Moderatorlar sahifasi  ( 93449 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B

Munira xonim  26 Dekabr 2009, 19:59:15

Munira xonim, ko'pchiligimizning, shaxsan mening sizga nisbatan interviewdan keyingi hurmatim oshgan bo'lsa oshgan, kamaygan emas. Biz javobingizni yaxshi ma'noda tushungan edik va to'g'ri qabul qilgan edik, tanbehga qo'shilishimiz savol beruvchi ukalarimizga qaratilgan edi.. Postlarni o'chirib yaxshi ish qilibsiz, barcha oldida ushbu uzrnomani yozishingiz orqali esa yuksak axloqli muslima ekaningizni ko'rsatdingiz, bunday singlimiz borligidan behad xursandmiz. Alloh taolo mana shunday kishilarni ziyoda qilsin.

Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Men xato qildim va bu xaotimni tushuntirgan hammadan, xususan Diydor opajondan minnatdorman. U kishi meni xatoyimni aytib, menga ko'zgu tutdilar va meni nomimni, bir muslimani nomini oqlash uchun, forumda ko'pchilikka qrashi chiqa oladilar. Buni o'zimga aytib indamay ketsalar ham bo'lardi, lekin bu narsa forumga qo'yilgani va buni ishtirokchilar va mehmonlar o'qigani uchun, bu xatoni Forumda to'g'rilashga qaror qildilar. Niyatlari bir muslima singillari haqida xar hil nojo'ya fikrlar bo'lishini oldini olishlari bo'ldi. Alloh u kishidan rozi bo'lsin. Bu niyatlariga yarasha O'zi mukofatlasin.
Mendek singilni borligi uchun ham, bundan ko'proq esa, o'z muslima singillarini haqqini himoya qila oladigan va bunda hech kimni malomatidan qo'rqmaydigan Musloma singillaringiz borligi uchun xursand bo'ling va ular haqqiga duo qiling. Ular bu duoga ko'proq haqlidir.
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin. Shunday xolis insonlar safimizda ko'payishini Allohdan so'rab qolaman.

Qayd etilgan

Shokirbek  26 Dekabr 2009, 21:21:39

Va alaykum assalom.

Men yuqorida Diydorning "interviewdagi savol noto'g'ri berilgan" degan mazmundagi fikriga qisman qo'shilgan holda "tanbehga qo'shilganim"ni aytib o'tdim. Bu degani uning barcha gaplari to'g'ri degani emas. "Farazan munday bo'lganda unday qilgan bo'lardim" deyish (bizning masalamizda: bordiyu turmushga chiqmagan bo'lganimda shoirdek sifatli yigitni tanlagan bo'lar edim (men o'zim tushungan ma'nosini yozdim)" deyish Islom nuqtai nazaridan hech qanday yomon ham, gunoh ham hisoblanmaydi. Payg'ambarimiz "Hijrat bo'lmaganida ansorlardan bir kishi bo'lgan bo'lardim" deganlar. Ma'lumki, payg'ambarimizning o'z o'rinlari, payg'ambarliklari, Qurayash qabilasining eng sayyidlari, payg'ambar avlodi ekanliklari ansorlardan bo'lishdan yuz chandon ortiq. Lekin ansorlarning sha'nini ulug'lash uchun, ularning martabasini ko'tarish uchun shunday deganlar. Bu deganlari - o'zlaridagi barcha fazilatlardan voz kechib ansoriy bo'lishni orzu qilganlar degani emas. Munira xonim ham xuddi shunday ish tutgan edi. Muhtaram shoir ukamizning axloqi jihatidan u kishiga tahsinlar aytib, uning darajasi ulug' yigit ekanini aytish edi maqsadi. Bu gapining diniy jihatdan noto'g'ri ekanini Diydor o'zi bilgan mezonlardan kelib chiqib aytib o'tdi. Buni ham azbaroyi islomiy oilaga hech bir nojo'ya ish, gap o'zining salbiy soyasini solmasin, degan maqsadda tanbeh berdi.. Lekin gap shu bilan to'xtaganida men ham indamay sukut qilb o'tib ketgan bo'lar edim.

Kishi bir narsani shar'iy jihatdan noto'g'ri deyishdan oldin yetti o'lchab bir kesishi lozim.. Buning uchun esa ba'zi oyat-hadislarni o'qish, ba'zi fiqh kitoblarini mutolaa qilishning o'zi kifoya qilmaydi.

Har qanday holatda ham Muniraning ham, Diydorning ham xolisligini olqishlash kerak, ularning Islomda bundanda ziyoda bilim olishlariga, bundanda ziyoda yozishmalar qilib, dindoshlariga namuna bo'lishlariga tilakdoshmiz.

Qayd etilgan

Munira xonim  26 Dekabr 2009, 22:43:54

Assalamu alaykum.
Shokirbek aka, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta, biz gunohkor va xatokor insonlarmiz,har bir inson kabi. Bu xatolarimizni to'g'rilash va qayta bu xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun esa,InshaAlloh, qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin.

ChehMik,Alloh sizdan rozi bo'lsin. Yana vaqtingizni va asabingizni sarflab uzuuun post qilishni hojati yo'q edi.Eski gaplar tinchigan, men esa shunchaki Shokirbek akani fikrlari xolis va ibratli bo'lgani uchun, u kishiga minnatdorchilik bildirish uchun post qildim, xolos.U postda umuman sizga aloqasi bor gapni o'zi yo'q. Bu yerda jabrdiyda ham, gunohkor ham yo'q. Ozgina bir-birini tushunmovchilik bo'ldi,xolos. Yana bir bor aytaman, men hech kimni meni haqimda xato o'yladi degan fikrda emasman va bu faqat ayol nazari bilan qaraganda sal xato ketgan savol va javob edi. Buni esa  tushunishga siz ojizsiz.Chunki siz erkaksiz....Men sizni hech narsada ayblamadim va ayblamayman ham.

Muhammas Sohib, bu yerda ham sizga atalgan fikrni o'zi yo'q. Shoir haqida esa fikrlarimni aytganman. Yana qaytarishni hojati yo'q, siz tushunmagan bo'lsangiz ham.U yerda xolis fikrimni aytganman. Siz sanab o'tgan userlarni hurmat qilaman. Xuddi men ularga qarshi gapirgandek fikr tashlamang bu yerga. Bu chiqishlarni esa o'z fahmingiz yetar darajada tushungan bo'lsangiz men xursandman. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Bu yerda xolislikdan gap ketibdi, siz esa menga atalgan "go'zal" so'zlaringizni omma ichida aytibsiz, men ham sizga bir maslahat beray: Hadeganda, doimo, biror, bahs yoki tortishuv bo'layotgan joyda fikr tashlashingiz shart emas. Buni sizga hech qanaqa foydasi yo'q, deb qo'rqaman. Bu yerda Shokirbek akaga rahmat aytish uchun post qildim. Sizni bu narsaga aralashishingiz va yana paytdan foydalanib, menga o'z so'zlaringizni aytishingiz, besamar ketadimi, deb qo'rqaman. Shuning uchun o'zingizga foydali bo'lgan va boshqalarga ham foydasi tegadigan joylarda post qiling.

PS: Hurmatli erkaklar, nima gapingla bo'lsa, sizlardan iltimos,PMda yozingla. bu mavzuga shu yerda nuqta qo'yinglar. Ayollarni har bitta gapini tahlil qilib, post qoldiraverish sizalrga yarashmaydi. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan

Shokirbek  27 Dekabr 2009, 14:40:47

Muhammad Sohib, bo'ldi qilinglar endi. Ayol kishi bo'laturib mardona "men aybdor edim" deb turib bersayu, biz mijg'ovlik qilaversak, bu bizga yarashmaydi. Gapim qattiq tegayotgan bo'lsa uzr so'rayman. Shu yerda bunga nuqta qo'yaylik, boshqa yana post qilib o'tirmanglar, iltimos. Kechadan beri forumga endi kirib yana shu mavzuga duch kelib o'tiribman.

Qayd etilgan

Муҳаммад Соҳиб  03 Yanvar 2010, 12:03:08

Ассаламу алайкум!
Мухтарам биродарлар! Айни ушбу мавзунинг 7-сахийфасида Мунира Хонимнинг â„–94 ва Шокирбек аканинг â„–95 постларидан аввал менинг хам постим бор сди.
Орадан озрок муддат утиб, бир-икки мулохазадан сунг у кескин тарзда килган чикишларимни учирдим.
Мен постларимни учирганимдан кейин сса, Мунира хоним билан Шокирбек ака худди нотугри пост киритишганга ухшаб колди. Чунки, уртадаги бахсларда менинг чикишим йуг-у, уларнинг постларида менга мурожаат бор.

Мухтарам Шокирбек ака ва  Мунира хоним! Мен туфайли киритган постларингизга кетказган вактингиз ва асабингизга рози буласизлар!
Бошка иштирокчилардан илтимос, юкоридаги икки усернинг чикишлари бесабаб булмаганини тугри тушунинглар.
Аллох муродингизга йетказсин!

Qayd etilgan

lolo  04 Yanvar 2010, 07:50:43

:as:

AbdulAziz, "AHLI SUNNA WAL JAMOA E'TIQODI" Kitobini nega o'chirib tashadiz?

Qayd etilgan

AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 07:59:13

Va alaykum assalom!
Bu kitobning sahihligi ulamolarimiz tomonidan tekshirilmaganligi uchun Lolo va Nurilloning postlari o'chirildi.
Aqida borasida o'zimizda chop etilgan kitoblar va ma'lumotlarnigina qo'yishni tavsiya etaman.
Islomiy kitoblar bo'limida aqidaga oid manbalar mavjud. Shulardan foydalaning.

Qayd etilgan

lolo  04 Yanvar 2010, 08:08:23

Yo'q, o'zimizdagi kitobla sahih emas! Masalan, Allohning Qo'li va Alloh Arshda ekanligi inkor etiladi.
Man qo'yayotgan kitobda har bir narsa aniq oyatla bn isbotlangan. Bizadagi kitoblaga to'g'ri kemay qolishi bu uni hato degani emas. Din Allohnikidir. Bizaga yoqadimi-yo'qmi shundayligicha qabul qilishimiz shart! (Agar sizga yoqmasa o'zizga yoqadigan kitoblani o'qiyvering) Forumda esa sahih 'ilm tarafdorlari juda ko'p, alhamdulillah! Shuning uchun kitobni joyiga qo'yishizni qattiq talab qilaman!

Qayd etilgan

Mahdiyah  04 Yanvar 2010, 08:12:28

Lolo bn Nurullobekni joylagan kitobini hali o'qimadimu... lekin o'chirilishiga man ham qarshiman.

Bu yerda faqat sahih kitoblar joylanayabdi disak adashamiz...
Bunga misol ham topib bera olaman xohlasangiz...
Ular haqida indamayapmizku?

Qolaversa har bir insonda AQL digan tushuncha bor.
Bu kitoblarni o'qib aql yuritish va xohlagan inson xohlaganini tanlash huquqiga ega emasmi?

Qayd etilgan

AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 08:15:45

Yo'q, o'zimizdagi kitobla sahih emas! Masalan, Allohning Qo'li va Alloh Arshda ekanligi inkor etiladi.
Man qo'yayotgan kitobda har bir narsa aniq oyatla bn isbotlangan. Bizadagi kitoblaga to'g'ri kemay qolishi bu uni hato degani emas. Din Allohnikidir. Bizaga yoqadimi-yo'qmi shundayligicha qabul qilishimiz shart! (Agar sizga yoqmasa o'zizga yoqadigan kitoblani o'qiyvering) Forumda esa sahih 'ilm tarafdorlari juda ko'p, alhamdulillah! Shuning uchun kitobni joyiga qo'yishizni qattiq talab qilaman!

Bizning ulamolarimiz esa aynan siz aytgan jihatlarni inkor qilishadi va bunga ularning dalillari bisyordir.
Bizning forum olimlar uchun emas. Aqida borasida tortishish esa biz muqallidlarning ishimiz emas. Va bunga bizning ilmimiz ham yetmaydi.
Agar siz o'sha aqidaviy masalalarni yoyishni istasangiz, u holda forum.ziyouz.com siz uchun emas.

Qayd etilgan