuzatmakdir. Ya'ni, haqiqiy, to'g'ri iymon sohibi bo'lmakdir. Ikkinchisi esa ahkomi shariyyani o'rganmakdir. (Ahmad Faruqiy)

Badan ahkomi shariyyani ado etish bilan maza qilarkan, nafs dunyo yomonliklari va zararlaridan qutuladi. (Ahmad Faruqiy)

Imon mumga o'xshaydi. Ahkomi shariyya mum atrofidagi fanor kabidir. Mum bilan birgalikda fanor ham Islomiyatdir. Fanorsiz mum tez so'nadi. Imonsiz Islom bo'lmaydi. Islom bo'lmaguncha iymon bo'lmaydi. (Abdulhakim bin Mustafo)

Haromdan tiyilish va butun ahkomi shariyyaga amal qilish osondir. Qalbi buzuq insonga esa bu qiyin tuyuladi. Ko'p narsalar borki, sog'lom insonlarga oson, xastalarga esa qiyindir. (Imom Rabboniy)

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2008, 07:36:35

Ahkomi fiqhiyya

Fiqh bilan bog'liq hukmlar. Badan bilan bajarailishi va saqlanishligi kerak bo'lgan ishlar, amrlar, qaytariqlar.

Har bir musulmon o'ziga kerakli bo'lkgan ahkomi fiqhiyyani o'rganmog'i va uni bajarmog'i kerakdir. (Yusuf Shahobiddin Amashiy)

Ahkomi fiqhiyya 4 katta qismga bo'linadi: 1. Ibodat (namoz, ro'za, zakot, haj, jihod). 2. Munohakat (uylanish, ajralish, nafaqa). 3. Muomalot (oldi-berdi, shirkatlar, foiz, meros). 4. Uqubat (jazolar). (Ahmad Zuhdiy Afandi)

Qayd etilgan


Rukhiya  04 Yanvar 2008, 18:32:16

Акида" ссзининг маънолари: "œбогламок, тугмок, махкамламок, богланмог, куч билан махкам тутмок, исбот стмок, ишонч, жазм стмок" дир.

Qayd etilgan