Qisqasi bitta gapda.
Forum administratoridan haqini talab qilayotgan birodarlarimizga!
Ushbu saytni ochish uchun o'z mehnat va zahmatini sarflagan insonning ushbu saytdan ko'zlagan maqsad va vazifalari bor. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun ular ko'p xayrli ishlarni amalga oshirdilar. Va chetdan kelgan ko'plab zarbalarga chidab, saytni himoya qilib keldilar.
Sizning joylagan kitobingizni sayt maqsadiga zid deb hisobladilarmi, demak ular haqlar. Bu muhokama qilinmaydi!
Bu masalaning birinchi tomoni. Siz aytishingiz mumkin, kechagina sening fikrlaringni o'chirganda dod-voy qilgandingku deb. Ha, to'g'ri, men o'shanda adminga qarshi chiqqandim. Chunki u mening shaxsiy (!) fikrlarim edi. Qayerdandir olib copy/paste qilmagandim.
Siz ham boshqa bir insonning fikri uchun kurashni bas qiling. U kim bo'lishidan qat'iy nazar, 3-shaxs! Uning asl maqsadini bilmaysiz. Qur'on va hadislarga bergan sharhining qanchalik sahihligini bilmaysiz. Agar o'zingizni tunlari hij yozib chiqqan fikrlaringiz bo'lganda ham mayli edi, haqingizni talab qilsangiz yarashardi. Qayerdandir ovolib, yana bu yerda, dod-faryod qilasiz.
Bu masalaning ikkinchi tomoni edi. Uchinchidan, agar forumda sizga nisbatan haqiqatdan nohaqlik qilingan deb hisoblayotgan bo'lsangiz, unda marhamat, forum darvozalari lang ochiq! Bemalol orqangizga qaramay qaytib chiqib ketishingiz mumkin. Xohlasangiz kuzatib ham qo'yishadi...