Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297450 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:46:01

Eriga aziyat bermaslik

Ba’zi xotinlar erlaridan qancha-qancha yaxshiliklar ko‘rishlariga qaramay, arzimas narsa uchun barcha yaxshiliklarni inkor qilib, erlariga ozor beradilar.

Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarga: "œSadaqa bering, ey ayollar, jahannam xalqining ko‘pi xotinlardir",-dedilar. O‘rta hol bug‘doy rang bir ayol: "œNega yo Rasululloh?", deb so‘radi. "œChunki siz ko‘p shikoyat qiluvchi, eringizning yaxshiligini (ne’matini) inkor etguvchisiz", dedilar" .

Payg‘ambarimiz dan, (s.a.v.) Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat etgan hadislarida: "œMen uyda etaklarini sudray-sudray eridan shikoyat etish uchun chiqib ketgan xotinlardan nafratlanaman", deganlar.

"œBir xotin eriga har aziyat berganda jannatdagi xotini — hur qiz: "œUnga ozor berma, Alloh joningni olsin, u senning yoningda omonatdir. Ko‘p o‘tmay seni qoldirib, bizning yonimizga keladi", deydi".

Abu Umoma al-Bohiliy aytadilar: "œRasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir ayol keldi. Yonida ikkita sut emadigan bolasi bor edi. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) nimalardir so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) uch dona xurmo berdilar. U har bolasiga bittadan xurmo berdi. Bolaning biri yig‘ladi. Xotin bir dona xurmoni ikkiga bo‘lib, bolalariga berdi. Bundan ta’sirlangan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: "œBular bolalarini qorinlarida ko‘taradilar, so‘ngra tug‘adilar, emizadilar, mehr-shafqat bilan o‘stiradilar. Agar erlariga ozor-aziyat bermasalar, namoz o‘qiganlari jannatga kiradi" .

Erlari rozi bo‘lgan xotinlarga mana bu xushxabarni yetkazdilar: "œQaysi xotinning eri undan rozi holda o‘lsa, u xotin jannatga kiradi". 

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:46:12

Ayolning uy ishlarini qilishi

Har bir xotin uy ishlarini qilib, hovli va uylarini toza tutmog‘i kerak. Bu xususda mazhablarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, quyidagi hadis fikrimizga oydinlik kiritadi:
Hazrati Ali karramallohu vajhahu ibn Obudga shunday dedilar: "œSenga o‘zim va Fotimadan gap ochaymi?" U: "œha" degach, shunday marhamat qildilar: "œFotima qo‘l tegirmonini torta-torta qo‘lini, suv tashiy-tashiy yelkasini qabartirdi, uyni supura-supura libosining ohori ketdi, oqardi". O‘sha kunlar Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xizmatchilar kelgandi. "œMen otangdan bir xizmatchi so‘ra", dedim. U ketdi, otalari band ekanlar, bir narsa deyolmasdan qaytib keldi. Ertalab yana bordi. Rasululloh (s.a.v.): "œNima so‘ramoqchisan qizim", dedilar. Fotima indamadi. Men, "œmen aytayin yo Rasululloh", dedim va "œFotima tegirmon tortishdan qo‘llari, suv tashishdan yelkasi qabardi. Sizga xizmatchilar kelishi bilan borib sizdan bir xizmatchi so‘rashini, shu tariqa yukini yengillatishini aytgan edim". Rasululloh (s.a.v.) qizlariga qaradilar: "œAllohdan qo‘rq, ey qizim Fotima, Allohning farzlarini ado et, uy ishlarini qil, o‘rningga yotganingda 33 marta Alhamdulilloh, 33 marta Subhonalloh va 34 marta Allohu Akbar deya tasbeh ayt; hammasi yuz bo‘lur. Bu sen uchun xizmatchilardan xayrliroqdir", dedilar.

Fotima ham "œMen Allohdan va Rasulidan roziman", dedi. Rasululloh (s.a.v.) xizmatchi bermadilar .

Islom er-xotin orasidagi haqlarni tartib-intizomga solish uchun qo‘ygan asoslar fitriy va tabiiydir. Erkak uydan tashqaridagi ishlarni, ayol bola boqish va uy ishlarini yaxshi biladi. Erkak ham, ayol ham tabiatiga mos ishlarni qilishga mukallafdirlar. Shunday qilib, xonadon ham tashqaridan, ham ichkaridan tartib-intizomga solinadi. Bundan ayol ham, erkak ham zarar ko‘rmaydi.

Hazrati Fotimaning (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) uy ishlariga bir yordamchi so‘rashini va natijasini ko‘rdik. Endi hazrati Abu Bakrning (r.a.) qizi Asmoning (r.a.) hikoyasini tinglaylik:
"œUy ishlariga qarab, barcha uy yumushlarini qilardim. Erim Zubayrning bir oti bo‘lib, uni ham men boqardim. O‘tini, suvini berardim, qova (chelak)ni men yamar, suvni men tortardim. Xamir qorardim. Bir farsahga yaqin masofadan boshim ustida xurmo va danaklarini tashirdim".

Bu ikki hadis uy ishlari ayolga, tashqi xizmatlar erkakka taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana bu hadislarida xotinning eridagi yana bir haqqiga ishorat qilmoqdalar: "œXotinlaringizda shu haqqingiz bor: istamagan kishilaringizni uyingizga qo‘ymaslik".

Mana bu hadis ham ibratlidir:
"œ... o‘ziga dunyoligini ta’min etgan erining orqasidan ochilib-sochilgan xotinning yuziga Qiyomat kunida Alloh boqmaydi...".

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat qiladilar: "œBarchangiz cho‘pon (rahbar)siz va hammangiz qo‘l ostingizdagilarga javobgarsiz; amir halqiga javobgar. Erkak oilasiga rahbar, oilasiga va qo‘l ostidagilarga javobgar. Ayol eri haqlarining cho‘poni, uyiga va bolalariga mas’ul. Xizmatchi xojasi haqlarining cho‘poni va moliga javobgar. Shu sababdan barchangiz (boshliq)siz va hammangiz qo‘lingizdagilarga javob berasiz. Shunday ekan, masalalarga javob hozirlangiz. Ashob "œJavoblari nima yo Rasululloh", deyishdi. "œYaxshi amal (ish)lardir", deb javob berdilar".

Ayol erining molidan eri rozi bo‘ladigan miqdorda sadaqa bergan taqdirda savob qozonadi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œBir ayol uy intizomini buzmaydigan shaklda erining molidan sadaqa bersa o‘zi ham, eri ham savobga sazovor bo‘lur".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:46:32

Xotin eri qaerda bo‘lsa uning yonida bo‘lishligi xususida

Otalarimiz "œko‘zdan uzoq — ko‘ngildan uzoq", "œmehr ko‘zda" deganlar. Er-xotin bir joyda bo‘lishlari muhaqqaqki, ularni yanada mas’ud va baxtiyor qiladi. Bu mavzuda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: "œUlarga (ya’ni, taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan — qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar..." (Taloq surasi, 6-oyat).

Hatto mana shunday holatlarda ham bir joyda yashash muvofiq ko‘rilmoqda. Biz to‘xtalayotgan masalada esa er ayolini o‘zi bilan birga boshqa yerga boshqa mahallaga, boshqa bir shaharga olib ketishi masalasidir. Yuqorida ishorat qilganimizdek, er-xotinning birga yashashi asosdir. Faqat vaqti bilan erining boshqa yerda ishi chiqib, rizqini u yerdan terishi mumkin. Bu holda ayol mutlaqo eriga tobe’ bo‘ladi.

Faqihlar mana bu qaydlarni ham keltiradi: "œAyolni boshqa yerga olib borish uchun yo‘l emin bo‘lishi, ayol chiday olmaydigan darajada mashaqqatli bo‘lmasligi, dushman qo‘rquvidan holi bo‘lishi kerak. Agar shu kabi to‘siqlar bo‘lsa, ayol eri bilan ketmasligi mumkin".

Ayol eri ko‘rsatgan uyda yashashi uchun uy qulay, talabga javob beradigan bo‘lishi kerak, ya’ni muvofiq bo‘lishi lozim. Agar uy muvofiq bo‘lmasdan, turmushdan kutilgan haqlar zoe bo‘lsa, ayol u uyda o‘tirishga mas’ul emasdir. Chunki, bunday maskanlar shariatga muvofiq emas. Nomashru’ maskanlardir. Masalan, uydagi tartib (to‘g‘rirog‘i tartibsizlik) zavjiyat muammolarini o‘rinlatishga imkon bermaydigan darajada bo‘lsa, yo ulardan bir zarar yetadigan bo‘lsa, yo narsalarini o‘g‘irlatib qo‘yish qo‘rquvi bo‘lsa, bunday hollarda ayolni yashashga majbur etish kerak emas. Bu kabi uylarda yashashga imkon bo‘lmasa, ayol u yerda turishdan qo‘rqsa va nihoyat, qo‘shnilar yaxshi bo‘lmasalar ham ayol bunday uyda o‘tirmoq bilan javobgar hisoblanmaydi va mas’ul tutilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:46:45

Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi:

Farz ibodatlarga hech kim mone’ bo‘lolmas. Nafl ibodatlarida esa qulaylik bor. Safvon ibn Muattalning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib, "œErim namoz o‘qiyotganimda uradi, ro‘zamni buzadi va o‘zi bomdodni quyosh chiqmasdan avval o‘qiydi", deb shikoyat qildi. Eri ham yonida edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) undan so‘radilar. U: "œnamoz o‘qiyotganimda uradi" deyishiga sabab, u namozda ustma-ust ikki sura o‘qiydi, men unga buni mone’ qilgandim", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œBir sura bo‘lsa ham barcha odamlarga yetadi", dedilar. Safvon shunday davom etdi, "œro‘zasini buzishimga kelsak, uzundan-uzoq (bir necha kun) ro‘za tutadi, men esa yoshman, sabr etolmayapman", dedi. Rasululloh (s.a.v): "œBir ayol erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutolmaydi", dedilar.

Shu mavzuga aloqador yana ikkita hadis bor:
"œEri yonida bo‘lgan ayol uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutmasin".
"œBir ayol eri izn bermaguncha ro‘za tutolmaydi. Agar tutsa, ochligi va suvsizligi yoniga qoladi, ro‘zasi qabul bo‘lmaydi".

Ibni Umar (r.a.) haj to‘g‘risida Rasulullohdan (s.a.v.) shu hadisni rivoyat etadi: "œEri bo‘lgan boy xotinga eri ruhsat bermasa, nafl hajiga ketolmaydi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:46:59

Xotinni tarbiyalash

Har bir oilaga rahbar kerak. Erning shariat doirasidagi barcha istaklariga xotini itoat etish majburiyatidadir. Agar itoat etmasa, eri tarbiyalash huquqiga ega. Zero, Alloh shunday marhamat qiladi:
"œ...Xotinlarning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so‘ng (bu ta’sir qilmasa) ularni yotoqlarda tark etingiz, so‘ngra (bu ham kor qilmasa), ularni (majruh bo‘lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo‘l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug‘ zotdir" (Niso surasi, 34-oyat)
.
Oyatdagi "œnushuz" kalimasi ayol eriga itoat etmasligi, unga qarshi kekkayish ma’nosida keladi. Oyatda "œ... Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz..." deyilmoqda. Quyidagilarga ishorat qilinmoqda; avvallari erining da’vatlariga rozilik bildirib, istaklarini darhol bajargan, eri ichkariga kirishi bilan  darhol o‘rnidan turgan ayol endi tamoman shularning teskarisini qila boshlaydi. Bu holda eri quyidagilarni tartib bilan amalga oshiradi:
a) avvalo yaxshi gapirib, nasihat qiladi. Eri unga Allohdan qo‘rqish kerakligini, xotinida ancha haqlari borligini, ya’ni, uning oldida bir talay huquqlarga ega ekanligini eslatadi. Aks holda nafaqasini to‘xtatishini aytadi;
b) yotog‘ini tark etadi. Birinchi tadbir bilan ayolning aqli kirmasa, eri uni yolg‘iz yotishga mahkum etadi;
v) urmoq. Bu choraga yuqorida qilingan amallar ish bermasagina murojaat qilinadi.

Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, ayol isloh etmoq (tuzatmoq) uchun uriladi, o‘ldirmoq yoki mayib-majruh qilmoq uchun emas. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: "œAgar sizga itoatsizlik etadigan bo‘lsalar, ularni yengilroq uring".

Yengilroq urish qanday? Mufassirlar buni shunday tushuntirganlar: Ro‘molcha va qo‘l bilan uriladi, qamchi va tayoq bilan emas. Buni ham oshirib yubormaslik, bir joyga emas, yuzdan tashqari vujudining turli qismlariga almashtirib tekkiziladi. Chunki, yuz barcha go‘zalliklar mujassam bo‘ladigan inson chehrasidir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:47:17

Erining ruhsatisiz ishga kirmoq

Islom ayolga uy ishlarini qilish vazifasini bergan. Islom dini erkaklargina qiladigan og‘ir kasblarni ayollarga farz qilmagan, lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi.

Hozirgi sharoitda musulmon ayollarga turli sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishda, shifoxonalarda, maktablarda ishlash ehtiyoji ortib bormoqda.

Ayol uydan tashqariga chiqishi bilan vazifa sohasining tashqarisiga chiqqan bo‘lurki, bu holda harakat qilishi ba’zi shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Olimlar ayolning ish-harakatlarini, erining haqqiga zarar beradigan va bermaydigan shaklda ikkiga ajratishgan; birinchisini man’ etib, ikkinchisini joiz ko‘rishgan.

Hanafiy faqihi Ibn Obiddin marhamat qiladilar: Shuni bilish foydaliki, qaysi bir ish ayolga erining haqqini cheklasa, bu xil ishlar man’ qilinishi kerak. Ammo bunday zararlarga o‘rin bermaydigan ishni man’ qilishda hech qanday ma’no yo‘q. Shuningdek, qilayotgan ish ayollarga xos farzi kifoyalardan bo‘lsa, bundan ham uni man’ etish to‘g‘ri emas, masalan, doyalik, tikuvchilik, muallimalikka o‘xshash ishlar. Ishlash bilan birga ayol kishining farzandlarining tarbiyasini enaga yoki bog‘cha tarbiyachilariga tashlab qo‘yishi bola tarbiyasiga nuqson yetkazishi mumkin, chunki hech kim onadek mehr berib, tarbiyani o‘rinlatolmaydi. Hozir davr shundayki, ayol kishi ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tirib ham farzandiga yaxshi tarbiya berolmaydi, chunki u zamondan orqada qoladi, kunida sakkiz soat ko‘chada ishlab ham farzandlariga vaqt ajratolmaydi, ularni nazorat qilolmaydi. Demak, shunday sharoit bo‘lishi kerakki, ayol ibodatlarini o‘rinlatgani holda foydali mehnat bilan band bo‘lsin, ham farzandlari va eriga vaqti qolsin. Shunda jamiyatga foydali bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:47:31

Taksilarda haydovchi bilan yolg‘iz ayol shahar ichida yoki tashqarisida uzoq-yaqin masofada kezadimi?

Ayol kishiga ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanishni davr taqozo etar ekan va ayol ko‘chaga chiqar ekan, shu savol tug‘ilishi tabiiydir. Din nuqtai nazaridan bir-biriga begona erkak-ayol yolg‘iz qolishlari haromdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi sharifda shunday marhamat qiladilar: "œBir erkak bilan bir ayol yolg‘iz qolsalar, mutlaqo uchinchilari shaytondir". Ya’ni, shayton ularga vasvasa solib, shahvatlarini qo‘zg‘atadi. Shuning uchun bir ayolning shahar ichida olomon orasida ma’lum yerdan booshqa bir yerga mahramisiz, zaruratan borishi lozim bo‘lsa (yolg‘iz qolmaslik sharti bilan), taksida ketishining zarari yo‘q. Kechasi, shahar chetiga erining iznisiz yolg‘iz shofyor bilan taksida ketishi harom. Allohdan qo‘rqqan musulmon ayol o‘qishda bo‘ladimi, ishda bo‘ladimi, eshigi yopiq bir xonada erkak bilan yolg‘iz qolishlikdan o‘zini saqlaydi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:47:44

Ayolning haj uchun mahrami bo‘lmasa turmushga chiqishi joizmi?

Bu mavzu ba’zi o‘tkinchi (manfaatparast)lar tarafidan suiiste’mol qilinib, bir qancha ayollar tuzoqqa tushirilgan. Islom dinining kechasi ham kunduziday oydin. Ya’ni, dinimizda yopiq qolgan mavzu yo‘q. Muvaqqat (vaqtinchalik) nikoh harom. Haj qilmoq uchun ma’lum muddatga erkak bilan ayolning nikohlanishiga hech bir mujtahid imom izn bermagan. Lekin ayol tul bo‘lib, jiddiy turmush ko‘rmoq istasa, erkak ham umr bo‘yi yashamoqni o‘ylab, niyat qilib uylanmoqchi bo‘lsa, tabiiyki bunga hech qanday qonuniy to‘sqin yo‘q. Ayol kishi yolg‘iz bo‘lib, hech qanday mahrami bo‘lmasa, u ayolga haj farz bo‘lmaydi. Lekin u ayolning mablag‘i bo‘lsa-yu, haj ibodatini qilishni xohlasa ishonchli, o‘zi tanigan ayollar guruhiga qo‘shilib borishi mumkin.

Tarixdan ayonki, yuksak fazilat va axloq sohiblari doimo jamiyatning oz qismini tashkil etib kelishgan, talay qismi esa fisqu fujur, fahsh va turli buzuqliklardan xoli emas edi. Bularga nisbatan moddiy tarbiya vositalari va Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlarning shariatlari shuningdek, Islom dini ham jazo choralari, jazoi mu’ayyidalar belgilagan. 

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:47:56

Zino

1. Zinoning yomonligi: Islom dini turmush qurishga buyurgan va turmush qurganga bir qancha savoblar va’da etgan. Ayniqsa, turmush qurishni osonlashtirgan va qulaylashtirgan; uylanadigan ayollar sonini zarur bo‘lganda to‘rttaga chiqargan. Bular sog‘lom va baxtli turmushni ta’min etish uchundir, odamlarni zinodan saqlash uchundir. Islom zinoni turmushning asosiy dushmani deb e’lon qilgan.
 
Zino — nikohsiz jinsiy munosabat qilmoqdir. Turmush qurish odamga qancha foyda va baxt keltirsa, zino shuncha zarar va baxtsizlik keltiradi.

Zino so‘ngsiz, qon bilan yuvilmaydigan g‘avg‘olarga boshlaydi. Oilaga oilada bo‘lmaganlarni aralashtiradi. Bir begonani umr bo‘yi boqqani kabi, asl oiladan bo‘lganlarni merosdan mahrum etadi. Oilaga sharmandalik tamg‘asi bosilib, tuzalishi mushkul moddiy va ma’naviy xastaliklarga sabab bo‘ladi. Zino Alloh kitobida, Rasululloh (s.a.v.) sunnatida qattiq qoralangan. Qur’oni Karim: "œZinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir" (Al-Isro surasi, 32-oyat) deya odamlarni zinodan uzoq bo‘lishga chaqiradi.

Rasululloh (s.a.v.) ham bizga zino va boshqa yomonliklarni shunday qoralab tushuntirganlar. Imron ibn Husayn deydiki: Rasululloh (s.a.v.) "œZino, ichkilik va o‘g‘irlikka nima deysiz", deb so‘radilar. Biz: "œAlloh va Rasuli yaxshiroq biladi", dedik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: "œBular fahsh (iflos) harakatlardir, jazoga loyiqdir...".

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Janob Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: "œZino qilguvchi zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay, o‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagaydur va ichkilik ichuvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay. Tavba etsa, qabul bo‘ladimi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lgay".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:48:11

2. Zino qilganlar bilan turmush qurmoq, uylanmoq: Zino, nasliy zahm va so‘zak kabi yuqumli kasalliklarga sabab bo‘lsa, inson bir oilani, turmush qurishni tahlikaga solib qo‘yadi. Chunki, Alloh zoniy (zino qiluvchi)larning turmush qurishlari xususida shunday marhamat qiladi:
"œZinokor erkak, zinokor ayol yoki butga sig‘inuvchi ayoldan boshqasiga uylanmas. Zino qilgan ayol ham zino qilgan yoki butga topingan erkakdan boshqasi bilan turmush qurolmas. Bu (xil uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir".

Ko‘ryapsizki, zino qilganlarga kimlar loyiq ko‘rilmoqda. Yo o‘zlariga o‘xshash zoniylar yoki butparastlar. Yanada oydinroq anglash uchun oyatning tushish sababini ko‘raylik:
Abdulloh ibn Amr deydilarki: Musulmonlardan Ummu Mahzul degan boy bir fohishaga uylanmoq uchun Rasulullohdan (s.a.v.) ruxsat so‘radi. Bu xotin o‘ziga uylanadigan kishiga moli bilan yordamda bo‘lishini va’da qilgandi. U kishi vaziyatni Rasulullohga (s.a.v.) bildirgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuqoridagi oyatni o‘qidilar va bunday uylanishga ruxsat bermadilar.

Ba’zi olimlar zino etgan ayollarga uylanishga ruxsat berganlar. Ular quyidagi dalillarga tayanganlar:
Hazrat Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: Rasulullohdan (s.a.v.)so‘radilar: bir odam zino etgan ayolga va yoxud (uning) qiziga uylanishi mumkinmi? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob berdilar: "œHarom, halolni harom etmas; faqat nikoh bilan bo‘lgani harom etar". Ya’ni, ayolning zino etganligi shariat halol qilgan nikohni harom etmaydi, u ayoldan tavba umid qilinadi va unga uylanish mumkin.

Hadisning ikkinchi qismi ma’nosi: ya’ni, bir kishi xotinining onasi bilan zino qilsa, xotini unga harom bo‘ladi. Hatto xotinining onasiga qo‘l tekkizishi (silashi, quchishi), o‘pishi va shahvat bilan avrat joyiga boqishi ham shundaydir. Bu yerda xotini bilan nikohlidir; holbuki, yuqoridagi hadisda odam ayol bilan nikohli emas.

Amr ibn Dinor deydilar: Shomda bir ayol yomon (buzuq) ish qildi. Buni hazrat Umarga (r.a.) yozdilar. Hazrat Umar (r.a.) ayolning sohibiga: "œUni turmushga ber va ahvolini hech kimga gapirma", deb yozdilar.

Yana shu qarashdagilar yuqoridagi oyatni ta’vil etib va oyatdagi "œnikoh" ta’biri uylanmoq ma’nosida emas, jimo’ ma’nosida, dedilar.

Tavba va islohi hol qilganlar kechirilib, uylanishga ruxsat berilgan. Imom Sha’biy bir voqeani aytadilar:
Yosh bir qiz zino qildi. Unga zino haddi urildi. So‘ngra bular muhojir bo‘lib ketdilar. Yosh qiz chiroyli, yaxshi tavba qildi, ahvolini tuzatdi. Kelib qizni amakisidan so‘radilar. Amakisi o‘tmishini tushuntirmay turmushga berishni istamas, faqat sirini fosh qilishni ham istamasdi. Ahvolni hazrat Umarga (r.a.) bildirdilar. Hazrat Umar (r.a.): "œUni boshqa soliha ayollar kabi turmushga uzatgin", deb yozdilar.

Bir kishi Ibn Abbosga dardini yordi: «Bir ayol bilan ta’qiqlangan munosabatda bo‘lib yurardim. So‘ngra Alloh bizga tavba nasib etdi-yu, lekin ba’zilar: "œZino qilgan erkak faqat zino etgan yoki butga topingan ayolga uylanur", dedilar. Ibn Abbos marhamat qildilar: "œYo‘q, bu holat unday emas, unga uylan, gunohi mening bo‘ynimga".

Qayd etilgan