Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar  ( 297435 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 15 B


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:33:30

Hayzli ayol yuvinmasdan qilishi muboh bo‘lgan ishlar

Hayzli ayol qo‘lini, ogzini yuvgach, yeb-ichishi makruh bo‘lmaganidek, hayz tugashida yuvinmasdan jimo’ qilmog‘i, ikki jinsiy aloqa orasida tahorat olib, g‘usl etmasdan, yana aloqa qilishi mumkin. Ammo orada cho‘milib-yuvinmoq yoki tahorat olmoq afzalroqdir.
Odatli ayollar qo‘liga va sochiga xina qo‘yishlari mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:33:48

Hayzli ayolning xushbo‘y sepishi va surishi

Ayol eri oldida jozibasini yo‘qotmasligi uchun ayniqsa jinsiy joziba zaiflashadigan odat davrida xushbo‘y (atir)lar sepishi hamda surishi mumkin va kerakdir.

Odat holida (jinsiy munosabat) harom bo‘lsa-da, erkalashib-suyushmoq (yalong‘och holda ta’qiqlangan joylardan tashqari) haloldir. Bu davrda vujuddan taralgan noxush hidlarni ketkizmoq, salbiy taassurot qoldirmaslik uchun xushbo‘y sepish va surish mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:33:58

Hayzli bilan birga yeb-ichish

Hayzli ayollar bilan yeb-ichish, jinsiy hayotdan tashqari turli hamdamlik va hamkorlik davom etishi shu hadisda ham oydinlashmoqda:
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
"œHayzli paytlarimda Rasululloh (s.a.v.) suv solingan meshni menga berardilar, men ichib bo‘lgach, u zotga uzatardim. Mening labim tekkan joyni ko‘zdan kechirar, u zot ham o‘sha joydan ichardilar".
Hayzli ayol ovqat pishirishi va xamir qilishi, suv ishlatishi makruh (ta’qiqlangan) emas.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:34:10

Hayzli ayol bilan bir o‘rin (to‘shak)da yotmoq

Hazrat Ummu Salama marhamat qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.) bilan bir choyshab tagida yotganimda hayz ekanimni eslab sekin to‘shakdan chiqdim va hayz uchun tayyorlagan libosimni oldim. Uni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.):
— Hayz ko‘rdingmi?, — deb so‘radilar
— Ha, — dedim. Meni yonlariga chaqirdilar. U zoti muborak bilan birga bir choyshab tagida yotdim".

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:34:23

Junub va hayzli ayol bola emizishi mumkinmi?

Emizikli ayol hayz holida bola emizishi mumkin bo‘lganidek junub paytida ham emizishi mumkin. Bu xususda ixtilof yo‘q.

Tahoratli ayolning bolasini emizishi tahoratini buzmaydi. Tahoratli emizgani yaxshiroqdir. Tahoratsiz, junub yoki hayzli ayol suv olish uchun yuvilgan qo‘lini suv idishiga tiqsa (zarurat tufayli), o‘sha suv musta’mal (harom) bo‘lmaydi.

Hayzli va nifosdagi ayollar muazzin aytgan azonni takrorlaydilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:34:37

Hayzli ayolning paxta yoki bo‘z qo‘llashi haqida

Hayz vaqtida ayollar bo‘z yoki paxta ishlatishlari mumkin. Hayzning hidi sezilmasligi uchun bo‘zga, lattaga xushbo‘ylik sepishlari ma’quldir. Agar bo‘zlar foydalanilmaydigan holga kelsa, ularni ko‘mmoq, yoqmoq lozim. Ayol kishining hayz jihozlarini maxfiy tutishi, alohida saqlashi gigienik va islomiy odob ko‘rinishidir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:34:45

Tib ilmining bu mavzudagi tavsiyalari

Oy ko‘rganda ichki kiyimlar va badan tozaligiga e’tibor qilish lozim. Bu holdagi ayol kunda yuvinishi, pardoz qilishi bilan birga vujudining pokligiga ham ko‘proq diqqat qilishi kerak. Bir ayol mustasno hadislarda bir necha bor, faqat me’yoriy (normal) vaqtlarda kunda bir marta tanosil a’zosini yaxshilab yuvish majburiyatidadir. Yuvinmasdan avval bo‘shanishida o‘zi uchun yengillik bor. Tanosil a’zosiga upa, imkoni bo‘lsa, lavanda gulidan tayyorlangan xushbo‘y (malham) surishi lozim. Chunki, lavanda guli vujud hidini eng yaxshi bekituvchi vositadir.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:34:56

Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa

Islomda har bir ayol hayz, nifoslik va poklik kunlarini, bularning hisobini, muddatini bilishi kerak. Agar din xususida diqqatsizlik, e’tiborsizlik va loqaydligi tufayli bunday jiddiy va muhim masalalarga beparvo holda ahamiyat bermaydigan, umrini mayda-chuyda ishlar bilan band qilib, shu sababli odat vaqtlarini unutadigan bo‘lsa, buning mas’uliyati, hisob va jazosi juda katta va og‘ir bo‘ladi (Xudo saqlasin). Behushlik va jinnilik sababli unutib, amal qilmaydiganlar, albatta bu hukmdan mustasnodirlar.

Qoida: Hayz ma’lum bo‘lgan ayol qoni davom etganini yoki hayz kunlarining sanog‘i tamom bo‘lib-bo‘lmagani xususida shubhaga tushsa va yoxud hayz o‘rnida va davriy aylanishida ikkilansa, o‘ylab ko‘radi; fikri nimaga qanoat qilsa, o‘shanga qaror qiladi. Agar qanoat hosil qilmasa, toza yoki hayzli bo‘lgani haqida aniq hukm etilmaydi. Lekin ehtiyotlik bilan harakat etiladi. Bu holda ayol hayzli holatlarda ta’qiqlangan ishlarni qilmaydi va har vaqt uchun yangidan tahorat oladi.

Ayolning xar namoz vaqti uchun tahorat olishi faqat tozalik uchun bo‘lmay, hayzli bo‘lishi ehtimoli uchun hamdir. Bu taqdirda namoz o‘qish bilan o‘qimaslik halol va harom xususida teng bo‘ladi. Mavzu namozdek muhim ibodat haqida bo‘lgani uchun ehtiyotga rioya qilinadi va ayol namozini o‘qiydi. Chunki, zimmasida namoz qarz bo‘lib qolishidan ko‘ra, o‘qilgani yaxshi (xayrli)roqdir.

Ayol hayz bilan tozalik orasida va tozalikka kirib-kirmaganiga (hayzdan chiqib-chiqmaganiga) ikkilansa, har namoz uchun yuvinadi. Ayolning har namoz uchun yuvinishi o‘sha onda hayzdan chiqib, tozalikka kirishi joiz ekanidandir. Bunday holdagi ayol g‘ayri muakkada sunnatlarini, masjidga kirishni va jinsiy munosabatni tark etadi. Mushafga tegmaydi, nafl ro‘za ham tutmaydi. Tilovat sajdasini eshitishi bilan sajda qilsa, qarzi tushadi. Chunki, o‘zi toza bo‘lsa, sajdaning adosi sahihdir. Toza bo‘lmasa, zotan, vojib emasdir.

Hayz kunlarini, muddatini unutgan ayollar ramazonda ro‘zalarini ehtiyotlik bilan tutadilar va ikkilanganlari tufayli ramazondan keyin hayz muddati — 10 kunning ikki misli 20 kun o‘laroq ro‘zalarining qazosini ado etadilar. Bu 20 kun tutishlari ehtiyotan va shubhani ketkizmoq uchundir

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:35:10

Nifos muddati bilan bog‘liq masalalar

Nifosning eng kam muddati qonning bir soat bo‘lsa ham kelishidir. Ko‘pi bilan 40 kun. Faqat shularga binoandir.

Agar qon ilk boshlanishida yoki odatlarida 40 kundan ko‘p bo‘lsa, yuqorida ishora etilgandek, buning 40 kuni nifosli ekaniga e’tibor etiladi. Ikki qon orasida tozalik (qonsiz holi) 15 kundan ziyod bo‘lsa ham Abu Hanifa (r.a.)ga ko‘ra, bu muddat — nifosdir. Fatvo ham shu asosga binoandir.

Bir ayol ko‘z yorigach, bir muddat qon ko‘rib so‘ngra qirq kun ichida qon to‘xtab, tozalik ko‘rgach, qirq kunning oxirlarida yana qon ko‘rsa, bu qon ketma-ket kelgan qon hukmidadir. Va ayolning nifosi ikkinchi marta kelgan qonning tugashi yoki 40 kundir.

Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik ham nifos hisoblanadi. Masalan, 10 kun qon kelib 5 kun to‘xtagach, yana 10 kun qon keladigan bo‘lsa, bu 25 kunning hammasi nifos muddati hisoblanadi. Nifosda, 40 kun orasida ko‘rilgan tozalik Imom A’zamga ko‘ra xoh 15 kun, xoh ozroq yoki ko‘proq bo‘lsin, tanaffusni tashkil etmaydi. Poklikning ikki tarafidagi qon davomli qon kabi hisoblanadi. Fatvo ham shunga ko‘ra.

Imomayn (imom Muhammad bilan Abu Yusuf)ga ko‘ra esa, 15 kun tanaffusni tashkil etadi. Ayol ko‘zi yorigandan so‘ng bir kun qon, 38 kun poklik va bir kun qon ko‘rsa, Imom A’zamga ko‘ra bu 40 kun nifosdir. Imomaynga ko‘ra faqat birinchi kun ko‘rilgan qon nifos sanaladi.

Birinchi marta nifosdagi ayolning nifos qoni 30 kundan keyin to‘xtasa, so‘ngra 45 kun tamom bo‘lmasdan yana qon ko‘rsa, buning 40 kuni nifosdir. Chunki, nifos bilan hayz orasidagi poklik muddati 15 kun bo‘lmaydi. Ikkinchi qon uzr qonidir. Bunday holda nifosning muddati 40 kun hisoblanadi. Nifosdagi ayolning masalan, har doimgi nifos davri 40 kun bo‘lib, bu gal 20 kun qon ko‘rib to‘xtasa, so‘ngra 19 kun toza qolsa, avvalgi odati bo‘lgan 40 kunini tamomlamaguncha eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.

Agar nifosdagi ayol 40 kun o‘tmaslik sharti bilan odatidan tashqari qon ko‘rsa, masalan, odati 20 kun ekan, 15 kunda qon to‘xtasa yoki qon 25 kun davom etsa, odati 15 kun, ikkinchisiga ko‘ra odati 25 kun bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  14 Oktyabr 2007, 07:35:24

Nifosning hukmi

Nifos asosan hayz kabidir. Avvalroq hayz va nifos haqida mushtarak hukmlar bo‘limida aytildi. Ya’ni, nifosli ayol ham hayzli kabi Qur’on o‘qiy olmaydi, jome’ga kirolmaydi, Ka’bani tavof eta olmaydi.

Qayd etilgan